Reja:
Tuproq tarkibida gumusning axamyati.
Gumusning xossalari.
Tuproq unundorligida va uni hosil bolishida gumusning ro’li.
Kirish.
Asosiy qism.
Hulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Gumus - murakkab kimyoviy tarkibli, azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo’lib, odatda qoramtir tusli va tuproqka tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan o’ziga xos moddadir. Gumusning tarkibi asosan quyidagi uch guruhga organik moddalardan iborat. 1) hali chirimagan o’simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, lipidlar va boshk.); 2) gumusga aylanayotgan oralik mahsulortlar (aminokislotalar, fenol, monosaharid va boshk.); 3) gumus moddalari, gumusning oziga xosspetsi fik qismi bolib, barcha tarkibining 85-90% ni tashkil etadi. Gumusning o’ziga xos boʻlmagan qismi hisoblangan birinchi guruh organik moddalar gumusning 10-15 % ni tashkil etadi. Gumusning kimyoviy tarkibi o’simliklar qoldiqlari tarkibidan farq qiladi va gumus tarkibida o’simliklarga nisbatan uglevod va azot miqdori kopayib, kislorod aksincha kamayadi. Gumus moddalar tarkibi quyidagilardan iborat:
gumin kislotalari
fulvokislotalar va
guminlar
Gumin kislotalari - siklik tuzilishga ega bo’lgan azot saqlaydigan yuqori molekulyar organik kislota bo’lib, suvda kam eriydi, mineral kislotalarda esa eriymaydi. Gumin kislotalarda esa erimaydi. Gumin kislotalari ishqorlarda eriydi, ular eritmasi qoramtir rangda bo’lib, tuk jigarrangdan qoragacha uzgarib turadi. Gumin kislotalar tarkibida Sq50-62% Nq2,8-6,6, Oq31-40, Nq3-6 % dir va turli tuproqlarda ular bir hil emas.
Ular tarkibida kul elementlari 1-10% atrofida. Gumin kislotalar tarkibida aromatik va geterosiklik komponentlar 50-60 %, uglevod komponentlari-25-30 %, funktsional guruhlar 10-25% atrofida bo’ladi. Gumin kislotalari tuproqning mineral qismi bilan oʻzaro ta’sirlanishi, uning tuzlari (gumatlar) ni hosil qiladi. Natriy, kaliy, ammoniy gumatlar suvda yaxshi eriydi. Kolloid shakldagi gumatlar tuproqda illyuvial qatlamlargacha yuvilib, chuktirilishi mumkin - masalan, shurtob tuproqlarda ushbu jarayon yaxshi ifodalangan.
Kaltsiy va magniy gumatlari suvda erimayda va tuproq da gil holida ushlanib, mexanik element zarrachalarini biriktirib, tsementlab suvga chidamli struktura hosil qiladi. Fulvokislotalar - gumin kislotalar kabi azot saqlovchi yuqori molekulyar organik kislota bo’lib past kontsentratsiyada och sariq, yuqori kontsentratsiyada jigarrang sariq maxsus birikma, uning tarkibida uglerod, gumin kislotaga ko’ra ancha kam, kislorod ko’proq saqlashi suvda, kislotalar va ishqorlarda erishi bilan farq qiladi. Suvli eritmasi kuchli kislotali (rn 2,2-2,8) xususiyatga ega. Fulvokislotalar juda harakatchan bo’lgandan tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarning tez yuvilib ketishiga olib keladi. Gumusda gumin kislotalari ko’payganda fulvokislotalarning kimyoviy faolligi pasayadi.Guminlar - gumusning ishqorlarda erimaydigan qismi bo’lib, qisman minerallar bilan mustahkam birikkan gumin va qiyin eriydigan organikqoldiqlardan iborat. Gumus tarkibida guminlar 15-20, bazi tuproqlarda 40-48 % ga etadi.
Tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morflogik belgilari, umumiy zahirasi, xossalar va uning hosil bo’lishi, o’zgarishihamda tuproq profili buylab harakati kabi jarayonlarning yig’indisi tushuniladi.
Tuproqning gumusi holatini ko’rsatuvchi belgilar- organik moddalar miqdori va zahirasi, unig tuproq qatlami bo’ylab tarqalishi, azot bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarning tiplari va ularning alohida belgilari. Turli tuproqlarda gumusli holat bir xil emas. Tuproqning guruh va fraktsiya tarkibi ajratiladi. Gumin kislotaning fulvokislotaga nisbati asosida tuproq gumusi quyidagi guruhlarga ajratiladi:
fulvat (S g.k.:S.F.k.<0,6),
gumat - fulvat (0,6-0,8),
F u l v a t - gumat (0,8-1,2),
gumat (>1,2). Tuproq gumusnini fraktsion tarkibi - deyilganda gumin kislota va fulvo kislotalar fraktsiyalarning tuproq mineral gumin qismi bilan boglanish darajasiga kora guruhlarga ajratishi tushuniladi: 1 - fraktsiya-mineral qism bilan kuchsiz boglangan; 2 chi va 3chi fraktsiyalar kuchli bog’langandirlar; mineral qism bilan o’ta kuchli boglanib tuproqdan ajratib olish (mavjud analiz uslublarida) mumkin bolmagan gumus moddalarini gidrolizlashmagan qoldiq deyiladi. Gumus tarkibida o’simliklar uchun zarur deyarli barcha elementlar borligi ma’lumdir. Gumus tuproqning issiqlik va suv-fizik, havo xossalariga ijobiy ta’sir etadi. Gumus tuproq donador strukturasini optimallashtiradi. Tuproqdagi organik moddalar va unda toplanadigan energiyaning tuproqda kechadigan jarayonlarda hamda biosferaning barqarorligidagi roli kattadir. Gumus miqdori kop bolgan tuproqlar tez etiladi, mexanik ishlov berishda kam kuch va manbai. Tuproqdagi organik moddalar mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi. Organik moddalar muhim ekologik ahamiyatga ega bo’lib, kimyoviy o’g’itlar kullanilganda hosil boladigan ko’pgina salbiy oqibatlarni kamaytradi, ularning ortikcha qismini ushlab koladi va yuvilishidan saqlaydi, zararli birikmalarni neytrallaydi. Tuproqning biologik aktivligi undagi organik oddalar bilan bevosita bog’liq. Gumusi ko’p bo’lgan tuproqlarda mikroorganizmlar va umurtkasiz jonivor-larning turlari nihoyatda xilma-xil, ushbu tuproqlarning biologik faolligi yuqori. Organik moddalar tuproq havosi da SO2 ni oshiradi va fotosintez jarayonini kuchaytiradi. SHu kunning tuproq ekologik muammolaridan biri tuproq degumifikatsiyasi, bu esa tuproqni unumdorli gini keskin pasaytiruvchi omildir. Tuproq gumus holatini yaxshilash uchun almashlab ekish, organiko’g’itlar kullash, tuproq namligini optimallash-tirish, shur tuproqni yuvish ,shurtob tup rokni gipslash, tuproqstrukturasini yaxshilash va boshqalar.
Hulosa
Gumus kislotalarining tuzlari ishqoriy yеr mеtallari, ayniqsa kal‘tsiy bilan birikib suvda erimaydigan moddalar hosil qiladi va gеl holida ular paydo bo‘ladigan joyda to‘plana boshlaydi hamda minеral zarrachalar yuzasini parda shaklida qoplab oladi, ularni еlimlab bir-biriga biriktiradi, yoki zarrachalar orasidagi mayda qil yo‘llar va bo‘shliqlarda to‘planadi. Gumus kislotalari bilan alyuminiy va tеmir gidrooksidlarining o‘zaro ta‘siri tufayli ham qator gumusli komplеks birikmalar hosil bo‘ladi. Ularning harakatchanlik darajasi gumus kislotalarining tabiati va tuproq eritmasidagi kationlar hamda turli oksidlarning tarkibiga bog‘liq. Gumus moddalarning yuqori dispеrslangan (mayda) gilli minеrallar bilan o‘zaro ta‘sirlashuvi natijasida murakkab organominеral yaralmalar shakllanadi. Bu komplеks kolloidlarning tarkibi va dispеrslanish darajasi bir xil emas. Shuning uchun ham ular ancha kattaroq bo‘lgan zarrachalar yuzasida turlicha mustahkamlikda birikadi. Minеral va organik moddalarning o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga kеladigan mahsulotlar g‘ovak jinslarning qatlamlari orqali harakat qilib, molеkulyar va kolloid eritmalar sifatida turli chuqurliklarga cho‘kib yig‘ila boshlaydi.etishi mumkin.Gumus moddalari – bir qator nisbatan yuqori molekulyar og‘irlikka ega, jigarrangdan qora ranggacha bo‘lgan ikkilamchi sintez reaksiyalari orqali hosil bo‘lgan birikmalardir. Bu termin qora rangli birikma yoki uning eruvchanlik xususiyatlari asosida olinadigan fraksiyalarini ifodalash uchun umumiy nom sifatida ishlatiladi. Bularga gumus kislotasi (GK), fulvokislota (FK) va guminlar kiradi.Gumus bo‘lmagan moddalar – biokimyoda ma’lum bo‘lgan quyidagi karbogidratlar, lipidlar va aminokislotalar kabi sinflarga tegishli bo‘lgan birikmalarni o‘z ichiga oladi.Tirik mikroorganizmlar biomassasio‘simlik qoldiqlari va tuproq organik moddalari yoki detritning parchalanishini ta’minlovchi mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi. Gumus tuproq organik moddasining turg‘un fraksiyasi bo‘lib, o‘simlik va hayvon to‘qimasining parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu parchalanishning yakuniy mahsulotidir. Organik moddaning birinchi ikki turi tuproq unumdorligiga hissa qo‘shishining sababi bu fraksiyalar azot, fosfor va kaliy kabi oziq elementlarining ajralib chiqishiga olib keladi. Gumus fraksiyasi tuproq unumdorligiga kamroq ta’sir ko‘rsatishi sababi u parchalanishning yakuniy mahsuloti ekanligidadir. Ammo u tuproq unumdorligini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi boisi u tuproq strukturasi, tuproq qalinligi va kation almashinish sig‘imiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu fraksiya tufayli tuproqning rangi qoramtir tusga kiradi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
Tuproqshunoslik asoslari fa’nidan o’quv uslubiy majmua O’. Toshbekov.Guliston 2021-yil.
“Turfa olam” O. Mo’minov Toshkent O’zbekiston 1982-yil.
Internet saytlari. www.Ziyonet.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |