Aqliy hujumning vazifasi mikroguruh yordamida yangi g‘oyalarni
yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan ta’lim oluvchilarni ko‘proq
fantastik g‘oyalarni yaratishga undaydi. G‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning
hech bo‘lmaganda bittasi to‘g‘ri bo‘lishi mukin. Bu usul muammoning eng to‘g‘ri
echishga oid g‘oyalar bankini yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Aqliy hujumni nazariy darslarda yakka tartibda yoki juftlikda, amaliy
mashg‘ulotlarda esa 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarda o‘tkazish mumkin.
Bu ta’lim oluvchilar faolligini oshirishga, mavzuning eng dolzarb echimini
izlashga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |