Главный редактор:
Махмудов М.Х. - доктор педагогических наук, профессор
Рецензенты:
Мамуров Б.Б. - доктор педагогических наук.
Ахметджанов М.М. - профессор БухИТИ, кандидат
педагогических наук.
4
KIRISH
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kelajakning tayanchi va
suyanchi bo‘lmish yosh avlodni yangicha fikrlaydigan, mustaqil va
ijodiy faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy bilim, kasb-hunarni puxta
egallagan, o‘z yurtining haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va
taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar
bo‘lib etishishi lozimligi nazarda tutilgan. Bu demokratik, huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyatining ustivor vazifalaridan biridir. Bunday
insonni tarbiyalab voyaga etkazishda uzluksiz ta’lim-tarbiya
muassasalari va ulardagi o‘quv tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb
etadi. Zero, uzluksiz ta’lim muassasasi va undagi o‘quv tarbiya
jarayoni yosh avlodni axloqiy, jismoniy va ruhiy jihatdan
chiniqtiradigan, ma’naviy, madaniy ma’rifat nuqtai nazardan
kamolotga etkazadigan maskan hisoblanadi. SHunday ekan mazkur
maskanlar o‘quv-tarbiya jarayonini shunday tashkillashtirish lozimki,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari, fan-texnika yangiliklari
erkin, mustaqil, ijodiy o‘zlashtirilsin, shaxsiy sifatlar jamiyat
talablariga xos o‘zlashtirilsin, ilmiy bilimlar egallanib, ko‘nikma va
malakalar tarkib toptirilsin.
Oliy ta’lim tizimida tahsil olib o‘qituvchi -murabbiylik
mutaxassisligiga tayyorlanayotgan har qanday bo‘lajak kasb egasi
mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va
malakalar
bilan
qurollantirish
pedagogika
fanining
dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olib oliy ta’limning
maktabgacha
ta’lim magistratura mutaxassisligi talabalariga
mo‘ljallangan mazkur darslik yaratildi. Darslikda mutaxassislik
fanlarini o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni, mohiyati,
mutaxassislik fanlari o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida;
mutaxassislik fanlarini o’qitishning pridmeti, vazifalari, mutaxassislik
fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, mutaxassislik fan
o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari, metodik ishlar, ulami
rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi, mutaxassislik
fanlarini o’qitish metod va vositalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish
shakllarining umumiy tavsifi, ma’ruza turlari, seminar mashg’ulotlari,
labaratoriya va amaliy darslar, mustaqil ta’lim va kurs ishlarini tashkil
etish metodikasi, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish
5
metodikasi bitiruv malakaviy ishlariga raxbarlik qilishning tashkiliy
va ilmiy-metodik ta’minoti, mutaxassislik fanlaridan o‘quv va
malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish,
mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning bilini,
ko‘nikma va malakalarini baholash, mutaxassislik fanlarini o‘qitish
jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan.
Darslik uzluksiz ta’lim tizimining bo‘lajak pedagog-
o‘qituvchilar uchun o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv - tarbiya
mashg‘ulotlari innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq etish uchun
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |