Renessans – uyg‘onish davri
madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish,
bamisoli uning «qayta uyg‘onishi» (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg‘onish davri
namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga
ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va Fapb uyg‘onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o‘xshash
tomonlar bilan birga, ma’lum farq, o‘ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo
ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg‘onish davri IX-XII asrlarni, so‘nggi
uyg‘onish davri XIV-XV asrlarni o‘z ichiga olsa, Fapb uyg‘onish davri XV-XVII asrlarni o‘z
ichiga olishi bilan farqlanadi. Fapb uyg‘onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash
xos bo‘lsa, Sharqda masalaning g‘arbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz.
Sharq va Fapb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni
«qayta tiriltirish», tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ‘ib
etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:
1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) yunon, rum,
fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya, matematika,
minerologiya, jug‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslub (metodologiya)da -
ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do‘stlik yuksak axloqiylikning targ‘ib etilishi;
6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaniig keng miqyosda
rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi.
IX-XV asrlarni Yaqin va o‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda «Renessans»
(uyg‘onish) davri deb ataShadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab-yashnashi bu davr
uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari
etishib chiqkan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik
faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-833 y.) Bag‘dodda
«Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati,
hind hisobi, al-ximiya va ilmi nujumga oid asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy
Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Farobiy, Ibn Sino,
al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o‘ynadilar.
Bu davrga kelib, avvalo o‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning
yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi.
Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy,
Xakim at-Termiziy kabi o‘rta Osiyolik olimlarning, ulamolarning dongi etti iqlimga taralgan
edi.
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qililishni istagan kuchlar avvllo uni o‘zligidai,
tarixidan, madaiiyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-
ma’naviy taraqqiyotini bug‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan
mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan
an’anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700
yil oldin o‘z imperagoriga shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar biror mamlakatni
bosib olib, u erda uzoq xukmronlik qilmokchi bo‘lsangiz, dastavval usha erda yashayotgan
xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy buhronni kuchaytiring. O‘z
madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi,
ichki nizolar girdobiga uraladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni,
mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi»
1
. Madaniyat va ma’naviyatni barbod atish,
milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab
turishning eng zarur na nozik yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo
juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi
aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishadi.
Chingizxon ham O‘rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga:
Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-
quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning aqlli, bilimli,
obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar, deb topshiriq berar ekan. Bu siyosatning ham chuqur
o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-e’tiborli, dono vakillaridan judo bo‘lgan
xalq ma’naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha olmaydi.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga nisbatan
bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakichilik tartibini saqlab turish oson
kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-ma’rifiy va
madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. Chor xukumati o‘zlarining erli xalqdan
ustunliklarini isbotlashga va shu tarifa «uzil-kesil» g‘alabaga erishishga astoydil kirishdilar.
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, ruhan,
ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur uylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib
qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor xukumatining manfaatini har
tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek xalqini milliy
o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan
judo bo‘lgan, itiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga aylantiriыh muddaosi to‘rgan.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan
generallardan biri M.D.Skobelev: «Millatni yo‘q qilish uchun uni kirish shart emas, uning
madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», - deb
«bashorat» qilgan edi
1
. Uning ana shu «dono» ko‘rsatmasi Turkistondagi ma’naviyat, ma’rifat
va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib
xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan
manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fantexnika, ma’rifat
yutuqlaridan bexabar, milliy ongi past, milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat
edi. Chor xukumatining mustamlaka o‘lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» Kaufman,
general-gubernator Kuropatkin, jallod Golovanovga o‘xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva,
Qo‘qon, Toshkentdagi buyuk asori-atiqalarni, masjidu-madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy
yodgorliklarni tusha tutib er bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qul ostidagi mazlum xalqlar
madaniyatn, ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi kerak?!
Bunga ular toqat qila olmas edi! Ularning usuli yo‘q qilish, madaniyatni, til va tarixni, Turkiston
xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanlshgan, iftixor qiladigan nimaiki bo‘lsya, hamma -
hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi.
Chor xukumatinipg Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida qanday
maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak oqilu dono farzandlari
alaqachon tushunib etgan edilar. Chor xukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni
erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo‘llab quvvatlagan,
shu yo‘lda jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb zgasi Abdurauf Fitrat o‘zining «Turkistonda
ruslar» risolasida: «Ko‘rdim, kezdim, eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi
baxtsiz bir mamlakat yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarinini sodiq ishonchli qorovullari
bo‘lg‘on eski Rusiya xukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror
ish ko‘rdimi, qurmoqchi bo‘ldimi? Mana shu savolga - «Yo‘qdan!» boshqa bir javobimiz yo‘qdir.
Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turligi uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari bilan
ko‘risholmadik ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning
qo‘zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan
er olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.
Bizning diniy va milliy hicciyotlapingizni o‘ldirmol tilagi bilan Ustroutov kabi mutaasib
poplarning idorasinda gazeta chikarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va diyonatimizni
anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va gazitalar borlandi, sha’riy
maxkamalarimizning huquq va saloxiyatlaridan buyuk bir qisti g‘asb etildi. Mahkamalarda,
uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vagon arbalarinda Turkiston erlisining huquqi
Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va armanidan tubanda tutildi»
1
, - deb yozgan edi. Abdurauf
Fitratning qalb nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda mustamlakachilik siyosatining barcha
tomonlari fosh etilgandi.
Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokim i yat i ni ng dast labki yi l l ari da
b o s hq a jumhuriyatlarda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham, albatta madaniy, ma’rifiy taraqqiyot
bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda,
ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin
O‘zbekiston mustaqilligiga qadar bo‘lgan etmish to‘rt yil ichida madaniy-ma’rifiy
taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan
davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga
yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Agar Chor Rossiyasi bizning ma’naviyatimizni
turg‘unlikda, qoloqlikda tutishga o‘ringan bo‘lsa, bolshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z
milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. O‘zbek xalqining madaniyati
va ma’naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish sobiq Sovet jamiyati davrida
chorizm zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo kamaymadi. Sho‘ro davlati milliy
chekka o‘lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm mustamlakachilik
siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho‘ro tuzumi milliy birdamlik milliy tuyg‘u rivojlanishi va
yuksalishiga millatchilik deb qaradi.
Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e’tiqodi rad etildi, o‘rniga «shaxsga
sig‘inish»
balosi ro‘baru bo‘ldi.
Insonlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlashga ko‘maklashadigan muqaddas
kitob Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Az-
Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘‘tabar asarlari xalqdan
yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo‘lgan
bu dahashatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma’naviyati muayyan darajada
tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. Chor hukumati va tuzumi ko‘rila boshlagan dastlabki
yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini biladigan (mulla deb nom
olgan) kishilar ham qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi
kitob va qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta’qib ostiga olindi. Xullas, o‘zbek xalqining
ilg‘or qismi - ziyolilarga, ma’rifat homiylariga juda katta zarba berildi. Bu katag‘onlik xatti-
harakati o‘tgan etmish yil davomida u yoki bu darajada doimiy va o‘zviy raviShda davom etdi.
Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar, diniy-tarbiyaviy
marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o‘zbek xalqi boshiga tushgan
og‘ir dard bo‘ldi.
Umuman olganda, Sho‘ro yillari davomida o‘zbek xalqi erkin fikrlash huquqidan mahrum
etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma’naviyatiga salbiy ta’sir qildi.
Yuqorida qayd etganimizdek 30-yillarning o‘rtalariga borib, milliy ma’naviyatimizni
to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo
egalari otib, bo‘g‘ib tashlandi. Bular qatoriga Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,
Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, uning ma’naviyatining o‘nlab, yuzlab asl
o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin. qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma
sohasini yakkayu yagona bilagani deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari O‘z
faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha ma’naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga o‘tib
oldilar.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga ko‘ringan
yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. Chorak kam
bir asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. Diniy axloq va madaniyatning
zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Dahshatlisi shu bo‘ldiki, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz-avliyolarning
mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-
onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |