MUSTAQILLIK YILLARIDA
O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY
VA MADANIY TARAQQIYOT
BIA-92 SHERMAHMATOVA SABRINA
REJA:
1.Mustaqillik yillarida sport-sohasi
2.O’zbekistonda millatlararo va dinlararo davlat siyosati
Mustaqillik yillarida sport sohasi taraqqiyoti
Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida
rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning,
xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiyiqtisodiy
taraqqiyotining muhim omilidir. 1992- yil 5- fevralda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida“gi Qonuni sportni ommaviy
ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari
— sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport maktablari, olimpiya
o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport zallari,
maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln kishi jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1992- yil yanvarda O‘zbekiston Milliy
olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993- yil sentabrda xalqaro olimpiya qo‘mitasining
101sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi
ochildi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy
Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000—2002-
yillarda Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi
bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002-yil
oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport
federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy
kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof
etildi.
Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga
e’tibor davlat siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi
O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada
rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash,
futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash,
Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida
1993-yilda «O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1996-yilda
«O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va
prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi, 2006-yilda «O‘zbekistonda futbolni
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston aholisining 80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini
rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 % ini boshqa turli millatlarga mansub kishilar
tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida
ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari
hurmat qilinishini ta’min-laydi, ularning rivojlanishi uchun sha-roit
yaratadi.
O‘zbekistonda
yashovchi
turli
millat
vakillarining
madaniy
ehtiyojlarini qondirish uchun milliy-madaniy markazlari (MMM)
faoliyat
yuritadi.
Dastlabki
milliy-madaniy
markazlar
koreyslar,
qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-
yilda tashkil etilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq
topishi O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu
davrda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar
yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi.
Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan
bo‘lsa, hozirga kelib esa, mamlakatda 138 ta milliy-madaniyat
markazlari faoliyat yuritmoqda. 1992-yil tashkil etilgan Respublika
Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniyat markazlar
faoliyatini muvofi qlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam
ko‘rsatib keldi.