MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
Norbo‘taev M.A., FarPI
Энергетика таълим йўналишида касбий фанларни ўқитишда илғор педагогик
технологияларнинг ўрни ва роли;
+998917379108
Annotasiya: Ushbu maqolada texnika o‘quv yurtlarida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda talabalarning bilim darajasini yanada oshirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari keltirilgan. Jumladan energetika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga avtomatik ravishda ayirish (uzish) uchun mo‘ljallangan uch qutbli apparat “uzgich”larni ishlash printsipini animatsiyali tasvirlarda o‘rgatish masalasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari, uzgich, animatsiya, Macromedia Flash
Ayni vaqtda o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot–kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb – hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv – laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada dastlabki qadamlar birinchi prezidentimiz 2001 yilning ikkinchi chaqiriq, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy Majlisining V sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida, va “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2002 yildagi PF-3080-sonli farmonida “kompyuterlashgan axborot texnalogiyalarini ishlab chiqarishni ta’lim tizimiga joriy etish orqali, yuksak intellektual darajaga erishish mumkinligi borasida aniq vazifalarni belgilab berishi bilan boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz farmonini bajarish natijasida bugungi kunga kelib, kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish kabi ishlarda sezilarli ijobiy yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, ta’lim sifati tubdan yaxshilanayotganligi amalda sinab ko‘rilmoqda.
Axborot texnologiyalarini joriy etish orqali:
berilayotgan ta’limning sifatli, ko‘rgazmali va tushunarli bo‘lishiga erishilmoqda;
talabalarning mustaqil o‘zlashtirishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi va shu asosda bilimning sifat ko‘rsatkichlari ortmoqda;
o‘tiladigan mashg‘ulotlarga kam vaqt sarflanib, ko‘p miqdorda ma’lumotlar olishga erishilmoqda;
talabalarga elektron ma’ruzalardan foydalanishlariga sharoit yaratilmoqda;
mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borish imkoni tug‘ilmoqda;
talabalar yoki professor - o‘qituvchilar, xodimlar o‘zlari uchun yangi ma’lumotlar olish, yoki olingan ma’lumotlar bazasidan uzoq vaqt sifatli foydalanishga erishmoqdalar.
Ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarining texnika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalardan mutaxassislik fanlaridan ma’ruza va tajriba ishlarini o‘tkazish jarayonida sodir bo‘ladigan ba’zi hodisalarni oddiy ko‘z bilan bevosita kuzatish va tassavvur qilish qiyinrokdir. Shuning uchun odatda bu xodisalar abstrakt tafakkur orqali o‘zlashtiriladi. Misol tariqasida energetika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga har doim ham real voqelik asosida ko‘rib bo‘lmaydigan, yuklamasi bo‘lmagan transformatorni qayta ulash, shuningdek, shikastlangan transformatorni ta’minlash chizig‘ida tok bo‘lmagan vaqtda (mavjud transformatorning ta’minlash chizig‘i o‘chirgich yordamida uzilgan vaqtda), avtomatik ravishda ayirish (uzish) uchun mo‘ljallangan uch qutbli apparat “uzgich”larni ishlash printsipini animatsiyali tasvirlarda o‘rgatishni ko‘rib chiqamiz. Chunki, bu jarayonlarni ko‘zga ko‘rinadigan qilib tasvirlanganda, tasavvur to‘liq bo‘ladi. Biz “uzgich”larni ishlash printsipini animatsion ko‘rinishida tasvirlash uchun bugungi kunda eng keng tarqalgan Macromedia Flash animatsion dasturidan foydalanish uslubini taklif etamiz. Ishning mohiyati quyidagicha. Dastlab Macromedia Flash dasturini ishga tushiriladi va uning ishchi oynasiga uzgichning tasvirini, dasturning ishchi qurollaridan foydalangan holda, chizib olinadi. Tasvirlarini chizish jarayonida harakatga keltiriluvchi har bir element alohida qatlamga chizilishi kerak.
Uzgichning tasvirini alohida chizib olingandan so‘ng, ularga animatsion effektlar beriladi. Animatsion ko‘rinishda namoyish etish uchun, klaviaturadagi Ctrl+Enter tugmachalari bosiladi. Natijada qisqa tutashuv sodir bo‘lganda uzgichlarning ishlash prinsipi harakatlangan holda namoyish etiladi.
Hulosa qilib aytganda, hozirgi kunda ko‘plab mutaxassislik fanlarida tajriba ishlarini virtuallashtirish ishlari yaratish, jadal amalga oshirilmoqda. Tavsiya etilayotgan uzgichlarning ishlash printsipi namoyish etishga mo‘ljallangan ushbu ish nafaqat texnika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun amaliy ahamiyatga ega, balki o‘rta maxsus kasb hunar kollejlari talabalari va yuqori sinf o‘quvchilari hamda ishlab chiqarish korxonalari va elektr tarmoqlari ishchilari uchun ham foydalidir.
|
|
1-rasm. Uzgichlarning ishlash printsipi (1-usul)
|
2-rasm. Uzgichlarning ishlash printsipi (2-usul)
|
Adabiyotlar:
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 30.05.2002 yil PF-3080-son.
Do'stlaringiz bilan baham: |