Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan daosizmning asoschisi Lao-tszining fikricha, “borliq”
asosida “dao” yotadi. U “tsi” elementi bilan birgalikda hayot negizini tashkil etadi. Qadimgi
yunon falsafasida, ayniqsa Geraklit qarashlarida bu masala muhim o‘rin tutgan. Uning fikricha,
ayni bir jism ayni vaqtda ham “mavjud”, ham “mavjud emas”. Demokrit aytadiki, “borliq”
“yo‘qlik” bo‘lishini talab etadi. Borliq “qattiqlik” yoki moddiylikdir. “Yo‘qlik” esa “bo‘shliq”dan
iborat, ammo har ikkalasi ham mavjuddir. Aflotun borliq deganda moddiy jismlarni tushungan.
Narsalar borliqini g‘oyalar dunyosi borliqidan farqlagan. Aflotun borliqni “chin” va “chin
bo‘lmagan”ga ajratadi. G‘oyalar dunyosi “chin”, narsalar dunyosi esa “chin bo‘lmagan”ga kiradi.
Aflotun olamni narsalar borliqiga bo‘lib yuborish bilan birga, ayni vaqtda “g‘oyalar” dunyosi
mavjudligini narsalar borliqi bilan qo‘shishga urinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |