Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda 
topshiriqlar: 
1.
Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlari va ularning 
maqsad va vazifalarini ayting. 
2.
 
Bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga 
tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quv 
fanining ahamiyati haqida tushuncha bering.
3.
 
Maktabgacha ta’lim tizimida mutaxassislik fanlarini o‘qitish 
jarayonini izohlang. 
4.
 
Pedagogik jarayon va pedagogik tizim haqida ma’lumot bering. 
5.
 
Metodika tushunchasini izohlang. 
6.
 
O‘qitish metodikasiga ta’rif bering. 
7.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining predmeti 
va maqsadini ayting. 
8.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining vazifalarini 
izohlang. 
 
 
 
2-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH 
QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI 
 
Tayanch tushunchalar: qonuniyat, tamoyil, prinsip, ilmiylik 
printsipi, nazariya va amaliyotning birligi prinsipi, zamonaviylik va 
milliylik prinsipi, ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi, 
izchilligi va tizimliligi prinsipi, o‘qituvchi rahbarligida talabalarning 
ijodiy faolligi, mustaqilligi va tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish 
prinsipi. 
 
2.1.Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari (prinsiplari) tushunchasi. 
Ta’lim qonuniyatlari – ta’lim jarayonida ro‘y beradigan hodisalar 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, ularning mohiyatini ifodalovchi 
shart-sharoit, asos. 
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari o‘rtasida o‘zaro 
aloqadorlikning mavjudligi; 


16 
2) ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan 
bog‘liqligi; 
3) ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro birligi; 
4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va 
o‘rganilayotgan ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi; 
5) ta’lim jarayoni samaradorligining o‘quvchilar o‘quv faolligi 
asosida ta’minlanishi; 
6) malakalarning muayyan operatsiya, harakatlarning muntazam 
takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi; 
7) o‘zlashtirish puxtaligining takrorlash izchilligiga bog‘liqligi; 
8) 
o‘quvchilar o‘zlashtirgan murakkab faoliyat usullari 
o‘qituvchining ularda eng oddiy faoliyat usullarini samarali o‘rgata 
olishining natijasi ekanligi. 
Maktabgacha ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 
ham mazkur qonuniyatlarga tayanadi. 
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida mutaxassislik fanlarini qanday 
o‘qitish, nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish kabi savollarga javob berish 
uchun, avvalo, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining 
prinsiplarini bilishimiz lozimdir. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘atiga bu iboralarga berilgan izohlarga 
qaratamiz. “Printsip ⌠lot. principium-asos, negiz; ibtido⌡
1
. Biror 
nazariya, ta’limot, dunyoqarash, va sh.k.ning dastlabki asosiy qonun 
qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-
qoida”. 
“Tamoyil 
[ar.-tebranish, 
chayqalish; 
o‘zgarib 
turish; 
o‘zgaruvchanlik; moyillik] 1. Mayl, moyillik 2. Biror sohada tartib 
qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish”. 
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida qayd etilishicha “Printsip-
rahbar g‘oya asosiy qoida, xulqqa nisbatan asosiy talab” (Zunnunov 
A. Mahkamov U. Didaktika: Oliy o‘quv yutrlari talabalari uchun 
o‘quv qo‘llanma.-T.; “Sharq”, 2006, 36-bet). Shuningdek, N. 
Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” risolasida 
printsip tushunchasiga shunday ta’rif beradiki; “Printsip- lotincha
“principium” so‘zidanolingan bo‘lib asos, dastlabki xolat, 
1
Qarang; O’zbek tilining izohli lug’ati. T.: “O’zbekiston milliy ensiklapediyasi” Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006, 309-bet 


17 
boshqaruvchi g‘oya, umumlashtirilgan talab kabi ma’nolarni 
anlatadi”.
1
Biz oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining 
printsiplari deganda mazkur fanlarni o‘qitish jarayonlarini tashkil 
etishi va amalga oshirishda o‘quv tarbiya mazmunini, shakllari, 
metodlarini tanlanishini begilaydigan dastlabki holatni, umumiy 
qoidalarni va talablarni tushunamiz.
Printsiplarda ta’lim beruvchi va ta’lim o‘rganuvchiga o‘qitish 
jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan talablar mujassamlashgan. Bu 
masalalar tanlangan o‘quv mavzusining mazmunidan kelib chiqib 
qo‘llaniladigan faoliyatning shakli, yo‘l-yo‘riqlari, vositalarini 
pedagogik jihatdan to‘g‘ri tanlanishini belgilaydi hamda ta’lim-tarbiya 
muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Zero, metodika o‘quv predmetining 
printsiplari 
ilmiy-amaliy 
dunyoqarashni, ma’naviy-axloqiylikni, 
mazmunli hamda oqilona ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan 
faoliyatni nazarda tutadi va yo‘lga qo‘yadi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish