Mutafakkir olim, tasavvuf ta’limotining yirik nomoyandasi Maxdumi A’zam Kosoniyning hayoti va ijodi haqida



Download 48,5 Kb.
bet1/2
Sana05.09.2021
Hajmi48,5 Kb.
#165112
  1   2
Bog'liq
Mahdumi Azam Kosoniy


Mutafakkir olim, tasavvuf ta’limotining yirik nomoyandasi

Maxdumi A’zam Kosoniyning hayoti va ijodi haqida

XV va XVI-asrlarda Naqshbandiya tariqatini rivojlantirgan va takomillashtirgan yetakchi nazariyotchi, mutafakkir, ahloqshunos, faylasuf va ilohiyotchi olim Said Ahmad ibn Mavlono, Jaloliddin Xoja Maxdumi A’zam Kosoniy-Dahbediy 1461 (ba’zi manbalarda 1462-1463) hijriy 866 (ba’zi manbalarda 867-868) yilda Kosonsoy shahrida tavallud topgan. Nasl jihatdan u Sayidzodalardan bo’lib, payg’ambarimiz (S.A.V.) avlodlariga borib taqaladi. Ya’ni payg’ambarimiz (S.A.V.)ning qizlari Bibi Fotimai Zahro va hazrat Ali Karamallohu vajga Maxdumi A’zam 22 pushtdan keyingi avlod bo’ladilar.

Maxdumi A’zamning bolalik yillari Koson tumanida kechadi, o’qib savodli bo’ladi, dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Kosonsoyda birinchi ustozi Mullo Sayyid Ali hisoblanib, undan morfologiya va sintaksisni qunt bilan o’rganadi. Ustozi kunlardan bir kun «Tez orada sening vujud barakotingdin ko’p olamlar munavvar bo’lgay» deydi va o’tkir zehnli Maxdumi A’zamni Toshkentga Muhammad Qozi ismli shaxsda ta’lim olish uchun yuboradi.

SHu vaqt davomida Maxdumi A’zamning shuhrati butun Movarounnaxru-Xurosonga yoyiladi. Karmina va Miyonkol hokimi bo’lmish Jonibek Sultonning taklifi bilan Maxdumi A’zam 42 yoshida (ba’zi manbalarda 54 yoshda) Samarqandga ko’chib boradi.

Kosoniy maskan qilib olgan bu joyga Maxdumi A’zam ilk qadam qo’ygandayoq o’nta tol daraxtini ekkanligi. uchun shu qishloq keyinchalik Daxbed ya’ni «O’n tol» deb atala boshlangan. Maxdumi A’zam umrini oxirigacha shu yerda istiqomat qilgan va shu yurtda dafn etilgan.

Maxdumi A’zam o’zlarining hayoti mobaynida qator ilmiy asarlar yozib qoldirgan. Bir necha shogirdlarni tarbiyalab, kamolotga yetkazgan. Uning asarlarida ahloq va iloxiyot, falsafiy, ilmiy va adabiy risolalar o’rin olgan. Peshqadam va jasurona g’oyalari, tariqat ilmidagi qobiliyati tufayli zabardast ulamolar tomonidon tan olinib, SHayboniy hukmdorlaridan Ubaydulloxon Jonibek Sulton, Abdulazizxon va Zaxiriddin Muhammad Bobur ham o’zining ustozi deb bilganlar va u zotning ko’rsatmalari asosida ma’naviyat cho’qqilarini zabt etganlar. Hozirga qadar Maxdumi A’zamning 30 dan ortiq asarlari saqlanib kelinmoqda. Maxdumi A’zam to’g’risida ham ko’pgina olimlar o’z asarlarida yozib qoldirgan. Jumladan, Temuriy tarixchilardan bo’lgan shaxzoda Muhammad Daro SHukuxning «Valiylar kemasi» (Safinat ul-avliyo) kitobida Maxdumi A’zamning o’zi aytgan quyidagi so’zlari keltirilgan: «Yoshligimda menda ilm olishga ishtiyoq ustun edi.

Maxdumi A’zam ilmdagi jasorat va shijoatlari, Naqshbandiya tariqatiga oid adabiy, ahloqiy, falsafiy asarlari uchun hamda sohibi karomat darajasiga yetib, ilm-fandagi oliy va yuksak xizmatlari evaziga islom olamida uchinchi bo’lib oliy darajaga - A’zamlik (buyuk) rutbasiga erishadi.

Maxdumi A’zamning hayot yo’li va boy ilmiy merosi yosh avlodni vatanparvar, iymonli, o’z halqiga sadoqatli qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi. Maxdumi A’zamning g’oyaviy, siyosiy, ahloqiy va ma’rifiy merosi milliy g’oya mafkurasi uchun muhim manbalardan biri bo’lib xizmat kiladi. Darhaqiqat, Maxdumi A’zamning boy ilmiy merosi va shaxsiy ibrati kelgusi avlodni o’tmish ma’naviy merosidan bahramand qilishda jiddiy ahamiyatga ega bo’lib, pok ahloqiy va umuminsoniy qadriyatlar hamda sharqona odob-axloqni qaror toptirishda shubhasiz o’rin egallaydi. Buyuk alloma Maxdumi A’zam Kosoniy-Dahbediyning avlodlari bugungi kunda Kosonsoy tumanida, Andijon viloyatining SHaxrixon tumanida, Samarqand viloyatida, Hindistonda, Pokistonda va Arabistonda istiqomat qilib kelmoqdalar.

2006 yili Maxdumi A’zamning otalari mavlono Sayyid Jaloluddin dafn etilgan joyda ziyoratgoh, 2007 yili Kosonsoy markazida Maxdumi A’zam maqbarasi barpo etildi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg’oniy ziyoratgohlarini ochilish marosimlarida hamda 1999 yil dekabrь oyida Namangan viloyati faollari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda buyuk allomalar qatorida Maxdumi A’zamning ma’naviy merosi haqida to’xtalib o’tgan.


Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish