Jamiyat sotsial strukturasiga doir talqinlar.
Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (er.av.427-347 yy.) va Aristotel (er.av. 384-322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Ular jamiyat va davlatni aynanlashtirgan bolsalarda, jamiyat azosi sifatida faqat erkin tugilgan va fuqarolik yoshiga etgan kishilarni etirof etgan. Ularning jamiyatga doir qarashlari asosini sotsial struktura va sotsial adolat konsepsiyalari tashkil etgan.
Platonning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin tugilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni bajarayotgan kishilar tashkil etadi. Insonning qalbi uchta asosga ega: «idrok» (intellektuallik), «jasurlik» (irodalilik) va «istak» (sezgi, tuyguga ega bolish). Odamlar oz qalbidagi asoslardan qay birining kopligi yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud boladi: donishmandlar - «faylasuflar», harbiylar - «:qoriqchilar», ishlab chiqaruvchilar - «dehqonlar» va «hunarmandlar». Boshqaruvchilar yuksak malumotli, istedodli, xususiy mulkka ega bolmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, yoshga etgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi boladigan odamlarni falsafa va sanat vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni ornatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda boshqaradi. «Qoriqchilar» davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. «Dehqonlar» va «hunarmandlar» oz mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur bolgan narsalar bilan taminlaydi. Korinib turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi.
Yirik yunon mutafakkiri Aristotel ozining «Siyosat» kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson tugilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intilpdigan mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, adolat, «umumiy foydani tushunib etganligi»dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib korsatib berdi: oila - yashash manzili (qishloq va boshq.) - polis (shahar-davlat). Arisiotel uchun davlat - odamning tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan hayot kechirishga intilishi natijasida vujudga keladigan biralikda insoniy hayot kechirishning oliy tabiiy shaklidir. Oila - insoniy birlikning birlamchi shakli sifatida talkin etildi. Bir necha oilalar yashash manzilini tashkil etadi. Ozaro bir-birlariga yaqin yashash manzillari shahar-davlatga birlashadi.
Aristotel ilgari surgan sotsial struktura modelida asosiy strtifikatsiyaviy prinsip sifatida mulk senzi tanlandi. Unga muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga bolinadi: kambagal, orta qatlam va boy. Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik orta qatlam koproq bolsa, u shunchalik qudratli boladi, gullab-yashaydi.
Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qoshgan, SHarq uygonish davrining mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta organgan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy «Fozil shahar odamlari qarashlari» asarida jamiyat («inson jamoasi»)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan asoslab beradi: «Har bir inson oz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun kop narsalarga muhtoj boladi, uning bir ozi bunday narsalarni qolga kirita olmaydi, ularga ega bolish kishilik jamoasiga ehtiyoj tugiladi... SHu sababli yashash uchun zarur bolgan, kishilarni bir-biriga etkazib beruvchi va ozaro yordamlashuvchi kop kishilarning birlashuvi orqaligina odam oz tabiati boyicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa azolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklika erishmoq uchun zarur bolgan narsalarni etkazib beradi. SHuning
uchun inson kopaydi va erning aholi yashaydigan qismiga ornashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi» . Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi - bu kishilik jamiyati hisoblanadi.
Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, ozining muayyan funksiyalariga ega bolib, goyoki shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar.
Forobiy orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar ortasidagi farqlanishlar saqlanadi. Platonning ideal davlat tuzumi haqidagi talimotida korsatilgani kabi, har bir tabaqaning vazifalari va majburiyatlari aniq belgilangan boladi, tabaqalar ozlarining maqomlari boyicha ozlariga tegishli bolgan faoliyat bilan shugullanadi. Bir tabaqaga mansub bolgan odam boshqatabaqa vakillari uchun tegishli bolganishlarni bajarish huquqiga ega emaslar (masalan, boshqaruvchilar tabaqasiga mansub kishilar dehqonchilik yoki savdo ishlari bilan shugullanmaydi). Fozil shahar-davlatda har bir tabaqaningjamiyatdaorni va maqomi mazkur tabaqa bajarishi lozim bolgan vazifalarning qanday bolishi bilan belgilanadi. Tabaqa martabasining baland yoki past bolishi uning hukmdorga yaqin yoki uzoq bolishiga bogliqdir. Hukmdorga yaqin yoki undan uzoq bolishning belgisi har bir tabaqa vakillarining aqliy (intellektual) va manaviy kamolot darajalarining yuksakligiga bogliqdir. Aqliy va manaviy kamolot darajalari yuksak bolgan tabaqa vakillari, yani hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor bolgan ishlarni bajaradi, ularning qol ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi.
Korinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda (fozil shahar-davlatlarda) kishilarning ijtimoiy tabaqalarga bolinishi va ularning imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga mansub odamlarning vazifalari va majburiyatlari ortasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning oz kasbini yaxshi bilishi va oz vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning yuzaga chiqishi uchun zarur bolgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning oz kasbiga tegishli vazifalarini togri bajarishi jamiyatda adolatning saqlanishi va uni barqarorligini taminlash asosidir. Mutafakkir ozining «Talxisi navomisi Aflotun» («Platon qonunlari mohiyati») asarida ilohiy qonunlarni doimo adolatli ekanligini ilgari suradi. Fozillar jamiyatining adolatli bolishi va tabaqalar ortasida tavofutlarning saqlanishida adolat huquqiy kategoriya vazifasini bajaradi. Ana shu jihatlardan yondashganda, Forobiyningadolatgoyasiga nisbatan ishlatgan tarifi Platon talqinlariga yaqindir. Lekin Forobiy qarashlaridagi adolat goyasi kishilar ortasida axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, moddiy boyliklarni taqsimlash va ozaro almashuv munosabatlarini ham oziga qamrab oladi. Mana shu erda Forobiyning qarashlari Platon talqinlaridan farqlanadi. Forobiy ozidan oldingi barcha otmishdoshlaridan farq qilib, adolat haqidagi quyidagi tarifini keltiradi:«Adolat - avvalambor butun shahar ahli tomonidan yaratilgan nematlarni (togri) taqsimlash hamda kishilar ortasida bu nematlarni taqsimlash qoidalarini saqlash demakdir. Bunday nematlar qatoriga (kishilarning) farovonligi, boylik (mol- mulk), turli unvonlar va jamiyatda tutgan orni hamda odamlarning moddiy-iqtisodiy va manaviy hayotiga oid boshqa kopgina nematlar (narsalar) kiradi. Jamoa azolarining har biri ozining xizmatiga yarasha bu nematlardan tegishli hissasiga egadir. Agar nematlar bir odamga nisbatan kamroq taqsim etilsa, bu holda u odamga nisbatan adolatsizlik boladi. Aksincha, o sha odamga nematlar koproq taqsim etilsa, unda boshqa fuqarolarga nisbatan adolatsizlik sodir qilingan boladi.
Xulosa qilib aytganda, adolat kishilar va turli tabaqalar ortasida ozaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarda togri taqsimlashning belgisi vazifasini bajaruvchi kategoriyadir. «Adolatsizlikning sodir bolishi, - deb yozadi Forobiy, - shunda ifodalanadiki, nematlarning tegishli hissasi berilmay qoladi». Mutafakkirnnng fikricha, sotsial strukturalarning yashash mezoni - bu sotsial tabaqalar ortasida, shuningdek davlat bilan tabaqalar ortasidagi munosabatlarda adolat prinsipiga qilishdir.
Forobiy kishilarning diniy mazhabiga emas, balki ularning turli belgilari - tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidorlariga hamda ilmlarni organish va hayotiy tajriba toplash jarayonida orttirgan bilim va konikmalariga qarab ijtimoiy guruhlarga boladi. Uning talqinicha,shahar - bu muayyan bir davlat uyushmasi, jamiyat (jamoa) esa - shu davlatga tobe bolgan odamlarning tabaqalardan iborat birlashmasidir. Albatta, bu kabi qarashlar Platon va Aristoteltomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturalariga doir talimotini va bu strukturalarni tabaqalashish qonuniyatlarini yanada rivojlantirdi.
Muayyan jamiyatning tarixiy rivojlanishini tahlil etish natijasida olingan tizimlar nazariyasi va sotsiologik tasniflardan kelib chiqib jamiyatning asosiy universal tasnifini quyidagicha ifodalash mumkin: a) bir butunlik, yaxlitlik; b) ozgarishlarga boy va rivojlanishga moyillik (dinamizm); v)tizimlilik. Mazkur universal tasnifdan kelib chiqib jamiyatni quyidagicha tariflash mumkin: Jamiyat (society) - bu yaxlit tuzilma bolib, uning doirasida odamlarning birgalikda yashashi amalga oshadi; jamiyat ozining unsurlaridan iborat bolish xususiyatiga ega bolgan, shuningdek ozini mavjudlik makon va zamon chegaralariga ega bolgan oziga xos organizm yoki tizimdir. SHu tariqa, jamiyat muayyan va aniq hududda joylashgan boladi va oz mavjudligining aniqmuvaqqat doirasiga egadir. Bazi jamiyatshunos olimlarning fikricha, «jamiyat» va «mamlakat» tushunchalari ortasida oxshashlik mavjud. Jamiyat odamlardan iborat tuzilma sifatida tavsiflanib, u: sotsial aloqalarning birlashuvi roy beradigan hudud; muayyan bir hudud doirasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar, munosabatlar, birliklarning turli tumanligiga ega; avtonomlik (mustaqil yashash) qobiliyatiga ega; integratsiyalashuvga moyil (barcha individlarni ozaro qoshiluvchanligi, ijtimoiy tartibot natijasidagi birlashuv).
Jamiyat deganda barcha insoniy munosabatlar (aloqalar) yigindisi tushuniladi. YAna bir manbada jamiyat tushunchasi malum bir hududni egallagan, oz yoki kop darajada ozining boshqalardan farqlanuvchi madaniyati va institutlariga ega bolgan odamlarning ozini ozi abadiylashgan yigindisi, deyiladi.
Jamiyat institutlar va birliklarning ozaro munosabatlarini qollab-quvvatlaydigan, yangi sotsial tuzilmalarni integratsiyalaydigan, oz mantigidan kelib chiqib aholining asosiy qismini oziga boysundiradigan, mazkur hududda yashovchi odamlar oz xatti-harakatlaridagi turli tuman sotsial ozaro tasirlar va aloqalarni yagona negizga uyushtirishga undovchi va ozini ozi muvofiqlashtirish mexanizmlariga egadir. Jamiyat - odamlar, birliklar va tuzilmalar ozaro tasirlari va aloqalarining tarixan rivojalanuvchan, ularning birgalikda yashash jarayonida ozgarib boradigan va tarkib topadigan yaxlit tizimdir.
Jamiyatni oziga xos belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1)sotsiallik; 2)jamiyat azolari (insonlar) ortasida ozaro tasir va boglanishlarning mavjudligi; 3)malum bir hududga ega bolish (sotsial makon); 4)sotsial zamonning (vaqtning) mavjudligi; 5)ozini ozi boshqarishi va muvofiqlshtirishi, ozini ozi namoyon qilishi, sotsial jarayonlarni oz-ozidan anglashi; 6)sotsial institutlarning mavjudligi;
odamlarning ongi, irodasi va faoliyatini har qanday ozgarishlarga tasir etib turishi; 8)sotsial strukturaning mavjudligi. Jamiyatning strukturaviy komponentlari - ular koplab individlar (shaxslar); odamlar tomonidan bajariladigan sotsial rollar; oz ichiga hududiy, etnik va boshqa birliklarni olgan sotsial struktura; odamlarning bir-birlariga ozaro tasiri.
Jamiyat yaxlit tizim sifatida turli tuman unsurlardan (faoliyat turlari, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy guruhlar, birliklar, institutlar va uyushmalar) iborat. Ularning barchasi bir-birlariga mustahkam boglangan bolib, ularning jamlanmasi bir butunlikni (yaxlit jamiyatni) tashkil etadi. «Struktura» (tuzilma) tushunchasi (lotincha structura - tuzilish, tuzilma, joylashish tartibi, tartib) umumiy manoda bir butunning u yoki bu darajadagi barqaror unsurlari yoki ular ortasidagi ozaro aloqalarni anglatadi.
Biz xorijiy adabiyotlardan foydalanishda qiyinchilik tugilmasligi uchun «tuzilma» tushunchasini xalqaro miqyosda qabul qilingan shakli - «struktura» atamasiishlatamiz. Struktura jamiyatning tarkibiy qismlarini turli tartibszliklar aralashmasidan iborat holda yashashiga yol qoymaydigan, ularni muvofiqlashuviga shart-sharoitlar yaratib beradigan oziga mexanizm vazifasini ham bajaradi.
Struktura- obektning bir butunligini va uning oziga ozi aynanligini, yani turli ichki va tashqi ozgarishlarda ozining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini taminlovchi barqaror aloqalar yigindisidir.
Struktura aksariyat holatlarda nimanidir tarkibiy qismlarini ozaro joylashishi va ozaro aloqalari yoki malum bir tuzilish va tuzilmaga ega bolgan narsa manolarida ishlatiladi.
Struktura - birinchidan, bu unsurlarni malum bir model sifatida namoyon qilish, masalan, qandaydir institutlashtirilgan sotsial tasniflashni (rollar, tashkilotlar va boshq.) tuzilgan struktura yoki bandlik strukturasi sifatida tartibga solish; ikkinchidan, ustki struktura asosida yotuvchi (ayniqsa qiyosiy grammatikada) qoida, tartibdir (chuqur struktura - Levi-Stross tabiricha). Ingliz otsiolog olimi Giddens uchun struktura tushunchasi sotsial tizimlarni qaytarilishi va takrorlanishida saqlanadigan qoidalar va imkoniyatlarga taalluqlidir.
Giddens jamiyatning sotsial strukturasi tushunchasini oziga xos xususiyatlarini ochib berish barobarida, uni funksionalizm tarafdorlari talqinidagi noaniqliklar va engil-elpi tariflashlarni keskin tanqid qilib quyidagi fikrlarni ilgari surdi: Strukturatsiya nazariyasini ozagini tashkil etgan muhim tushunchalarni korib chiqamiz: «struktura», «tizim» va «strukturaning dualligi (ikki taraflamaligi)». Hech shubhasiz aytish mumkinki, ularning ichida birinchisi - struktura (yoki «sotsial struktura») - funksionalizm oqimi tarafdorlari ichida juda ham ommaviylashib ketdi va ular oz nomidan kelib chiqib ham «strukturalizm» ananalari oldida oz burchini bajarishga urindi. Lekin, barcha nazariyalar ham bu tushunchaga sotsial-ilmiy nazariyalarning talablari darajasida tarif bera olmadi. Funksionalizm tarafdorlari va ularning tanqidchilari ozlarining asosiy diqqat-etiborini faqat «funksiya» tushunchasiga qaratib, «struktura»ga oid tasavvurlarga muhim etibor bermadi; shu tariqa, bu tushunchaning ahamiyati eski holidan nariga otmadi.
SHu bilan birga, biz funksionalizm tarafdorlari «struktura» deganda nimani tushunishini yaxshi bilamiz. Lekin, darhaqiqatjamiyatshunos-tahlilchilar bu tushunchani sotsial munosabatlar va hodisalarni oziga xos «modellashtirish» deb tushunadi. Kopincha struktura tushunchasi skelet yoki organizm tuzilishi, yoki bino sinchi (qobirgasi) kabi kozga ilinmas tasavvurlar shaklida talqin etildi. Bu yondashuv va unga tegishli tushuncha subekt va sotsial obektning ikki taraflamaligi (dualligi) bilan mustahkam ravishda ozaro bogliqlikda talqin etildi: bunda «struktura» insoniy faoliyatga nisbatan qandaydir «tashqi» holatni ifodalab, mustaqil subektning erkin tashabbuslarini chegaralashni keltirib chiqaruvchi manba manosini bera boshladi. Strukturalizm doirasida paydo bolgan strukturaga doir tasavvurlar bizga qiziqarli bolib tuyuladi. Bunda, struktura haqida sozlaganda, biz u yoki bu sotsial munosabatlar va hodisalarning modellarini emas, balki mavjudlik va mavjud emaslikning (yoqlikning)ozaro kesishgan nuqtasini nazarda tutamiz; shu tarzda, yuzaki namoyon bolishdan kelib chiqqan holda uning poydevori - asos solinadigan prinsiplari chiqarib tashlanadi.
Giddens sotsial struktura va tizim tushunchalaridagi farqlanish va bir-birini toldirish xususiyatlarini ochib beradi, shuningdek ularga doir izlanishlarni yanada chuqurlashtirishning istiqboldagi vazifalariga toxtaladi: Dastlabki qarashda strukturaga doir yuqorida keltirilgan tasavvurlar umumiylikka hech qanday daxli yoqdek korinadi. Lekin, aslida ularning har biri sotsial munosabatlarni strukturalashning muhim jihatlariga tegishlidir. Bu jihatlar strukturalashtirish (strukturatsiya) nazariyasida «struktura» va «tizim» tushunchalariga differensiyaviy (bir butunni bolaklarga va farqlanuvchi jihatlariga qarab organish) yondashuv vositasida anglab etiladi. Sotsial munosabatlarni tahlil qilar ekanmiz, biz mummmoning, bir tomondan, sintagmatik jihatlari - sotsial munosabatlarni vaziyatli amaliyotini takror yaratishni oz ichiga olgan holda makonda va zamonda modellashtirish, ikkinchi tomondan, shu kabi takror yaratish jarayonida muttasil ravishda ishtirok etuvchi «strukturalashning usullari»ni malum sharoitlarda tartibga solishni nazarda tutishga qaratilgan paradigmaviy «olchash»ni etiborga olishimiz zarur boladi.
«Ijtimoiy» tushunchasi lotincha (socialis) «sotsial» manosini bildirib, u odamlarning jamiyatdagi ozaro munosabatlari va hayot kechirish tarzi tufayli bir-birlariga bogliq ekanligini anglatadi.Jamiyat keng manoda - bu umumiy manfaatlar, qadriyatlar va maqsadlarga ega bolgan odamlarning birlashish shaklidir. Insoniy jamiyat insonlararo munosabatlar (sotsial munosabatlar) modeli (jamiyat subektlari ozaro munosabatlari yigindisi) sifatida tavsiflanadi.
Bu tushunchalar ozaro birlashtirilganida, jamiyatning sotsial strukturasi manosini beradi. Bu tushuncha jamiyatning (birlikning, guruhlarning) ichki tuzilishini ifodalaydi; bu - tartibga solingan sotsial birliklar, sotsial institutlar va ularning ozaro aloqalari yigindisi demakdir. Sotsial struktura tor manoda funksional jihatlardan ozaro boglangan sotsial maqomlar va rollarning yigindisidir. Sotsial struktura jamiyatning yaxlitligi va barqarorligini taminlab turadi. Sotsial strukturani tahlil etishda odatda quyidagi sotsial hodisalar korib chiqiladi: sotsial maqom, sotsial rol, sotsial differensiatsiya, sotsial stratifikatsiya, sotsial notenglik, sotsial mobillik, sotsial marginallik, sotsial institutlar va boshqalar.
Umuman, jamiyatning sotsial strukturasi barcha jamiyatlar uchun xos bolib, ularning shakllari, funksiyalari, tasiri natijalari turli jamiyatlarda fuqarolarning milliy qadriyatlari, tarixiy rivojlanish tajribasi, siyosiy va huquqiy madaniyatga boglik holda turlicha bolishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida.
Fuqarolik jamiyati tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari va boshlab Sitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida fikrlaganida asosan davlatni kozda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII asr oxirida bir vaqtning ozida shotland va kontinental Marifatparvarligi tomonidan tugildi. Tomas Peyn va Georg Gegel kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar oz xohishlari va manfaatlariga bogliq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy voqeliklarni ozgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo bolishi. U tobora osib borayotgan erkinlik sari davat etish chaqiriqlaridan paydo bolgan edi.
asrning ortasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va siyosiy oqibatlariga oz etiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi istemoldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Antonio Gramshi fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning oziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi. Gramshi ong oqim diktaturani tadqiq etganligi uchun uning goyalari SHarqiy Evropa, shuningdek, Lotin Amerikasidagi dissidentlar va huquq himoyachilariga kuchli tasir qildi. CHex, vengr, polyak faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga murojaat etishar edi. Ayniqsa, 1989 yilda Berlin devori qulagan paytlarda u jasurlik tushunchasining sinonimi sifatida ishlatila boshlandi.
asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador formulaning songgi natijasiga aylandi. Ulkan demokratlashtirishning dunyoviy tamoyillari uning oldida yangi ufqlarni ochdi. AQSH va Garbiy Evropada uning jamiyatni yangilashning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi orniga nisbatan qiziqishlar kuchaydi, shuningdek, davlat va hukumattasirlari kamayib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ham u keng tarqala boshladi.
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan malumki, inson jamiyat tomonidan oliy ijtimoiy qadriyat manbalari sifatida namoyon bolishi eng echimini topish eng qiyin muammolardan biridir. CHunki, bu kabi sharoitlarda insonni mansabdorlar va ularning apparatini irodasi asosida faoliyat yuritishdan boshqa chorasi qolmaydi, inson davlat mashinasining bir murvatiga aylana boshlaydi. SHaxs ozining turmushini ozgartirish qobiliyatiga ega bolmasdan, u xalqaro munosabatlarda inson huquqlari manbasi deb ataladigan oz insoniy qadr-qimmatini ezozlaydigan erkinlik meyorlaridan bahra ololmaydi.
SHuning uchun ham fuqarolik jamiyatini xalqaro tajribalar va milliy ananalar asosida shakllantirish inson erkinligi va huquqlarini taminlashning asosiy kafolati sifatida shakllantirish inson taraqqiyoti uchun eng zaruriy omildir. Hozirgi davrda jamiyatga doir zamonaviy nazariyalarda fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy uchta tarkibiy qismlari quyidagicha tariflanadi:
ijtimoiy ahamiyatga molik funksiyalarni sezilarli qismini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarini rivojlanganligi; shaffof hukumat va parlamentning mavjudligi; uning shaffofligi jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bogliq ekanligi bilan ifodalanadi;
hukumat va nodavlat tashkilotlar ortasida de-yure talablari doirasidagi muloqotlarning mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga tasir eta olishning legitim usullarini shakllanganligi.
SHu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham obektiv zaruriyat hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida bazi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo boladiki, ular doimo jamiyatni rivojlanishiga tosiq bolib kelgan. SHuningdek, bu kabi holatlar obektiv zarurat hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv ananalaridan chiqarib tashlanishi zarur.
Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun davlat organlari quyidagilarga amal qilishiga zarurat tugiladi:
-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar bilan kelishib faoliyat korsatishi shart ekanligi;
-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga otkazish.
SHuningdek, davlat apparati funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga otkazib borish bilan boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funksiyalarni bajaradi (yani qoldiq prinsipiga amal qiladi). Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat bolganzaruriy qadriyatlarni shakllaninishini izdan chiqarib turadi. SHuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yonalishi hisoblanmoqda.
SHuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (mamuriy) islohotlarni amalga oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bogliqdir. CHunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu - inson taqdirini hal etish, uning huquq va erkinliklarini taminlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning ozi bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.
Malumki, garbda mamuriy islohotlar asosiga subsidiarlik prinsipi qoyilgan bolib, u asosan garbda rivojlangan quyidagi diniy qadriyatni dunyoviylik asosida hal etish bilan bogliq boldi: SHaxsning oz tashabbusi va kuchi bilan qiladigan narsalardan mahrum qilish va uni jamoatga taalluqli deyish mumkin emas. Xuddi shuningdek, qattaroq va yuqori darajadagi hamjamiyatning kichik va itoatkor hamjamiyat qilishi va oxiriga etkazishi mumkin bolgan ishga davogarlik qilishi ham xuddi yuqoridagidek, ijtimoiy tartibot uchun nihoyatda zararli bolgan nosoglom muhitdir.
Hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanib borishi bilan davlat boshqaruvini nomarakazlashtirish (detsentralizatsiyalash) uchun ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik shart-sharoitlar yaratiladi. Bu jarayon davlat boshqaruvini erkinlashtirish (liberallashtiish) va mamuriy islohotlarning eng asosiy sharti hamdir.
Fuqarolik jamiyati shakllanib borgani sari mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. CHunki, jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uygunlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va osib bordi.
Fuqarolik jamiyati sharoitida markaziy hokimiyatda milliy manfaatlar bilan bogliq yirik vakolatlardan boshqasi mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga uzatiladi. Hududiy ozini ozi boshqarish organlari, oz navbatida, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi oz zimmasiga olmagan yoki u rad etganidan boshqa vakolatlarni amalga oshira boshladi. Bu holatda konsensusga erishish prinsipiga asoslanildi. Bu prinsip kopincha mamuriy shartnomalarda ifodalana boshlaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo bolishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli tasir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor manolardaishlatish rusumga kirdi. Keng manodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqolietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qarambolmagan qatlam sifatidarivojlandi. SHuningdek, fuqarolikjamiyati keng manodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo bolishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi tor manoda talqin etilganda, u huquqiy davlatningikkinchi tomoni bolib, ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiydavlat sharoitida davlattasarrufida bolmaganerkin va teng huquqli individlarning ozaromunosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitlarda jamiyatsohalariga xususiy manfaatlar va individualizmning erkinmunosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatningshakllanishi,uning rivojlanishi individlarningerkinlikka intilishi, ularningdavlatga tobe bolgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, oz shaxsiy hurmat-obrosinihis qila borishi, xojalik va siyosiy masullikni oz zimmasiga olishga tayyor bolishi bilan bogliqdir.
Songgi yarim asr ichida tarixiy rivojlanish tajribalari shuni korsatdiki, huquqiy davlat unsurlari shakllanmasdan ilgari fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun imkoniyatlar va shart- sharoitlar yaratilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, huquqiy davlat qurish islohotlari fuqarolik jamiyati muhitidan oziqlanadi, davlat irodasi ham jamiyatdagi turli tuman manfaatlar va ehtiyojlar ifodalanishiga bogliq holda namoyon boladi. SHuningdek, huquqiy davlat sharoitidagi erkin raqobatbardoshlik natijasidagina orta qatlam - mulkdorlar qatlamini shakllanishi uchun qulay shart-sharoitlaryaratiladi.
Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning oziga xos jihatlari
Jamiyatni rivojlantirish, huquqiy davlatga asos solish, fuqarolarning ozini ozi boshqarish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor iqtisodiyotiga otish, davlat hokimiyati organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sayin sotsial strukturalar ham takomillashadi, uning yangidan-yangi funksiyalari paydo boladi. Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarga tasnif berish ijtimoiy tuzilmasi togrisidagi bilimlarnitahlil etishda unga doir kategoriyalar togrisida tasavvurlarga ega bolish muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun fuqarolik jamiyati klassik darajada rivojlangan Evropa namunasidagi fuqarolik jamiyati konsepsiyasining mohiyati nimada?, degan savolga javob berishga zarurat tugiladi.
Bu konsepsiyada fuqarolik jamiyatining muhim mezoni sifatida erkin fuqarolik jamoalarning teng huquqli, avtonom va faol xatti-harakat qilayotgan individlarning mavjudligi yaqqol ajratib korsatilgan. Fuqarolik jamiyati uchun eng muhim mohiyat kasb etuvchi jihatlar - bu alohida olingan individlar oz shaxsiy xohishlariga boysungan holda, «ijtimoiy manfatlardan» mustaqil holda shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib shunchaki oz oldiga qoyilgan maqsadlarga erishishga intilishni emas, balki ozining mavjud bolgan qonuniy manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi hisoblanadi.
Bu soha, xususiy shaxs sifatida ozini ozi aniqlagan individuallik oz xohishlari va shaxsiy avtonomligini qondirishga qaratilgan oz talablarini ilgari surgan shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlarini amalga oshiriadi. Fuqarolik jamiyatida ozaro tasir va boglanishlar shuning uchun hamijtimoiy (sotsial) kenglik deyiladiki, ular xususiy individ sifatida sotsial aktorlardan ham mustaqil ajralgan holda ham faoliyat yuritishi mumkin.
Garb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi quyidagilardan iborat:
-jamiyatning asosiy birligi - siyosiy qaramlikdan holi bolgan, oz huquqlaridan foydalanishga qobil bolgan shaxs;
-turli tuman manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish zaruriyati asosida shakllanadigan jamoat tashkilotlari va harakatlar;
-nodavlat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va institutlar (xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik va hokazo);
-davlatdan mustaqil bolgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);
-jamoat birlashmalari va tashkilotlari;
-saylovchilar uyushmalari, turli klublar va togaraklar;
-munitsipal, yani ozini ozi boshqarish organlari;
-talim va tarbiyaning nodavlatsohasi;
-nodavlat ommaviy axborot vositalari;
-siyosiy partiyalar, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari atrofidagi davlat bilan fuqarolik jamiyatini (boglovchi bogin» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari;
-tadbirkorlar, fermerlar tashkilotlari, kasaba, istemolchilar uyushmalari, ilmiy va madaniy tashkilotlar, sport jamiyatlari va boshqalar.
-oila;
-diniy tashkilotlar va boshq.
Sotsial struktura ichidagi fuqarolik jamiyatining asosi - davlat va siyosiy tashkilotlarning barqarorligiga zaruriyat sezadigan orta sirnf hisoblanadi. «Orta sinf»ning vakillari yuqori darajada sotsial va iqtisodiy mustaqillikka ega boladi.Aristoteldan boshlab Russo va Gegelgacha bolgan barcha mutafakkirlar xususiy mulkni mustaqil fuqarolar yaratishdagi ornini etirof etgan.
SHuningdek, qator tadqiqotchilar fuqarolik jamiyatini rivojlanishiniquyidagi isbot talab qilmaydigan jihatlarini ajratib korsatdi:
-fuqarolik jamiyati davlatgacha yoki davlatdan tashqarida mavjud bolmaydi;
-ayni davlat, qaysiki fuqarolik jamiyati uning chegarasi ichida mavjud boladigan davlat fuqarolarning farovonligi va ularning alohida maqsadlariga (agar bu maqsadlar qonunga xilof bolmasa) mansub jihatlarni himoya qiladi;
-fuqarolik jamiyati davlatdan fuqarolarning hayotini, sogligini, xavfsizligini va boshqa ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishni talab qilishga haqlidir;
-bir tomondan moddiy mol-kolchilikda yashayotgan, ikkinchi tomondan muhtojlikda turmush kechirayotgan ortasidagi ziddiyatlarni yumshatuvchi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish majburiyati davlat zimmasiga klanadi;
-davlat ozining tashqi siyosati va mudofaa qudrati bilan fuqarolik jamiyatini yashashini taminlaydi. Hozirgi davrda jamiyatshunos olimlar tomonidan fuqarolik jamiyatini strukturalashning uchta asosiy yondashuvini ilgari surdi: institutsional, tizimli va sektorli. Ularni ichida institutsional yondashuv kengroq tarqaldi. Bu yondashuv asosi sifatida tarixiy rivojlanish jarayonidaodamlarning sotsial xatti-harakatlari va sotsial aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadi zaruriyati sifatida paydo bolgan ijtimoiy hayot birligi (uyushmasi) sifatida shakllangan «sotsial institut» tushunchasi qabul qilingan. Bu tavsifga tayangan holda, institut sifatida ham bir butun holdagi fuqarolik jamiyatini, ham uni tarkibiy qismlarini alohida-alohida tarzda korib chiqish mumkin. Bunda fuqarolik jamiyati bozor munosabatlari asoslari, demokratik davlat, asosan - davlatdan mustaqil ravishda yashash (avvalambor, moliyaviy) manbalari mavjud bolgan sotsial sinflar va qatlamlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlarning yaxlit tizimi sifatida namoyon boladi. Bu fuqarolik institutlarbir butun jamiyatga mansub bolgan, uning biron-bir qismi yoki tizim ostiga taalluqli bolmagan, balki uning rivojlanishining muayyan bosqichida turishi bilan ifodalanadigan institutlardir.
Institutsional yondashuvning muhim tomoni shundaki, u fuqarolik jamiyatining u yoki bu manfaatlarni amalga oshirayotgan alohida olingan omillarini ajratish va tavsiflash imkonini beradi.
SHuningdek,fuqarolik jamiyatini strukturalashning tizimli yondashuvi ham ozining qator afzalliklariga egadir. SHuning uchun ham turli jamiyatga doir adabiyotlarda kopincha «struktura» tushunchasi «tizim» sinonimii sifatida ishlatiladi. Bu kabi nuqtai nazardan kelib chiqilsa, har bir mamlakatdagi fuqarolik jamiyati quyidagi tizimiy belgilarga ega boladi: u biron-bir sotsiallik turiga mansub (keng manoda) bolib, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga bolinish, muayyan darajadagi suverenlik, ierarxiyalik, barqarorlik, rivojlanib va ozgarib borish, ochiqlik, turli moslashuvlar, organik birlik (yaxlitlik) vadifferensyalashish kabi sifatlarga ega boladi.
Fuqarolik jamiyati oz ichiga qator ostki tizimlarni oladi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va manaviy. Bu ostki tizimlarning funksiyalaridan kelib chiqib ularning har biri doirasida alohida-alohida ravishda shakllanadigan fuqarolik jamiyatining uyushmalarini strukturalash mumkin.
SHuningdek, fuqarolik jamiyati strukturasini uch sektorlik nazariya asosida ham korib chiqish mumkin. Uning muhim jihati - bu fuqarolik jamiyatini gorizontal tekislikda (uch sektorga bolingan holda), shu bilan birga, uni vertikal, yani ijtimoiy tizimdagi holatini yaxlit tarzda tahlil qilish mumkinligidadir. Gorizontal bolish deganda faoliyatlari ustuvorligidan kelib chiqib jamiyatni uchta teng huquqli sektorlarga bolish tushuniladi. Dastlabki ikki sektor davlat va siyosiy institutlar va ishbilarmon xususiy tashkilotlar va korxonalar. Hozirgi davrda uchinchi - foyda olishni kozlamaydigan sektor ham paydo boldi. Bu sektor aholining oz oldiga shaxsiy daromad olishni qoymaydigan guruhlari va tashkilotlarini oz ichiga oladi. Uchinchi sektorga oila bilan hukumat va foyda keltiruvchi biznes vakillaridan iborat sektor ortasida rivojlangan faollashuv sektori sifatida qaraladi. Bu qarashlarga muvofiq vertikal ravishda bolinishda uchta daraja -faoliyatga oid bolgan fuqarolik faolligi (xususan, fuqarolik jamiyati) vanofuqaroviy hamjamiyat (jinoiylikka taalluqli bolgan) darajalari mavjudligini ifodalaydi.
Faoliyatga oid daraja oz ichiga siyosiy institut sifatida davlat, iqtisodiy va biznes-strukturalar, foyda olishni kozlamaydigan tashkilotlar doirasida amalga oshadigan barcha yuridik jihatdan rasmiylashgan aloqalar va munosabatlarni oladi. Nofuqarolik jamiyati - bu barcha uchta sektordagi norasmiy (yashirin) va jinoiy faoliyatga moyil guruhlardir. Bu darajalar orasiga jamiyat faoliyati sohasining orta holati sifatida, bir tomondan, huquqiy maydon doirasida, ikkinchi tomondan, davlat tomonidan muvofiqlashtirilmaydigan fuqarolik jamiyati j oylashadi.
Albatta, fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalarini organishda uchchala yondashuvning har biriga ehtiyoj seziladi. Fuqarolik jamiyatida ishtirok etayotgan har qanday omil institutlashadi, ozining ustuvor maqsadlariga bogliq holda sektorlarga bolinadi, oziga xos muayyan muhitda faoliyat yuritadi. Ularning hammasini bir doiraga jamlanishi ostki tizimlarga bolinadigan fuqarolik jamiyatini tashkil etadi.
Aksariyat jamiyatshunos olimlarning fikricha, fuqarolik jamiyatining strukturalari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-sotsiallik (sotsial manfaatlar va intilishlarni artikulyasiya qilish, odamlar va buyumlar o‘rtasidagi emas, balki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va aloqalar;
Sektor
Daraja
|
I sektor
|
II sektor
|
Ш sektor
|
Faoliyatga oid
|
Davlat
|
Iqtisodiyot, xususiy biznes
|
NNTlar
faoliyati
|
Fuqarolik
jamiyati
|
Siyosiy
uyushmalar
(partiyalar,
harakatlar)
|
Iqtisodiy uyushmalar (kasaba uyushmalari, biznes-uyushmalar)
|
Uchinchi sektor uyushmalari
(NNT)
|
Nofuqarolik
jamiyati
|
YAshirin
guruhlar
|
Uyushgan
jinoyatchilik
|
Tajovuzkor
sektlar
|
Fuqarolik jamiyati strukturasini uch sektorlik tizimi
-davlatdan ayro bolgan ozini ozi boshqarish (avtonomlik);
-fuqaroviylik (sivilizatsiyaga erishganlik, yani butun bir jamiyat va boshqalarning manfaatlarini etiborga olish qobiliyatiga ega bolish,, huquqiy doira ichida xatti-harakat qilish);
-ishtirok va aloqalarning ixtiyoriyligi (vertikal aloqalar ustidan gorizontal alqalarning ustunligi).
Agar mazkur yondashuvga asoslanilsa, unda fuqarolik jamiyatining strukturalariga ixtiyoriy notijorat tashkilotlar (xayriya, huquqni himoya qilish, volontyor va boshq.), ijtimoiy qatlamlar manfaatlariga doir guruhlar (kasaba uyushmalari, tadbirkorlik, fermerlar, ayollar, yoshlar nodavlat tashkilotlari) yoki biror maqsadga qaratilgan (madaniy, sport) tashkilotlar, shuningdek sotsial harakatlar (ekologik, urushga qarshi va boshq.) tegishli ekanligi kozga yaqqol tashlanadi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlanish tajribasi shuni korsatdiki, yuqoridagi berilgan tavsiflarga muvofiq va mos keladigan bazi nodavlat tashkilotlar bilan fuqarolik jamiyati ortasidagi chegara, demak ular doirasida harakat qilayotgan tashkilotlar ortasidagi oxshashlik yoqolib ketdi.
SHundan kelib chiqib, faoliyatlari fuqarolik jamiyati uchun goyatda muhim bolgan siyosiy partiyalar, biznes-hamjamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, mahalliy ozini ozi boshqarish kabilarni jamiyatdagi ornini tavsiflash maqsadida chegaraviy, yoki gibrid shaklidagi tushunchalar taklif qilindi. Ana shunday chegaraviy sohaga «quyidagi» manfaatlarni ifodalovchi, fuqarolik jamiyati tizimida oraliq joyni egallovchi mahalliy ozini ozi boshqarish organlari tegishlidir.
Fuqarolik jamiyatini siyosatdanbutunlay yiroq turadigan munosabatlar va institutlar tizimi sifatida tavsiflamaslik lozim. Bu jamiyatning genezisi va tabiati turli tuman manfaatlarni davlat siyosatini belgilash jarayonida jamiyatdagi fuqarolar irodasi sifatida ifodalashi uchun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, manaviy-axloqiy, oilaviy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni etarli darajada tizimning tarkibiy qismlariga aylantira oladi. Bu tizim doirasida turlicha jamoat tashkilotlari, harakatlar, siyosiy partiyalar (idora etuvchi partiyadan tashqarilari), diniy tashkilotlar, iqtisodiy uyushma va birlashmalar, va nihoyat, insonning ozi shaxs sifatida ozining oilaviy, kasbiy, xizmat korsatishga oid va boshqa turli tuman manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi.
YAngi ijtimoiy individlar - teng fuqarolik huquqlariga va ozlariga xos fuqarolik sifatlariga ega bolgan fuqarolar paydo bolmasdan turib fuqarolik jamiyatining yashashi, uning shakllanishiga erishib bolmaydi. Inson qachonki yuksak axloqiy fazilatlar, demokratik qadriyatlar bilan uygunlashtirishga asoslangan ilgor dunyoqarash, shaxsiy qadr-qimmati, mustaqilligi va individualligini boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan muvozanatda qadrlash, qonunlar va umuminsoniy jamiyat hayoti qoidalariga amal qilish kabilarni oz hayot tarziga aylantirganidagina fuqarolik darajasiga erishadi. Fuqarolik jamiyatiga xos bolgan yangi avlodga mansub bolgan shaxs jamoat tashkilotlari va ijtimoiy institutlar bilan bolakcha ozaro munosabatlarda boladi. Etarli darajada rivojlangan fuqarolik jamiyati yangi individlar nafaqat jamoaga qorishib va birikib ketadi, balki ozining shaxsiy individualligini namoyon qila oladi, yuksak manaviy qarashlarga ega boladi. Bunday holatga erishish faqat odamlarning ruhiyati va dunyoqarashini tubdan ozgartirganida, ularning iqtisodiy va sotsial maqomini yangi jamiyatga xos tarzda ozgarganidagina roy beradi.
Fuqarolik jamiyati tarixiy rivojlanishning tadrijiy yoli hosilasi sifatida asta-sekiinlik bilan rivojlanadi. Bu kabi jamiyatning shakllanishi uchun muayyan shart-sharoitlar bolishiga zaruriyat tugiladi:
-fuqarolik jamiyati ikki xil yol bilan - davlat yordamida (vositasida) yoki mustaqil ravishda shakllanishi mumkin. Mazkur jamiyatning davlat yordamida shakllanishi - bu jamiyatni shakllantirishga doir muayyan qonunlarni ishlab chiqilishi, demokratik strukturalarni rivojlantirish, davlat tomonidan umum qabul qilingan meyorlarga qatiy amal qilish. Mustaqil ravishda shakllanish- bu orta mulkdorlar qatlamining jamiyatdagi hissasi ustuvor ahamiyat kasb eta boshlaganida, fuqarolar huquqiy madaniyati demokratik prinsiplar talablari darajasiga kotarilganida, erkin fikrlaylaydigan fuqarolarning jamiyatga tasiri sezilarli darajaga kotarilganida fuqarolik jamiyati tadrijiy yol bilan shakllanishi mumkin;
-fuqarolarning kopchilik qismini oz shaxsiy mulkiga ega bolishi, uni turli shakllar va huquqlar doirasida mustaqil ravishda tasarruf etish huquqiga ega bolishi, shuningdek mulkdorlar qatlamini mustaqil iijtimoiy birlik sifatida rivojlanishi natijasida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun iqtisodiy shart-sharoilar tugilishi mumkin. Garb tadqiqotchilarining fikricha, xususiy mulkning mavjudligi fuqarolik jamiyati sharoitida shaxsning erkinligini tayanch (bazaviy) sharti hisoblanadi;
-fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun jamiyatda rivojlangan va turli tuman sotsial strukturalar etilgan bolishi lozim. Bu strukturalar jamiyatdagi barcha fuqarolar ijtimoiy qatlamlari, guruhlari vakillarining turlicha manfaatlarini ozida ifodalaydi;
-shaxsning sotsial, intellektual, psixologik jihatlardan rivojlanganligi, uning mustaqil faoliyat yuritish uchun ichki erkinligi va qobiliyatini shakllanganligi.
Hozirgi davrdagi gumanitar-ijtimoiy fanlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida fuqarolik jamiyati murakkab, kop darajali aloqalar va strukturalar tizimi sifatida talqin etilmoqda. U oz ichiga barcha davlat faoliyati doirasidan tashqarida rivojlanadigan shaxslararo munosabatlarnioladi.
Birinchi daraja. Fuqarolik jamiyatidagi shaxslararo munosabatlarning mazkur darajasi - bu individlarning turmush kechirishni taminlovchi tayanch (birlamchi), yani oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy kabilarga nisbatan paydo boladigan ehtiyojlardir.Bu ehtiyojlar kasbiy, istemolchilar va boshqa uyushmalar (masalan, xususiy korxonalar, aksionerlik jamiyatlari, vrachlar, quruvchilar, hunarmandlar birlashmalari va boshq.) kabi ijtimoiy institutlar vositasida amalga oshiriladi;
Ikkinchi daraja. Bunda umrni uzaytirish bilan bogliq bolgan, sihat-salomatlik, bolalar tarbiyasi, manaviy-madaniy yuksalish, axborot, muloqotlar kabilarga doir ehtiyojlardan kelib chiqadigan shaxslararo munosabatlar. Bu munosabatlar manaviy, etnik, diniy, oila-nikoh va boshqa shakllardagi ozaro aloqlarni oz ichiga olgan sotsiomadaniy majmuani tashkil etadi. Bu darajadagi ehtiyojlar oila, talim, ilmiy, ijodiy, sport uyushmalari, diniy maskanlar, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari kabi institutlar vositasida qondiriladi.
Uchinchi daraja. Bunda ijtimoiy-siyosiy ishtirok ehtiyojlari nazarla tutiladi. Mazkur darajada shaxslararo munosabatlar ozi afzal deb bilgan siyosiy qarash va qadriyatlarga ega bolish asosidagi individual tanlov bilan bogliqdir. Mazkur daraja individa aniq siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazarlar shakllanishini talab etadi. Bu darajadagi ehtiyojlar siyosiy partiyalar, harakatlar va boshqa uyushmalar vositasida qondiriladi.
SHuningdek, jamiyatshunos olimlar fuqarolik jamiyatining uchta asosiy sohalardagi strukturalarini bir-biridan ajratib, ularni quyidgaicha ifodalaydi: iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy.
Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyatining struktusi quyidagilardir: iqtisodiy faollikning individual shakllari; jamoaviy xojaliklar, kooperativlar, xususiy korxonalar va aksionerlik jamiyatlari (sanoat, savdo, moliyaviy sohalarda); tarmoqlar boyicha birlashmalar va uyushmalar (tadbirkorlar, fermerlar, sanoatchilar, banklar, neftchilar kabilar birlashmalari). Bu korxona va tashkilotlar fuqarolarning oz tashabbuslari bilan tuziladi. Ular bilan bir qatorda davlatning unitar korxonalari ham faoliyat yuritishi mumkin. Raqobatchilik aloqalari va manfaatlarni intergatsiya qilish masalalari erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan hal etiladi.
Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi oz ichiga quyidagilarni oladi: fuqarolar ijtimoiy- siyosiy faolligining turli shakllari (majlislar, namoyishlar va boshq.); ijtimoiy, siyosiy tashkilotlar va harakatlar (kasaba uyushmalari, kam taminlangan qatlamlarlarga yordam uyushtirish jamiyati, nogironlar jamiyati, partiyalar va boshq.); ozini ozi boshqarish organlari va nodavlat ommaviy axborot vositalari. Ularning ananaviy strukturaviy unsurlari: oila, sotsial guruhlar va birliklar. Bu mohada ijtimoiy fikrni shakllantirish va ifodalash, umum qabul qilingan meyorlar va qadriyatlarni joriy etish, sotsial ixtiloflarni kelishtirish, sotsial birliklarni ozini ozi tashkillashtirishni ragbatlantirish, fuqarolar hamkorligi asosida ozaro yordamlar uyushtirish.
Fuqarolik jamiyatining manaviy sohasi bevosita odamlarning manaviy-axloqiy jihatlardan rivojlanishi, ularning ilmiy va badiiy ijodiyoti, madaniy rivojlanishi bilan bogliqdir. Bu sohadagi fuqarolik jamiyatining unsuri - bu soz va vijdon erkinligidir. Ularni amalga oshirish alohida olingan shaxslarning oz etiqodlarini himoya qilish, oz fikrini oshkora ayta olish, oz shaxsiy goya va konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bolish, ijodiy tashabbuskorlik vaozini ozi rivojlantirish uchun shart-shapoitlar yaratishni ifodalaydi. Bu soha oz ichiga mustaqil faoliyat yuritadigan ijodiy, ilmiy, madaniy, manaviy, marifiy va boshqa uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarni oladi (masalan, yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, uyushmalari, ilmiy hamjamiyatlar, madaniy va marifiy tashkilotlar, diniy maskanlar va boshq. (3.3.-rasm).
Fuqarolik jamiyati strukturasi ozida jamiyatni sotsial-tabaqaviy jihatdan bolishni aks ettirsa ham u aslida jamiyat (suveren va mustaqil) subektlarining erkin ozaro tasiri hamda boglanishlari natijasi olaroq shakllanadi. Fuqarolik jamiyati manfaatlar muvozanatiga asoslanganligini uchun ham uni strukturalarini tavsiflashda asosiy ahamiyat kishilarni turli birliklarga birlashtirish va ularning azolik tabiatini ochib beradigan uyushfunksionaltahlilga qaratiladi. Bu xulosalardan yana bir muhim holat kelib chiqadi. Fuqarolik jamiyatining strukturasi ozida gorizontallik tabiatinikasb etadi. Unda davlatdan farq qilib, vertikal aloqalar (boysunish) emas, balki gorizontal munosabatlar ustunlik qiladi. Fuqarolik jamiyatida erkin va yuridik jihatdanteng huquqli hamkorlarning ozaro munosabatlari (raqobat, qarama-qarshilik, hamkorlik, birdamlik) shakllanadi. Fuqarolik jamiyatining strukturalari ozini ozi tashkil etuvchi, ozini ozi boshqaruvchi sifatidadagi teng huquqli subektlar (hamkorlar, ozaro nartnoma tuzuvchilar) va ixtiyoriy hamda erkin istak bildirishlar natijasida paydo boladi.
SHu tariqa, fuqarolik jamiyati faqat tizimli sifat kasb etganidagina ozining sotsial harakatchanligiga va etukligiga erishadi, deb xulosa qilish mumkin. Bu tizimlilik ierarxik emas, balki muvofiqlashtirish tarzini kasb etadi.Bunda barcha sotsial birliklar (manfaatlarni ifodalash asosida tashkil topgan guruhlar) bir- birlariga boysunmaydi, balki ozaro aloqalar asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolik jamiyatining boshlangich mezonlari - bu manfaatlar, huquq va shaxs erkinligidir. Erkinlik va adolat fuqarolik jamiyati sharoitida odamlar faoliyatini yolga qoygan holdasotsial omillik kasb etadi.
Fuqarolik jamiyati davlat tomonidan himoya qilinadigan barqaror huquqiy meyorlarsiz yashay olmaydi. Fuqarolarning asosiy shaxsiy huquq va erkinliklariga quyidagilar kiradi: oz shani va qadr- qimmatini himoya qilish; ozining qaysi millatga mansubligini ozi aniqlash huquqi; shaxsiy va oilaviy sirlarni saqlash huquqi; hayot kechirish huquqi; vijdon erkinligi huquqi; fuqarolarning uy-joyi va shaxsiy hayoti,daxlsizligi, yozishmalarnini sir saqlanishi; suda himoyalanish huquqi, davlat organlari va mansabdor shaxslar xatti-harakati ustidan shikoyat qilish huquqi; qaerda bolish va yashashni tanlash, erkin ravishda bir joydan ikkinchi joyga kochish huquqi; qaysi tilda sozlashishni erkin ravishda tanlash huquqi; axborot olish huquqi va boshq.
Fuqarolik jamiyati va uning strukturalari tavsifining yana biri - ularning funksionallik tabiatini kasb etishidir. Bu fuqarolik jamiyatining amal qilishi nafaqat xususiy manfaatlarni amalga oshirish uchun muayyan kengliklarni tashkil etish, balki jamiyatni ozini ozi tashkillashtirishi va ozini ozi muvofiqlashtirishining yuqori darajasiga erishishdir. Va nihoyat,zamonaviy fuqarolik jamiyati qadriyatlariga ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarni ozaro uygunlikda biriktira olish ham taalluqlidir. Agar bu kabi uygun birikuvga erishilmasa, u holda davlat va fuqarolik jamiyati ortasida uzilishlar sodir bolishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi tamoyillar.
arafasiga kelib rivojlangan mamlakatlar jamiyatining sotsial strukturasi sifatida sotsioiqtisodiy, siyosiy, xulqiy va boshqa belgilari bilan ozaro farqlanadigan guruhlar va qatlamlar yanada kopaydi.Bu davrga kelib sinflar, stratalar, sotsial qatlamlar strukturasi va ozaro aloqalari xususiyatlarida jiddiy ozgarishlar roy berdi: ichki sinfiy farqlanish jarayonlari faollashdi, sotsial birliklarning harakatchanligi (mobilligi) kuchaydi, yangi qatlamlararo guruhlar shakllandi.
SHuningdek, garbiy mamlakatlarda bozor munosabatlarini sotsial birliklar determinanti sifatida talqin etadigan konsepsiyalar keng tarqaldi. Ayniqsa, ingliz jamiyatshunos olimi A.Giddens ilgari surgan konsepsiyada bu kabi nazariy jihatlar keng yoyildi. Bu konsepsiyaga binoan, sinflar moddiy resurslarga egalik qilish va ularni nazorat etishdagi tengsizliklar sababli paydo boladi, sinfiy mansublikning asosiy korsatkichi individ va guruhlarning imkoniyatlarini aniqlash ularning egallagan mulki, kasbiy salohiyati, bilimi va texnikaviy saviyasi, shuningdek jismoniy ishchi kuchi kabi korsatkichlar asosida ifodalandi. Unga muvofiq tarzda garb jamiyatlari uchta sinfga bolish rusumga kirdi: yuqori, orta, pastki.
Rasm 3.4. Industrial jamiyatning sotsial strukturasi
Ana shu tasniflash asosida oliy sinfnitahlil etishga misol tariqasida AQSH jamiyatini keltirish mumkin: otgan on yillikllardayuqori qatlamning tezlik bilan boyib borganligi kuzatildi. 200 mingdan 400 mingacha odamni tashkil etgan (AQSH aholisining 0,1-0,2 %) 10 mln. dollardan kam bolmagan mulkka ega bolib, yiliga bir necha mln. dollar daromad oladi. Taxminan 200 mingta yuqori sinf vakillari 5 dan 10 mln. dollargacha, yana 300 mingtasi esa 2 mln.dan 5 mln. dollargacha yillik daromadga ega boladi.
AQSHda taxminan 1,5 mln.ga yaqin NNT faoliyat yuritadi. NNT jamiyatning hamma sohalarini oziga qamrab olgan bolib, ular tashqi siyosat, saylovlar, atrof-muhitni himoya qilish, sogliqni saqlash, ayollar huquqi, iqtisodiy rivojlanish, yoshlar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish kabi yonalishlarda aholining manfaatlari va ehtiyojlarini ifoda etadi va himoya qiladi. SHuningdek, NNT siyosat bilan bogliq bolmagan, masalan, diniy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan aholi qatlamlari - qashshoqlar, ruhiy kasallar, yoshlar kabilarga yordam berish faoliyati bilan shugullanadi. AQSHdagi NNT faoliyati xususiy shaxslar, xususiy sektordagi tijorat kompaniyalari, xayriya jamgarmalari, azolik badallari yoki federal va mahalliy hokimiyat organlari (grantlar) kabilar tomonidan moliyalashtiriladi.
Fuqarolik jamiyatiga nisbatan amerikancha yondashuv bu sohadagi eng mashhur va keng tanilgan - Merilend shtatidagi Baltimor shahriga joylashgan Jon Xopkins universitetining «The Comparative Nonprofit Sector Project» loyihasida yaqqol koga tashlanadi. Bu loyihadan kelib chiqib NNTning faoliyat turlari 12 ta yonalish boyicha belgilandi: 1) madaniyat va dam olish;
talim va tadqiqot; 3)sogliqni saqlash; 4)sotsial xizmatlar; 5) atrof-muhitni himoya qilish; 6) lokal hamjamiyatlarni rivojlantirish; 7) inson huquqlarini himoya qilish; 8) filantroplar 7 uchun vositachilik qilish; 9) xalqaro; 10) diniy; 11) kasbiy, uyushmalar biznes iva kasaba uyushmalari; 12) boshqa yonalishlar.
Mazkur loyiha mezonlari doirasida 35 ta mamlakatda (16 ta rivojlangan, 14 ta rivojlanayotgan, 5 otish davri iqtisodiyotini oz boshidan kechirayotgan) NNTning strukturasi, hajmi, ular faoliyatidagi muammolar va natijalarga doir tadqiqotlar olib borilib, ularning yakunlari natijasi olaroq quyidagilar aniqlandi: Bu mamlakatlarda YAIMdagi uchinchi sektor hissasi 1,3 trl. yoki YAIMlar yigindisini 5,5 % ini tashkil etgan. NNTda deyarli 40 mln. odam (shundan 20 mln. kishi ish haqi olib ishlagan) faoliyat yuritib, bu korsatkich 35 ta mamlakatdagi iqtisodiy faol aholining 4,5 foizini tashkil etgan.
Hozirgi davrga kelib yuqori sinf murakkab ichki strukturaga egaligi bilan tavsiflanadi: u mulk tashkiliy shakllariga bogliq holda toifalashgan guruhlardan iborat ekanligi; qoshimcha kapital olchami va sohasi; kasbiy faoliyatining (oliy darajali menejerlar, siyosatchilar, boshqaruvchilar) turi; turmush tarzining xususiyatlari; siyosiy maqsadi va yonalishi; etnik, hududiy, demgrafik va boshqa belgilari.
Postindustrial mamlakatlar yuqori sinfi sotsial tarkibidagi ozgarishlar quyidagilar bilan birga sodir bolmoqda:
-yirik mulkdorlarning jamiyatda tutgan orni yanada mustahkamlashmoqla;
-bir tomondan, yollanma xodim, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida faoliyat yuritayotgan oliy darajali xodimlar va menejerlar roliningjiddiy ravishda osib borishi;
-yuqori sinf vakillarining katta siyosatda faolligini osib borayotganligi, ularning siyosiy maqsadlar uchun moliyaviy xarajatlarini oshib borishi.
Bu sinfning miqdorini faqat taxminan chamalab aytish mumkin: bu korsatkich iqtisodiy faol aholining taxminan 3-4 foizini tashkil etadi.
Mashhur tarixchi Arnold Toyinbining fikricha, zamonaviy sivilizatsiya - bu orta sinf sivilizatsiyasi. Rivojlangan mamlakatlar jamiyati strukturasida orta sinfning hissasi 60-70 foizni tashkil etadi. Turli ilmiy maktablar orta sinfni sotsial birlik sifatida ajratib korsatish uchun turli mezonlardan foydalanadi. Kopincha maqomning ozini ozi baholashi va daromad mezon sifatida qollaniladi. Garb jamiyatlarining uchdan ikki qismi orta sinfga yaqin daromad oladi, kambagallar va boylar unchalik kop emas, deb hisoblashlar keng tarqaldi. YAna aksariyat tahlilchilar hozirgi orta sinf ishlab chiqarish vositalariga mayda mulkiy egalik qiluvchilardan iborat degan fikrni bildiradi.Bu kabi mayda ishbilarmonlar - eski orta sinf deb ataluvchi AQSH fermerlari va Buyuk Britaniya savdo-sotiq korchalonlari 10-15 foizni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlardagi yangi orta sinf yoki menejerlar va mutaxassislar sinfi deb ataluvchi sotsial birlik 20-25 foizni tashkil etib, ularning aksariyat qismi oliy malumotli mutaxassislar, aqliy mehnat xodimlari, erkin kasblar vakillaridan iboratdir. Agar asosiy mezon mehnatning turi sifatida qollanilsa, u holda orta sinfga oq yoqaliklar, yani oliy malumotga ega bolmagan (pastki orta sinf) xodimlar ham mansub boladi. SHuningdek, orta qatlamlarni bozor munosabatlari va mehnat turidan kelib chiqib aniqlashdan tashqari madaniy va qadriyatli yonalganligi asosida aniqlash usuli ham keng qollaniladi (3.4.-rasm garbiy Evropadagi umumiy holatni ifrdalaydi).
Orta qatlamlar jamiyatning farovon yashashi uchun zarur bolgan barcha ehtiyojlarni qondiradi: ishchi orinlari, istemol mollari, tibiiy yordam, ilmiy kashfiyotlar va boshq. Jamiyatshunos olimlarning fikricha, orta qatlamlar - sinflar-muholiflar ozaro ixtiloflarini yumshatuvchi omil sifatida ham namoyon boladi. Sotsial-iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, orta sinfga turli kasblar mehnati ichidagi, shahar bilan qishloq turmush tarlaridagi ozaro ziddiyatlarni kamaytirish tamoyili xosdir. Oila munosabatlarida orta sinf jamiyatning ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishida, ananaviy oilalar qadriyatlarini yoyuvchi omil sfatida namoyon boladi. Siyosiy jihatdan orta qatlamlar ananalar, meyorlar, bilimlarni tashuvchi, yuksak fuqarolik va mustaqil shaxslikni namoyish qiluvchi markazga oid (sentrik) harakatlarning ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.49
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasida orta qatlamning asosiy orinni egallashi, pastki qatlamlar ortasida onda-sonda ijtimoiy-siyosiy tanglikning osishiga qaramasdan, jamiyatni barqaror ravishda yashashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu kabi tangliklar kopchilikning (orta sinfning) betaraf vaziyatda turishi natijasi olaroq yumshatiladi. Eng muhimi - bu orta sinfning fuqarolik jamiyatining tayanchi, demokratiya va ozgarishlarning siyosiy asosi sifatida namoyon bolishidir. SHu bilan birga, orta sinf yuqorining tasiri va pastdan boladigan bosim ostida - ikki qavatli parda ortasidagi ziddiyatli vaziyatda turgani uchun ham turli ziddiyatli ijtimoiy keskinlar yumshatiladi.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturalaridagi sezilarli ozgarishlardan biri
bu mehnat qilayotgan aholining real daromadlarini osib borishi hisoblanadi. SHu bilan birga, daromadlarning taqsimlanishi tengsizlik asosida roy beradi. Eng oy 20 foiz va eng kambagal qatlamlari daromadlarining ozaro nisbati AQSHda 12:1, Fransiyada 9:1, Buyuk Britaniyada 8:1, GFR, SHvetsiya, Niderlandiya Qirolligida 5:1, YAponiyada 4:1kabi tengsizliklarni ifodalaydi.
Industrial rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasini tahlili shuni korsatadiki, bu struktura tarkibiga turli tuman guruhlar va qatlamlar kirib, ular qator korsatkichlar boyicha bir-birlaridan farqlanadi. Hozirgi davrdagi bu korsatkichlarni va sinflarning ozaro chegaralarini aniqlash uchun sotsial stratifikatsiyaning har xil mezonlaridan foydalanishga togri keladi. Ular quyidagilardir: mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimidagi ahvoli, oladigan daromadining hajmi va yollari, kasbiy funksiyasining xususiyatlari, hayot kechirish uslubining xususiyatlari, malumotlilik darajasi va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarining sotsial toifalashuvi quyidagilar bilan tavsiflanadi: bir necha sinflarni belgilarini ozida ifodalaydigan kop sonli guruhlarni paydo bolishi;ichki sinfiy tabaqalanishlarni faollashuvi; struktura unsurlari harakatchanligini osishi; moddiy hayot darajasining oshib borishi. Bu jaranlar kop jihatlardan rivojlangan mamlakatlarni barqaror rivojlanishi va fuqarolik jamiyati goyalarini yanada chuqurlashuvi uchun imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi davrdagi rivojlangan mamlakatlarning asosiy strategik vazifasi - turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olish va muvofiqlashtirish yoli bilan umum fuqaroviy konsensusga erishish, jamiyatni integratsiyalashga qaratilgan fuqarolik birdamligini taminlashdan iboratdir.50
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyati ananaviy jamiyatlarning bir necha ming yillab rivojlanib va takomillashib borishining mantiqiy natijasi va hosilasi olaroq shakllandi. Bu jamiyatning paydo bolishi va rivojlanishida garbiy Evropada inson huquqlari va erkinliklarining nazariy qarashlardan amaliy hayotga aylanishi, shakllangan huquqiy davlatlarning yanada rivojlanishi fuqarolik jamiyatini shakllanishini zarurat qilib qoyganligi muhim ahmiyat kasb etdi.
asr boshlariga kelib fuqarolik jamiyati goyalari va bu kabi jamiyat qurish tajribasi Osiyo va Lotin Amerikasi mintaqasidagi mamlakatlar uchun ham yangilik bolmay qoldi. Fuqarolik jamiyati har bir mamlakatning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit, manaviy ijtimoiy resurs sifatida ozini namoyon qila boshladi. SHuning uchun ham Ozbekiston mamlakatida ham 1995 yilda fuqarolik jamiyati qurish asosiy strategik pirovard maqsad sifatida elon qilindi.Mustaqillikning otgan 24 yili ichida mamlakatda fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, sotsial strukturalari, institutlari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy ananalar asosida qaror topa boshladi. Hozirgi davrga kelib mamlakat fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish pallasiga kirdi. Fuqarolik jamiyati qurish sari intilish davom etmoqda.
Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bolgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda otish davrida yaqqol namoyon boladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy ozgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrogi fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.
Manbalarda qayd etilishicha oz vatani taraqqiyoti uchun har qanday yol bilan, jismoniy yoki manaviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yolidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, manaviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni taminlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir.
Korinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bogliq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yolida amalga oshiriladigan birdamlik, ozaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan manaviyatning ustuvorligi namoyon bolmoqda. Aslida kopgina ananaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki koproq manaviy axloqiy korinishda namoyon boladi.
SHoro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa- da, koproq mafkuralashgan korinishda namoyon bolgan. Kopgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir korinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yigindisi bolmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bolgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning oz vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga boysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bolgan masalalarda faollikni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha tariflash mumkin:
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon boladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi.
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:
fuqaroning oz haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qollash konikmasi;
boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
fuqaroning oz xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
davlat va jamiyat oldida ozining huquqiy va axloqiy masuliyatini anglash;
fuqarolarning tengligi;
yuksak manaviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan obektiv va tanqidiy yondashuv;
hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati;
bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy ozlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin:
fuqaro masuliyatli, ongli va vijdonli bolsa u dastlabki pogonada, yani fuqaroviy xususiyatlarga ega bolgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;
agar fuqaroda atrofda bolayotgan voqea-hodisalarga nisbatan malum bir munosabati shakllangan bolsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bolgan shaxs sifatida etirof etish mumkin;
agar fuqaroda oz haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish konikmasi mavjud bolsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki tokis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish mumkin:
Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, oz haq-huquqlari uchunkurashish istagi toliq namoyon bolmasa luqaroviylikrirg eng quyi darajasi namoyon boladi.
Fuqaro oz haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bolsa, u haqda oz bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bolsa, bunda fuqaroviylikning orta darajasi namoyon boladi.
Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi toliq shakllangan, oz haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon boladigan bolsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik jamiyat azolarini safarbar etish va yonaltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik
tevarak atrofda bolayotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida malum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bogliq bolib, bunday darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, roy berayotgan voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega boladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bolgan fuqaro kezi kelganda oz vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur bolgan qarorga kelish qobiliyatiga ega boladi. Vatanparvarlik ruhiga, masuliyat, siyosiy madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bolgan jamiyat azosini fuqaroviylikka ega bolgan shaxs sifatida etirof etish mumkin.
Fuqaroviy ong va uning namoyon bolish omillari
Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga etibor qaratish orinlidir. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat ortasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar oziga xos tamoyillir va meyorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik meyorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, manaviy sohalarda meyoriy, shakllantiruvchi, yonaltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar tasirlashgan holda ozaro kesishadilar va bir-birini toldiradi. Ularning kopchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, meyoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong meyorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bolmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bogliq.
Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon boladi. Kishilar shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida oz qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, meyorlarini turli korinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari namoyon boladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi. Aynan tizim holida bolganligi tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir shaxsning qadriyatlarini hayotga tatbiq etadi, uning jamiyatga, davlatga, boshqa fuqarolarga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Fuqaroning masuliyati, maqsadlari, vazifalarini belgilashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan xususiyatlarini shakllantirishga komaklashadi. Aynan ana shu tarzda shakllangan fuqaroviy ong fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiluvchi qadriyatlar, meyorlar, goya hamda tasavvurlarni shakllantirish, jamiyatni komillik va erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan jarayon bolgani singari fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanadi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong shu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos ravishda shakllanadi. SHu mamlakatga xos bolgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.
Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bolib, uni suniy jihatdan tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni ozlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi meyorlar va qadriyatlarni saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.
Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar mustahkamlanib, asta sekinlik bilan fuqarolik tajribasi toplanib boradi.
Fuqarolik ongi bir qator oziga xos xususiyatlarga ega. Fuqarolik ongi ijtimoiy tizimning ozgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib boradi. Boshqa tarafdan fuqarolik ongi ijtimoiy ozgarishlarni keltirib chiqaruvchi faol omil hisoblanadi. U fuqarolarni faol harakatga boshlovchi tasavvurlar bilan bogliq bolganligi tufayli, jamiyat ozligining yangilanishiga, ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. Fuqarolik ongi ijtimoiy taraqqiyotning ruhiy negizini yaratgan holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Fuqarolik ongi yangi goyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga ega. YAngi goyalar shu tizimga mos ekanligi oz isbotini topgan taqdirda asta sekin jamiyatning mohiyatiga singib boradi.
Madaniy yangilanishlar uzluskiz tarzda ijtimoiy ongga tasir korsatish darajasida kop roy bergan taqdirda jamiyatda voqelikni his etish uchun yangicha usullar vujudga keladi va bu oz navbatida fuqaroviy ongning ozgarishiga olib keladi.
Mamlakatda siyosatni tubdan ozgartirish hatto mulkka nisbatan munosabatni ham butunlay ozgartirish mumkin, ammo kishilarning asosiy qarashlari va qadriyatlarini tezlik bilan ozgartirib bolmaydi.
Fuqarolik ongi umumiy tamoyillargagina asoslanmasdan, mohiyati jihatidan ozgarib boradi. Albatta jamiyatda barqaror bolgan, har qanday siyosiy tizimga xos bolgan tarixiiy tajriba, ananalar singari ozgarmas xususiyatga ega qadriyatlar mavjud bolib, ular fuqaroviy ongda roy berishi mumkin bolgan tezkor ozgarishlarni tiyib turadi. YAngi tarixiy tajriba esa aynan ana shunday qadriyatlar negizida vujudga keladi va fuqarolar ongiga singib boradi.
Tushuncha sifatida fuqarolik ongi haqida gap ketganda avvalo fuqaroning davlat bilan siyosiy-huquqiy munosabatlari nazarda tutilib, kishining biror-bir davlatga mansubligi va shu davlatning qonunlariga boysunishi tushuniladi. Kishining huquqiy maqomida ifodalangan fuqarolik davlat bilan fuqaro ortasida amal qiladigan bir qator huquq va burchlar bilan mustahkaml angan.
Turli ijtimoiy subektlarning ozaro tasirlashuvi roy beradigan va manfaatlari amal qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va ularni aks ettiradi. SHuningdek, u kishilararo munosabatlarga tasir korsatgan holda ularga aniqlik, mazmun va shakl bagishlaydi. Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan davlat ortasida haqiqiy va meyoriy munosabatlar togrisidagi tasavvurlari fuqaroviy ongda muj assamlashgan.
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa meyorlar, talablar, tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy elementlari sifatida namoyon boladi.
Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan boyishni taqozo etadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda yashashga qanchalik tayyor ekanliklari, yani shaxslarning fuqaroviy etukligi va faolligiga bogliq. Oz navbatida fuqaroviy etuklik va fuqaroviy musuliyat jamiyat azolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan belgilanadi. Aynan fuqaroviy ong jamiyatning manaviy, intellektual hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini shakl
lantiradi.
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yolida fuqarolar ortasida kelishuv bolishiga xizmat qiladi. Jamiyatda roy beradigan turli ijtimoiy- madaniy omillar tasirida fuqaroviy ong ozgarib boradi va fuqaroviylik togrisidagi goyalar taraqqiyotida oz aksini topadi.
Davlat va jamiyat, davlat va shaxs ortasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi bilimlarning kengayishi fuqaroviylik tushunchasini qayta qayta tafakkur qilishni taqozo etadi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.
Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi orni
Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni organishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni organishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bolgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni organish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning tolaqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning toliq namoyon bolishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bolish jamiyatda roy berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning echimini chuqur anglashni taqozo etadi.
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bogliqdir. Bu erda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu partiyalarga azolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarni anglatadi. SHu manoda jamiyat uchun foydali bolgan turli dasturlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi.
Aslini olganda jamiyat azolarining asosiy kopchiligi jamiyatda mavjud qoidalar asosida faoliyat yuritgan holda ijtimoiy faollik korsatishmaydi. Bunday passivlikning jamoat tartibini saqlash nuqtai nazaridan qaysidir darajada ijobiy jihatlari ham mavjud bolsa-da, fuqarolik jamiyatini qurishda fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega ekanligini esda tutish lozim. Zero passiv fuqarolar hech qachon oz huquqlari uchun kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik oz kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni ozgartirishga qodirlik hissining yaqqol namoyon bolishi bilan vujudga keladi. Kopgina hollarda fuqaroviy faollikning boshlangich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. Zero aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy ozgarishlar davlat etakchiligida amalga oshiriladi va jamiyat azolari keyinchalik bu ozgarishlarga moslashishadi.
Kopincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka tasir korsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto yashash manzili ham bunga tasir korsatadi.
Kopincha yoshlar fuqaroviy faollik korsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday faoliyat korsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab bolganligi tufayli oz istaklarini siyosatchilar oldida togri shakllantirishga qodir bolmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bolganligi tufayli yoshlar oz manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch kelishlari mumkin. SHu tufayli ularning bazilari siyosiy partiyalarga azo bolishadi, aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qoyadilar.
Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud bolganligi tufayli yoshlarning aksariyati shunday tashkilotlarga azo bolib kirishadi. Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish fuqaro/yoshlardan malum ish tajribasi, bilim va konikma talab qilsa, jamoat birlashmalariga azo bolib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi, balki faqat qiziqishning ozi etarli boladi.
Otish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, mavjud vaziyatni ozgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish boyicha oz tashabbuslarini ilgari surish zarurligini anglab etadilar. Bu esa turli kongillilar jamiyatlarining tuzilishiga sabab boladi. Insonda boshqalarga yordam berish, ayniqsa muammoli vaziyatga tushgan vatandoshlariga, qoshnilariga komaklashish hissi mavjud. Aynan boshqalarga yordam qolini chozgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga hissa qoshadi, balki u ozligini ham yanada chuqurroq anglay boradi. SHuning uchun bolsa kerak, kongillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga aylangan. Bu hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga oz hissasini qoshishga bel boglagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylangan. Kongillilik turli shakllarda amalga oshirilishi, jumladan turli kasalliklarga qarshi kurashish uchun xayriya faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida bolishi mumkin.
Insonni ixtiyoriy faoliyat, yani kongilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir kishiga xos bolgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf keltirish, ozini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan etirofga bolgan ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani qollash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. Oz imkoniyatlarini ishga solish, oz goyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga tasir korsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham kishini faollikka etaklaydi.
Kongilli faoliyat inson uchun oz shaxsiy ehtiyojlari bilan jamiyat ehtiyojlarini uygunlashgan holda hayotga tatbiq etish uchun oziga xos imkoniyatdir. Bu ehtiyoj kishilarning oz axloqiy burchlarini anglash hamda insonning barkamolligidan dalolat beradi. Kongilli faoliyat yurita ekan inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot madaniyatini rivojlantiradi, ozaro hamkorlik va birodarlik hissiga, insonparvarlik tuygusiga ega boladi. Kongillilik faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega bolib, inson oz salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega boladi. Bu faoliyat tevarak atrofda roy berayotgan voqea- hodisalarga nisbatan faol munosabatning shakllanishiga, siyosiy voqelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi.
Aynan fuqaroviy faollikning ozi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim togrisida bilim olishga tayyor bolgan kishilardan iborat;
faol fuqarolarda oz haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud;
faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun konikmalar mavjud boladi.
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli korilmagan komakchiga
aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar roy berayotgan, tugilayotgan va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning echimini topish va hukumatga taklif etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat tuzilmalaridagi etuk mutaxassislar bozor munosabatlari sharoitida kutilmaganda roy beradigan muammolar, bozorning betartartib jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga komakchilik qilmoqdalar.
Malumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar yuzaga kelaveradi, ammo ularning echimini hukumat hamisha ham oz vaqtida hal etavermaydi. Boshqacha aytganda bunday muammolarni hukumat oz vaqtida payqash imkoniyatiga ega emas. SHunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish bolmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bolmaydi. Agar hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf etish boyicha faol bolishga shart-sharoitlar yaratmas ekan fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bolib, ular serqirra faoliyat yuritadilar. Masalan, jamiyatdagi malumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy talim texnologiyalarini joriy etish boyicha malum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga tegishli qonun ozgartirishlari taklif etishlari mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish boyicha, yuqumli kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi, chiqindilardan tozalash boyicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.
Bir soz bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong va fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson salohiyatidan foydalanish, insonning ozligida, uning qalbida mavjud bolgan birdamlik, saxiylik, bagrikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning ozi kifoyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |