Kamchiliklari:
doskaga yozayotganda talabalarga orqa o‘girib turiladi, Auditoriya bilan ko‘z qarash kontaktini yo‘qotiladi;
bir marta yozilgan narsa o‘chiriladi;
yozish, chizishga vaqt ketadi.
Doskastend mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitish vositasi.
Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilami tuzish mumkin.
Doskastendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izohsharhlar va hokazo kartochkada aks etirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo‘ladi.
Doskabloknot bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalami yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlami qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib qo‘yish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu ko‘rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazib qo‘yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo‘llaniladigan texnik vositalardan kodoskop, proektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositalardan biri bo‘lib, darsda ko‘rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Dars o‘tishda keng qo‘llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o‘tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko‘proq ishlatiladi. Boshqa vositalar kabi proektoming ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Proektor bilan ishlashning afzalliklari:
dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;
plenkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin;
turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,
bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;
kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin.
Proektor bilan ishlashning kamchiliklari:
talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;
plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi;
proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong‘i bo‘lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |