ishonchimiz, tayanchimiz va suyanchimiz deb bilganimizdadir”
2
,- deya alohida
ta’kidlab o’tgani bejiz emas.
O’zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va
mazmunini yangi bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy
mexanizmini yaratish, o’quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan
islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning
mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur
bo’lgan investisiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan
qariyb 2 barobar ko’pdir
3
.
Oliy o’quv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalarning
yashash sharoiti hamda ijtimoiy-maishiy ob`ektlar faoliyatini yaxshilash, oliy
o’quv yurtlari hududlarini obodonlashtirish, jumladan, poytaxtimizdagi “Yoshlik”
talabalar shaharchasida joylashgan talabalar turar-joylarini tubdan ta’mirlash
bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining 2011
yil 20 mayda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
modernizasiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
to’g’risida”gi qarori oliy ta’lim muassasalari faoliyatini jahon andozalari darajasida
tashkil etish, ularni zamonaviy darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy
laboratoriyalar bilan ta’minlashda muhim dasturi amal bo’lmoqda.
Hozirgi kunda yurtimiz rivojlanishida nafaqat sog’lom, balki turli xil
nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlar uchun, ularning nuqsonlari darajalarini
inobatga olgan holda, quyidagi yo’nalishlardagi ta’lim turlari mavjud:
- maxsus maktabgacha ta’lim;
- uyda yakka tartibdagi ta’lim;
- maktabgacha umumta’lim muassasalari qoshidagi integrasiya guruhlari;
-umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlari va integrasiya
sinflari;
- maxsus kasb-hunar kollejlaridagi integrasiya guruhlari.
Mazkur muassasalarda ko’zi ojiz, zaif ko’ruvchi, kar va zaif ko’ruvchi, aqli
zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch harakati a’zolari harakati buzilgan,
nutqida murakkab nuqsoni bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiya oladi. Mamlakatimizda
alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar ta’limi, ularning nuqson turlari va
uning darajalarini inobatga olgan holda, maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif,
ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan
bolalar) bo’yicha korreksion ta’lim tashkil etilgan.
2
Каримов И.А. Илом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали
маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи // Халқ сўзи, 2015 йил
11 апрель. №72 (6255).
3
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2016 йил 16 январь.
№11 (6446).
3
Xalqaro miqyosda olib qaraydigan bo’lsak, keyingi davrda ta’lim
sohasidagi islohotlarni demokratlashtirish va diskriminasiyaga qarshi kurashish
natijasida jamiyatning dunyoqarashi o’zgarib, har xil toifadagi kishilar orasida
yangicha yondashuv, ya’ni inklyuziv ta’lim loyihalari ishlab chiqildi
4
.
Binobarin, Konstitutsiyamizning 41-moddasida ham “Har kim bilim olish
Do'stlaringiz bilan baham: |