O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
«MUTAXASSISLIKKA KIRISH» FANIDAN
6-MA’RUZA: PSIXOLOGIYA KASB SIFATIDA
Samarqand – 2021 yil
Reja:
- Psixologiyaning tarmoqlari
- Chet el va O’zbekiston ta’lim tizimiga psixolgik xizmatning tadbiq etilishi.
- Psixologlar jamiyati va assotsiatsiyalarining shakllanishi.
1. Psixologiyaning tarmoqlari
Hozirgi zamon psixologiyasi juda ham ko’p tarmoqli fan bo’lib, uning tarmoqlari rivojlanishning turli bosqichida ekanligi va hayotning turli sohalari bilan bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Bunday sertarmoq bo’lgan psixologiyani qanday klassifikatsiya qilmoq kerak? Klassifikatsiya qilishning eng muhim shartlaridan biri psixikaning faoliyat jarayonida rivojlanishiga asoslanishdan iboratdir. Shunday qilib, psixologiyani inson faoliyatining konkret turiga qarab klassifikatsiya qiladigan bo’lsak, uning bir qancha tarmoqlari borligini ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |