MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan
talablarga amal qilsa
, quyidagidek yutuqlarga
erisha oladi:
- bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy
qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy
ko’rsatkichdir;
- ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy
ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning
o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi
o’ta muhimdir;
- ularning bolalar jamoasida ishlashiga bo’lgan moyilligi, qiziqishi, layoqati va fidoyiligi tufayligina bolalar jamoasining ma’naviy
jihatdan bilimliligi ta’minlanadi, bolalardagi ijodiy faoliyat va tashabbuskorlikka ijobiy turtki bo’ladi;
- ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni
to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos
bo’lishi mumkin;
- ularning bolalar bilan ishlashdagi muomalada kirishuvchanligi va bolalarga bo’lgan samimiyligi hamda muloyimligi bolalardagi
barcha
bilan muloqot qila olishligini
, bolalarning tezda o’z o’rtoqlari bilan til topisha olishligini, erkin muloqot qila olishligini,
sezgirlikni, mehribonlikni, o’zaro hamkor bo’lishlikni va shu kabilarni shakllantirishga samarali ma’naviy asos bo’la oladi;
- ularning barcha yangilikni tez anglay olishi va bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir ish turidan ikkinchisiga tez o’ta olishi
bolalardagi quyidagi insoniy jihatlarni shakllantirishga namunaviy-ma’naviy asos bo’la oladi: bolalarda o’rtoqlarining his
hayajonlariga qayg’udosh bo’lish shakllana boradi; o’tkir zehinli va sinchkov bo’ladi; o’z e’tibori va diqqatini tezlik bilan biror
narsaga qarata oladi hamda u haqda fikr yurita oladi; imo-ishora, rolga kirishuvchanlik, go’zal harakatlar qilish va zavqlilik kabi
hislatlarni o’zida
namoyon qila oladi
; har qanday holatda va sharoitda ham o’z hissiyotlarini jilovlashni amalga oshira oladi;
turg’unlik va chidamlilik, ya’ni bolalar o’zini idora qilib, tezlik bilan o’zini bosa oladi; hissiy munosabatlarni jilovlay oladi, ya’ni
xoholab kulmaydi, baqirib gapirmaydi, qo’pol muomala qilmaydi, birovni kamsitmaydi, birovning asabiga tegmaydi va xullas ular
o’zaro munosabatlarda ma’naviyatli bo’lib yetishadi.