2006 yilning 20 martida «Navro‘z» bayramini o‘tkazish yuzasidan agentlikda tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu Markaziy Osiyoning sevimli va sharafli bayrami qishning tugashini va yangi bahor ayomini kelishini anglatadi. Qadimgi urf-odatlarga ko‘ra maxsus taomlar tayyorlandi: jumladan o‘stirilgan bug‘doydan tayyorlangan «Sumalak», yangi o‘sib chiqqan foydali o‘tlardan tayyorlangan «ko‘k somsa» lar tuzilgan tadbir bayrami dasturxoniga tortildi. Bayram tadbirida agentlikning xodimlaridan tashqari hurmatli mehmonlar sifatida «O‘zstandart» tizimida ishlab ketgan faxriy va nafaqaxo‘r mehmonlar hamda mahalla vakillari ishtirok etishdilar. Kutilmaganda boshlagan yomg‘ir xursandchilik bilan o‘tayotgan bayram kayfiyatini tadbir qatnashchilaridan tark etishiga yo‘l qo‘ya olmadi.
Navro'z (forscha نوروز o`zb. "Yangi kun") - bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. "Navro'z" so'zi forschadan tarjima qilinganda, "yangi kun" ma'nosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navro'z 21-mart kuni, Qozog'istonda esa, 22-martda nishonlanadi.
O'zbekistonda nishonlanishi
O'zbekistonda navro'z 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.
Navro'z — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg'onishi bilan bog'liq yangi kunning boshlanishidir. 21 mart kecha va kun-duz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navro'z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.
Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro'z kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga ko'chib o'tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lib, hasharlar uyushtirishgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda me'vali, manzarali daraxtlar o'tqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro'z — yangi yil, yangi hayot qaynagan.
Ajdodlarimiz Navro'z bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro'z taomlari ham o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayramida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq, tosho'yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan.
Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o'yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash o'yinlari, hayvon va parrandalar (xo'roz, it, qo'chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, turli xil xalq tomoshalari o'tkazilgan.
Navro'z - mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg'iz qariyalar, ota-onalar yo'qlanadi. Kishilar bir-birlariga sovg'a-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.
Navro'z — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro'z munosabati bilan nikoh to'ylari o'tkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo'lidan choy ichish maqsadida “kelin ko'rdi”ga borilgan.
Navro'z — do'stlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, e'tiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navro'z bayrami O'zbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabl qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi
www.UzReferat.ucoz.net
Do'stlaringiz bilan baham: |