Xalqaro kompaniya uchun quyidagilar alohida ahamiyatga ega: - valyutani muvofiqlashtirish tizimi; - mulkchilik huquqlari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki ekspropriatsiya qilinganda kompensatsiya to’lovining miqdori va uni to’lash shakli haqidagi masalani o’z ichiga olgan holda); - qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan kelishmovchiliklarni xalqaro arbitrajda hal qilish imkoniyati; - bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochiq tadbirkorlik faoliyati kategoriyalari va ularning qaysilari uchun alohida imtiyozlar berilishi haqidagi aniq qonunchilik. Qabul qiluvchi mamlakatning investitsion iqlimi ko’p darajada moliyaviy tizim ahvolini aniqlaydi. Xalqaro kompaniya xorijiy aktivlarining qismati qabul qiluvchi mamlakatda hukumat barqarorsizligi, soliq tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, inflyatsiyani ushlab turuvchi yoki yo’qotuvchi qat’iy iqtisodiy siyosat yuritilmasligi bilan bog’liq inflyatsiya jarayonlari evaziga yo’qotilishi mumkin. Xalqaro kompaniya xorijiy filiali inflyatsiya sharoitlarida ish xaqining baholar o’sishiga nisbatan yuqoriroq o’sishi va soliq tizimining yomon tashkil qilinishi sababidan ham zarar ko’radi. Shuning uchun odatda xorijiy firmani tashkil qilish haqida qaror qabul qilishdan oldin bosh kompaniya kelajakda qabul qiluvchi mamlakatda inflyatsiya darajasini hisobga oladi Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari nuqtai-nazaridan xorijiy investor uchun transport va aloqa vositalarining mavjudligi va foydalanish qiymati qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga qo’llanuvchi texnologiyalarni moslashtirish imkoniyati birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda bosh kompaniya rahbariyati potensial raqiblar – qabul qiluvchi mamlakatda milliy firmalarning mahalliy xaridorlar ehtiyojlarini va mahalliy bozorning o’ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq bilishi kabi ustunliklariga egaligini e’tiborga oladi. Bundan tashqari milliy firmalarni mahalliy hukumat qo’llab-quvvatlaydi, va nihoyat, iste’molchilarning vatanparvarlik sifatlari ular tomonida bo’ladi U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati haqidagi qaror qabul qilishdan oldin bosh kompaniyaning mahalliy sharoitlar aspektidagi harakatlari ketma-ketligi odatda quyidagi tadbirlar zanjiridan iborat bo’ladi: -qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini baholash; -ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini raqobatchilar taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat ko’rsatkichlari bilan taqqoslash; -o’rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida sotishni tashkil qilish imkoniyatlarini o’rganish; -qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va an’analarining xususiyatlarini o’rganish; -shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan tanishish; -qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baholash