Departament (frans. departement) — 1) Fransiya va b. koʻpgina mamlakatlarda asosiy maʼmuriy-hududiy birlik; 2) ayrim davlatlarda (mas, AQSH, Shveysariya, RF, Oʻzbekiston) — mahkama yoki vazirlik yoxud ular boʻlinmalarining atalishi; davlat departamenti — AQSH tashqi ishlar vazirligi.
Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi.
Partiya (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman degan ma'noni anglatadi):
1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi (mas, qidiruv Partiyasi);
2) bir manzilga bir vaqtda joʻnatilgan tovarlar;
3) muayyan natijagacha oʻtkaziladigan oʻyin (mas, shaxmatdagi Partiya); bir kancha oʻyinlardagi oʻyinchilar tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |