Taqdimot lar namoyishi
Taqdimot larni to’zib (yoki chop qilib) bo’lgandan so’ng ularning namoyishini ko’rish vaqti keldi. Bundan oldin namoyish parametrlarini o’rnatish kerak.
Agar siz xoxlasangiz, POWER POINT ni slayddan slaydga sizning buyrug’ingizsiz o’tmaydigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Bu, agar siz taqdimot davomida o’zilishlar bo’lishi mumkin, deb uylasangiz, foydadan holi emas. shu usul bilan siz butunlay taqdimot ni boshqarishingiz mumkin.
Aksincha, agar xoxlasangiz, slaydlarni POWER POINT o’zi ketma-ket ko’rsatadigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Faqat bundan oldin siz slaydlarning o’tish oraligini “repetitsiya” qilib o’rnatishingiz kerak. Repetitsiya – slaydlar namoyishi bo’lib, bu jarayonda siz POWER POINT ga har bir slaydning o’tish oraligi vaqtini berishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |