Qonunning tuzilishi. Boshqa davlatlar qonunlari bilan solishtirilganda, bizning qonunimiz juda sodda tuzilgan, na bob, na bo‘limlarga ajratilgan. Yaqinda “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etgan bir mutaxassisning davlat tili to‘g‘risidagi qonun shunday sodda tuzilganki, uni bir oddiy nizom darajasida deb aytish mumkin, degan fikrlariga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q. E’tibor qiling: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi (“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. 1995-yil, 21-dekabr). Xuddi shu tartibda 24 moddadan iborat, 3 sahifalik ixchamgina qonun shakllantirilgan. Yuqorida tilga olingan davlatlarning qonunlari alohida boblarga ajratilgan, har bir bob va moddalarning nomlari bor. Masalan: I bob. Umumiy qoidalar. 1-modda. Davlat tilining huquqiy asoslari (Ozarboyjon Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). I bob. Umumiy qoidalar. 7-modda. Ta’lim tili (Gruziyaning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). Davlat tiliga bo‘lgan munosabat, hurmat uning himoyasi bo‘lgan qonunning mukammal shakllanishidan boshlanishi kerak. Mazkur qonunning o‘zida ko‘chadagi, binolardagi yozuvlar, reklama va e’lonlar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalarida, jamiyatning barcha sohalarida davlat tilining qo‘llanilishi, davlat tilining o‘qitilishi kabi masalalar to‘liq o‘z ifodasini topishi kerak. Shundagina “qaysi tilda reklama berish tadbirkorning o‘ziga bog‘liq” yoki bu narsa “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga zid” kabi gaplarga o‘rin qolmaydi (bu xususda quyida to‘xtalamiz). Boshqa tillar qonunlarida bo‘lgani kabi, qonunda dastlab unda qo‘llaniluvchi tayanch tushunchalar va ularning izohi berilishi lozim. Taxminan shunday (yana qo‘shimchalar bo‘lsa, berilishi mumkin): Qonunning asosiy tushunchalari. Amaldagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: - Qonunning tuzilishi. Boshqa davlatlar qonunlari bilan solishtirilganda, bizning qonunimiz juda sodda tuzilgan, na bob, na bo‘limlarga ajratilgan. Yaqinda “Munosabat” ko‘rsatuvida ishtirok etgan bir mutaxassisning davlat tili to‘g‘risidagi qonun shunday sodda tuzilganki, uni bir oddiy nizom darajasida deb aytish mumkin, degan fikrlariga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q. E’tibor qiling: 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi (“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. 1995-yil, 21-dekabr). Xuddi shu tartibda 24 moddadan iborat, 3 sahifalik ixchamgina qonun shakllantirilgan. Yuqorida tilga olingan davlatlarning qonunlari alohida boblarga ajratilgan, har bir bob va moddalarning nomlari bor. Masalan: I bob. Umumiy qoidalar. 1-modda. Davlat tilining huquqiy asoslari (Ozarboyjon Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). I bob. Umumiy qoidalar. 7-modda. Ta’lim tili (Gruziyaning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). Davlat tiliga bo‘lgan munosabat, hurmat uning himoyasi bo‘lgan qonunning mukammal shakllanishidan boshlanishi kerak. Mazkur qonunning o‘zida ko‘chadagi, binolardagi yozuvlar, reklama va e’lonlar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha ommaviy axborot vositalarida, jamiyatning barcha sohalarida davlat tilining qo‘llanilishi, davlat tilining o‘qitilishi kabi masalalar to‘liq o‘z ifodasini topishi kerak. Shundagina “qaysi tilda reklama berish tadbirkorning o‘ziga bog‘liq” yoki bu narsa “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga zid” kabi gaplarga o‘rin qolmaydi (bu xususda quyida to‘xtalamiz). Boshqa tillar qonunlarida bo‘lgani kabi, qonunda dastlab unda qo‘llaniluvchi tayanch tushunchalar va ularning izohi berilishi lozim. Taxminan shunday (yana qo‘shimchalar bo‘lsa, berilishi mumkin): Qonunning asosiy tushunchalari. Amaldagi qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |