Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


 Mustaqil ishlarini tashkil etish o‘ziga xos jihatlari



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

9.2. Mustaqil ishlarini tashkil etish o‘ziga xos jihatlari 
Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari 
uni tashkil etishning tamoyillari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular 
quyidagilar: 
1.Mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili 
uning muntazamligidir, ya'ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga 
oshirishdir. Ma'lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qafiy ketma-
ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba 
auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga 
navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun har kuni mustaqil 
ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak. 
Bugungi o‘tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishi 
uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada 
chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. 
Chunki ma'ruzada talabaga yo‘llanma beriladi. Dars davomida 
mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib bo‘lmaydi. 
Uning iloji yo‘q, ma'ruzada o‘tilgan, muhokama qilin-gan masalalarni 


109 
psixologlarning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar 
yodida qolar ekan. O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshqalarga 
o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib 
chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini mustaqil tayyorlanib 
o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va 
o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol 
o‘ynaydi. 
2. Mustaqil ishiarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha 
davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17—25 
yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat 
unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan 
bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari 
charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi. 
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada 
o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars 
soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada 
dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko'p.bo'lsa, kamroq 
tarzda rejalashtirish kerak. 
Oliy o‘quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24 
soat atrofida bo‘ladi. 
Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, g‘ayrat 
qilib ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda 
sobir talaba o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib, 
predmetni o‘rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa, 
umuman dars tayyorlagisi kelmaydi. Bunga qator obyektiv va 
subyektiv sabablarni keltirish mumkin. 
3. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta 
ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni 
semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil 
qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars 
tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa, 
semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda, 
bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi 
qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish 
hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali 
belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan 
doklad, referat, nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har 


110 
haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa, 
kutilgan natija bermaydi. 
Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini 
hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o‘rgatilmasa, u 
ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko‘chirib kelish 
bilan kifoyalanib qolishi hamda o‘zi mustaqil fikr bildirishga 
qiynalishi mumkin. 
Bunda, yangi yoki oldindan ma'lum bo‘lsada, ungacha boshqacha 
nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya'ni 
axborotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga 
undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi. 
Talabalar mustaqil ishi uchun mutaxassislik fanidan tasdiqlangan 
namunaviy dasturga kiritilgan mavzular bo`yicha har bir talabaga har 
bir semestrda alohida topshiriq beriladi. Topshiriq talabalarga amaliy 
mashg`ulotlarni olib boradigan o`qituvchilar tomonidan beriladi va 
o`qituvchi jurnalida belgilangan bo`ladi. Talabalar mustaqil ishi 
ballarini ON o`z ichiga oladi. Talabalar mustaqil ishini topshirmagan 
talaba YaB ga qo`yilmaydi. Talabalar mustaqil ishi ijodiy ish sifatida 
olib boriladigan ilmiy anjumanga maqola tayyorlash, mavzular 
bo`yicha jadvallar, slaydlar, referativ ma`ruza, vaziyatli masalalar 
majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakllarda tashkil etilishi 
mumkin. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish