Mutal Burhonov



Download 115,28 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi115,28 Kb.
#225601
1   2   3
Bog'liq
Mutal Burhonov

Hayoti va ijodi


Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoroshahrida tugʻilgan. Oilada besh farzand boʻlgan – Mutal Burhonovning Minhojiddin va Misbohiddin ismli ikki akasi va Mohida va Fotima ismli ikki opasi boʻlgan. (Opasi Fotima Fitratgaturmushga chiqqan.) Otasi madrasada matematikadan saboq bergan. Otasining aka-ukalari, xususan, Mazhariddin Burhonov, Mukammil Burhonovlarjadidchilarboʻlgan.

Burhonov sakkiz yoshida amakisi Mukammil unga tanburolib bergan. Keyinchalik Burhonov Otagʻiyos Abdugʻaniyevdan tanbur chalishni oʻrgangan.

1919-yil Burhonovning otasi vafot etgan. Oʻn yoshida onasidan ayrilgan. 1934-yil akasi Misbohiddin Burhonovga xalq dushmaniayblovi qoʻyilib, Sibirga surgun qilingan. 1937-yil akasi va amakilari jadidchilikda ayblanib qatagʻon qilingan, 1938-yil otib tashlangan.

Burhonov 1928—32-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, 1939—41- va 1946—49-yillarda esa Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan. Konservatoriyada Sergey Vasilenkodankompozitsiya, Grigoriy Stolyarovdandirijyorlik boʻyicha saboq olgan. Oʻsha yillari Uygʻunva Izzat Sulton yozgan „Alisher Navoiy“ dramasiga musiqa, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlar yaratgan.

Burhonov 1941-yil Ikkinchi jahon urushida Moskva mudofaasida qatnashgan. 1949—51-yillarda „Oʻzbekiston“ radiosida badiiy rahbar, 1955—60-yillarda Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimida ishlagan.

Burhonov ijodida vokal musiqasi, ayniqsa, romans, joʻrsiz xor va vokal-simfonik janrlar asosiy oʻrin tutadi: „Tabassum qilmading“, „Namedonam Chi nom dorad“, „Ishqida“ va boshqa romanslari, „Alisher Navoiyga qasida“ (Abdulla Oripov, 1968) va boshqa Sharq xalqlari qoʻshiqlarini joʻrsiz xor uchun „mahorat bilan, milliy musiqaga xos nafislik va jozibalilikni toʻla saqlagan holda qayta ishlagan“.[1] Burhonov qozoqcha „Dudaray“, eroncha „Goʻle gandum“, oʻzbekcha „Goʻzal qizga“, afgʻoncha „Chashmi siyoh“ va boshqa koʻpgina bolalar qoʻshiqlarini bastalagan va xor uchun qayta ishlagan.[3]

Shuningdek, Burhonov qator filmlarga, xususan, „Surayyo“, „Abu Ali Ibn Sino“, „Maftuningman“, „Orol baliqchilari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi filmlarga musiqa bastalagan. „Alisher Navoiy“ operasi (1986) hamda „Abadiy xotira“ rekviyemini(1996) yozgan. 1992-yil mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan. Oʻzbekiston SSRning1947- hamda 1978-yillardagi madhiyalari musiqasini ham Burhonov yaratgan.

Burhonov oila qurmagan va kamtar hayot kechirgan. 1998-yil „Koʻngil xazinasi (Burhonnoma)“ kitobini yozgan. Bastakor 2002-yil 15-iyunda 86-yoshda vafot etdi. 2016-yil „Oʻzbekkino“milliy agentligi Burhonov hayoti va ijodi haqida „Mutal Burhonov. Ohanglarda yashayman hamon...“ hujjatli filmini suratga olgan.


Download 115,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish