Faylda saralash. Fayllar sekin ishlovchi, lekin kattaroq hajmdagi tashqi xotirada saqlanadi. Agarda saralanadigan ma’lumotlar ketma-ket kirish mumkin bo’lgan tuzilmalarda saqlanayotgan bo’lsa, bunday tuzilmalarga massivda saralash algoritmlarini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, ketma-ket kirishga ruxsat berilgan tuzilmalarda vaqtning har bir momentida faqat va faqat bitta komponentga murojaat qilish mumkin bo’ladi.
a ) To’g’ridan-to’g’ri qo’yish orqali saralash algoritmi
Algorotmning asosiy g’oyasi: Massiv elementlari shartli ravishda oldindan tayyorlangan ketma-ketlik a1, a2, ..., ai-1 va kiruvchi ketma-ketlik ai, ai+1, ..., an kabi qismlarga ajratib olinadi.
Oldindan tayyor ketma-ketlikda har bir i-element qulay joyga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |