Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri O. barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda O. rejimi davo shartlaridan hisoblanadi (qarang Parhez bilan davolash). Oqilona ovqatlanish Oqilona ovqatlanish deyilganda organizmni nefaqat yetarli miqdorda energiya, oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa almashtirilmaydigan ovqatlanish omillari bilan ta’minlanganligi, shuningdek bu moddalarni oqilona nisbatlarda kelib tushishi ham tushuniladi. Masalan, oqilona ovqatlanish formulasiga ko’ra oqsil, yog’, uglevodlar o’rtasidagi 1:1:4, o’simlik va hayvon yog’lari o’rtasidagi 1:3, kalsiy va fosfor o’rtasidagi 1:1,5÷1,8, kalsiy va magniy o’rtasidagi 1:0,6, oqsil va S vitamini o’rtasidagi 1:1000 (ya’ni 1 g oqsilga 1 mg S vitamini kelib tushishi kerak) va hokazo nisbatlar optimal hisoblanadi. Ovqat hazm qilish sistemasidagi kasalliklar O’tkir gastrit. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikka asosan ovqatlanish rejimining buzilishi sabab bo’ladi. Tartibsiz ovqatlanish, ovqat tarkibining sifatsiz bo’lishi, spirtli ichimliklarni uste’mol qilish kasallikning paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. O’tkir gastrit dori-darmon va boshqa narsalarga nisbatan o’ta sezuvchanlik (allergiya) tufayli ham vujudga kelishi mumkin. O’tkir gastritning patogenezi me’daning sekret ishlovchi hamda motor funksiyasining buzilishi oqibatida ro’y berib, ovqat hazm qilish va uning ichakka so’rilishi izdan chiqadi. Enterit va kolit Ingichka ichakning yallig’lanishi- enterit va yo’g’on ichakning yallig’lanishi-kolit deyiladi. Biroq ko’pincha ingichka ichak bilan yo’g’on ichak baravar yallig’lanadi, buni enterokolit deb yuritiladi. Butun ichak yoki uning bir qismi yallig’lanishi mumkin. Kasallikning kechishiga qarab, o’tkir va xronik yallig’lanish ajratiladi. O’tkir yallig’lanishda kasallik to’satdan boshlanib, tezroq tugaydi. Xronik yallig’lanish esa oylab, hatto yillab davom etishi mumkin. Обсуждение Xulosa Xulosa qilib atganda biz kunlik ovqatlanish ratsioniga Amal qilishimjz kerak.Iste’mol qilayotgan mahsulotimizdan ajraladigan energiya sarflanadigan energiya miqdoridan kop bolishi kerak .Ovqatlanish gigiyenasiga kunlik rioya qilishimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar; - R.U.ASATOV,D.T.GAFFAROVA,
- S.V.PSHENINCHNIKOV
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Приложение
Do'stlaringiz bilan baham: |