O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga quyidagi qoidalar asos qilib olingan: - davlatning suveren tengligi va chegaralarning daxlsizligini hurmat qilish;
- boshqa davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
- nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
- kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
- Inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash;
- Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquqning umum ehtirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligini tan olish;
- Tajavvuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
- davlatlararo teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik.
- O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida tinchlik, barqarorlik, hamkorlik tamoyillari ustunlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi o’z tarixida birinchi marta 1992 yil 2-martda jahon hamjamiyatining to’la, teng huquqli subhekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. O’zbekiston BMT Nizomi, xalqaro huquqiy mehyorlar, davlatlararo muomala qoidalari, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlarning talablariga rioya qilishini bildirdi. O’zbekiston amalda deyarli barcha xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy tashkilotlarning a’zosidir: “Evropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti”, “‘arlamentlararo Ittifoq”, “Xalqaro valyuta fondi”, “Rekonstruktsiya va rivojlanish Yevropa banki”, “Jahon banki”, “Xalqaro mehnat tashkiloti” va boshqalar bunga misoldir. Toshkentda 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ochilgan.
Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Asambleyasining 1993 yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma’ruzalari O’zbekistonni jahonga ko’hna va navqiron yosh davlat sifatida namoyon etdi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi tahsis etildi va ish boshladi. O’zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sahy-harakatlari natijasida bugungi kunda Respublikamizda BMTning vakolatxonasi, mamlakatimizda BMTning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotiklarni nazorat qilish dasturi, Bolalar jamg’armasi singari iqtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi.
O’zbekiston 1992 yil fevral’ oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot - Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lib kirdi. I.A.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lib o’tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir.
O’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo’shilmaslik harakatiga qabul qilindi, bo’lg’usi jahon parlamentining timsoli bo’lmish parlamentlararo Ittifoqqa kirdi. Islom konferentsiyasi O’zbekistonni kuzatuvchi sifatida qabul qildi va mamlakatimizga ishonchli va mashuliyatli sherik deb qarashmoqda.
O’zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xal-qaro tashkilotlar - “Xalqaro mehnat tashkiloti”, “Jahon ‘ochta ittifoqi”, “Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq”, “Jahon meteralogiya tashkiloti”, “Xalqaro Olim’iada qo’mitasi”, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlikning a’zosi bo’ldi. Bularning hammasi O’zbekiston Respublikasining tarixan qisqa vaqtda xalqaro hamjamiyatga qo’shilganining, xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida dunyo siyosatida faol qatnashayotganining yaqqol ifodasidir
Do'stlaringiz bilan baham: |