Glossariy.
Fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini
bo‘yicha uzbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
e)
Ilovalar:
-
fan dasturi;
-
ishchi fan dasturi;
- tarqatma materiallar;
- testlar;
- ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar;
- fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa
materiallar keltirilishi mumkin;
- o‘quv-uslubiy majmuaning elektron varianti.
6.3. O‘quv-uslubiy majmualarni chop etishga tayyorlash
1.
O‘quv-uslubiy majmualar uchun quyidagi parametrlar qabul
qilinadi:
- O‘quv-uslubiy majmualarning ulchami 60x84/8 (210x297 mm);
-
hoshiyalarning ulchami tepadai va pastdan 20 mm, chap va o‘ng
tomondan 20 mm, hoshiyalarning o‘lchami ±10% o‘zgartirilishi
mumkin;
-
O‘quv-uslubiy
majmualarni
rasmiylashtirishda
har
bir
bo‘limning nomi (yoki qisqa nomi)ni ifodalaydigan kolontitul
elementini joylashtirish tavsiya kilinadi;
- saxifalarni bezatish uchun ortiqcha ornament va bezak
elementlaridan foydalanishga yul qo‘yilmaydi.
2.
O‘quv-uslubiy majmualarning muqova titul varag‘ini
rasmiylashtirishda uni ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasining
logotipi (emblemasi) hamda o‘quv-uslubiy majmua nomidan keyin
fanning asosiy mazmunini ifodalaydigan 1 ta rangli rasm joylashtirish
mumkin.
3.
O‘quv-uslubiy majmua matnini terish va sahifalashda quyidagi
talablarga rioya kilinadi:
3.1.
O‘quv-uslubiy majmualarning asosiy va qo‘shimcha
59
matnlarini terishda Times Uz va Times New Roman SHrift
garniturasi, asosiy matn uchun 12, 14, qo‘shimcha va yordamchi
matnlar uchun 11,12 shriftning keglidan foydalanish lozim.
Bunda kompьyuterdan foydalanishda ushbu parametrlarga
ulchami va yozilishi yaqin bo‘lgan boshqa shriftlar garniturasidan
foydalanish mumkin. O‘ziga xos yozuv shakliga ega tillar (masalan
arab, yapon, koreys, xitoy, hind va boshqalar) uchun boshqa mavjud
garnituralardan foydalanish mumkin.
3.2.
Asosiy matn 1,0 yoki 1,5 intervalda teriladi. Abzats
chekinishi ulchami 1,0 yoki 1,5 sm. Bu parametrlar matn bo‘ylab bir
xil bo‘lishi shart.
3.3.
Jadvallar nomi va qo‘shimcha matnlarni boshqa rang bilan
ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy matn
bir ustunda terilishi kerak.
3.4.
O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy sarlavhalarni hamda
matnda rasm ostidagi yozuvlarni tuq ko‘k rang bilan yozishga yo‘l
qo‘yiladi ammo ko‘rinmaydigan yozuvda yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.5.
Formulalar kqora rangda teriladi. Formularni terishda fon
ishlatishga va boshqa rangdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.6.
Sahifalarda asosiy va qo‘shimcha matnlarni turli rangli
fonlarga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.7.
O‘quv-uslubiy majmualarda asosiy va qo‘shimcha matnni
terish uchun 1-2 ta shrift garniturasidan foydalanish mumkin.
3.8.
Darajasi bir xil bo‘lgan yozuv, sarlavha va boshqa matnli
elementlar bir xil parametrli shrift bilan terilishi va rasmiylashtirilishi
kerak.
3.9.
Snoskalarni terish uchun asosiy kegldan 2 p, 4 p kichik
bo‘lgan shrift kegllari tanlanadi.
3.10 Titul varagida kolonsifra (betlarning tartib raqami)
qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.11. Kolonsifralar sahifaning tag qismining markazida quyilishi
maqsadga muvofiq.
4.
O‘quv-uslubiy majmualarda rasmlar bilan ishlash qo‘yidagi
tartibda amalga oshiriladi:
➢
Rasmlar bir va kup rangli bulishi mumkin.
➢
Estetik talablardan kelib chiqqan holda rasmlarni kvadrat
shaklda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
➢
O‘quv-uslubiy majmualarda sifatsiz skanerlangan va yozuvlari
60
aniq o‘qilmaydigan rasmlarni joylashtirish man etiladi.
➢
Rasmlar va diagrammalarni bezatishda 10-15 foizli, yani juda
och fondan foydalanish lozim.
➢
Rasmlar ketma-ketligi har bir bobda alohida qo‘yiladi, masalan,
1 bobda 1-rasm «1.1-rasm»,- 2 bobda 4-rasm - «2.4-rasm» deb
belgilanadi. Jadvallar bilan rasmlar bir xil usulda raqamlanadi.
➢
Jadval va diagrammalarni bezatishda matnni o‘qishni
kiyinlashtirmaydigan och tusli qaymoq rangli fondan foydalanish
lozim.
➢
O‘quv-uslubiy majmualarni birdan ortiq rang qo‘llab ishlab
chiqishda, boshqa ranglar luz, sarlavha, qoidalar, shuningdek, belgilar,
jadval va x-k. ni ajratishda qo‘llaniladi. Ranglarni tanlashda ularning
bir-biriga mosligiga va uyg‘unligiga e’tibor qaratish shart.
➢
O‘quv-uslubiy majmualarda rasmlar soni chegaralanmagan,
lekin rasm hajmini umumiy
hajmga nisbatan 35% dan oshirmaslik
tavsiya qilinadi.
➢
Matn va rasmli elementlarni bezashda ko‘p hollarda tuq kizil
ranglardan foydalanish tavsiya kilinmaydi.
5.
O‘quv-uslubiy
majmualarni
bosmaga
chiqarish
va
muqovalashda quyidagi talablarga rioya kilish lozim:
5.1.
O‘UMlarni bosmaga chiqarishda 1-4 rangli lazerli va
purkashli (struynыy) printerlardan foydalanish mumkin.
5.2.
O‘UMlarni bosmaga chikarish uchun 1 m
2
vazni 70-80 g
bulgan ofset va idora qog‘ozlaridan foydalaniladi. O‘UMni chop
etishda qog‘ozni oldi va orqa tomonidan foydalanish maqsadga
muvofiq.
5.3.
O‘UMlar quyidagi xil muqovalarda tayyorlanishi mumkin:
-
O‘UM taxlamini №76 tipdagi qattiq muqova bilan qoplash.
Bunda muqova ofset yoki idora qog‘ozida bosilib, shaffof plenka bilan
qoplanadi yoki muqova uchun matbaa muqovabop materiali kullanadi;
-
O‘UM taxlamini tikmasdan elimlab mahkamlash va yumshoq
muqova bilan birlashtirish. Bunda muqova uchun 240 g/m
2
ko‘rsatkichga ega qog‘oz tanlanadi va tasvir bosilganidan keyin
shaffof plenka bilan qoplanadi.
5.4.
O‘UM taxlamlarini mahkamlashda ip bilan tikish, sim bilan
tikish, tikmasdan elimlab mahkamlash usullarini qo‘llash mumkin.
5.5.
Taxlam kalinligi 20 mm dan ortiq bo‘lgan O‘UM larni №76
tipidagi qattiq muqovalarda tayyorlash tavsiya kilinadi.
61
6.
O‘UMlarni ishlab chiqishda san’at, chizma, dizayn
yo‘nalishlari uchun hamda boshqa tillardagi (masalan arab, yapon,
koreys, xitoy va boshqa tillarda) fanning o‘ziga xosligini hisobga
olgan holda bezatishlari mumkin.
7.
O‘UM ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy ish hisoblanadi, uning
tuzuvchilari mualliflik huquqiga ega hamda ularning ilmiy-pedagogik
faoliyati baholanishida hisobga olinadi.
8.
Talablarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va uni bekor
qilish Vazirlikning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |