Mustaqillik yillarida o’zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari shaxzod Axmedov Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar



Download 51 Kb.
Sana04.04.2020
Hajmi51 Kb.
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA CHORVACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI

Shaxzod Axmedov

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o’qituvchisi

Telefon +998915486699

axmedovhistorian@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada O’zbekistonda mustaqillik yillarida hukumat tomonidan chorvachilik bo’yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarnining soha rivojidagi ahamiyati o’rganildi.

Kalit so’zlar : Chorvachilik, ozuqa yetishmovchiligi, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik fermer xo’jaliklari, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish

Oʻrta Osiyo hududi chorvachilik dastlab shakllangan va rivoj topgan hududlar qatoriga kiradi. Asrlar davomida chorvachilik O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutib kelgan. Hozirgi kunda esa chorvachilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi.Chorvachilikning asosiy mahsuloti – sut va go’sht ishlab chiqarishning o’sishi jamiyatni rivojlantirish uchun muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir, deb aytib o’tgan edi. Shuningdek, murojaatnomada prezidentimiz 2020 yildan chorvachilik, qorakoʼlchilik, baliqchilik, parrandachilik sohalarini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning samarali mexanizmi yaratilishini alohida ta’kidlab o’tdi.1



Sobiq sovet ittifoqi tanazzuli davrida chorvachilik sohasida ham oqsoqliklar ko’zga tashlanib qolgan edi. Ittifoqchi respublikalar orasida faqat “paxta yetishtib beruvchi baza” nomini olgan O’zbekistonda chorvachilikda asosiy muammo sifatida ozuqa yetishmovchiligi muammosi mavjud bo’lib, bu ozuqa ekinlari ekiladigan maydonlarning qisqarib ketganligi, chorva uchun yaylovlarning yetishmasligi, chorva mollarini oziqlantirish uchun ajratilgan yer maydonlarining qoramol bosh soniga mutanosib emasligi bilan bog’liq bo’lib qolgan edi.Shuningdek chorvachilik aksariyat holda anʼanaviy (eskirgan) uslubda olib borilayotgani, yetishtirilgan chorva mahsulotlarini sotishdagi va qayta ishlashdagi qiyinchiliklar, sohada malakali mutaxassislar yetishmasligi kabi ko’plab muammolar to’planib qolgan edi. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng chorvachilik sohasini hukumat tomonidan boshqarishning huquqiy asoslari ishlab chiqila boshlandi. Chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish bevosita yaylovlardan samarali foydalanish zaruratini taqozo etardi. Shunday bir vaziyatda nafaqat hududimizdagi balki qo’shni respublikalar hududidagi yaylovlardan ijara shartlari asosida foydalanish masalasiga hukumat tomonidan e’tibor qaratila boshlandi. Bu borada 1992 yil 13 may kuni “O’zbekiston Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi xo’jaliklari tomonidan yaylovlardan foydalanish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq ikkala respublika hududlarida o’zaro yaylov chorvachiligi uchun ijara shartlari bo’yicha yaylovlaridan foydalanish mumkinligi belgilab qo’yildi. Ushbu qaror Respublikaning boshqa hududlariga nisbatan aholisining zichlik ko’rsatgichi yuqori bo’lgan, Qirg’iziston respublikasi chegara hududiga yaqin joylashgan Farg’ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyati hududlari aholisining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan extiyojini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan samaradorligi past qishloq xo’jalik korxonalari – sovxoz va kolxozlarni qayta tashkil etish jarayoni chorvachilikka muayyan darajada ta’sir ko’rsatdi. Negaki, qoramol parvarish qilayotgan fermalar asosan yirik paxtachilik xo’jaliklarida joylashgan edi. Sovxoz va kolxozlar, keyinchalik shirkatlar negizida shaxsiy qoramoliga ega chorvachilik fermer xo’jaliklari, shuningdek, jamoaviy mulkchilik shaklidagi ixtisoslashgan chorvachilik fermalari tashkil etildi. Bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida hukumat tomonidan chorvachilikning barqaror rivojlanishiga muhim ahamiyat berib va go’sht-sut mahsulotlarini yanada ko’paytirish maqsadida 1993 yilning 15 mart kuni “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tog’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qaror bilan qoramolchilik fermalari mazkur fermalarning jamoalariga bosqichma-bosqich , asosan 1993-1994 yillarda shaxsiy mulk qilib berilishi belgilab qo’yildi. Shuningdek fermalarning jamoalari – mulk egalari xo’jaliklar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq topshirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar – go’sht, sut va teri xomashyosining kamida 50 foizi davlatga qat’iy xarid narxlari bo’yicha, qolgan qismini esa tayyorlov tashkilotlariga erkin shartnomaviy narxlar bo’yicha sotishi belgilandi. Shu tariqa chorvachilikda jamoa shaklidagi mulkchilik tashkil etila boshlandi. 1994 yilning 23 fevral kuni “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 87-son qarori qabul qilindi. 1994 yil 28 avgustdagi “Qishloq xo’jaligi sohasini iqtisodiy rag’batlantirish va erkinlik berish to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 937-sonli farmoni bilan Chorva mollari va sutni erkin narxlarda xarid qilish to’g’risida qaror qabul qilindi. Shu tariqa 1994 yilda Chorva mahsulotlari jumladan go’sht va sutga davlat buyurtmasi to’liq bekor qilindi. Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida 1995 yilning 24 mart kuni “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 96-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan 1995-yilning oxirigacha qonunchilikda belgilangan tartibda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklar chorvachilik fermalarining xususiylashtirilishini ta’minlash belgilandi. Shunday qilib mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab hukumatimiz chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish yo’lida chorvachilikda fermerlik va dehqonchilik harakatini keng qo’llab quvvatladi. Shaxsiy yordamchi xo’jaliklarning egalarini va fermerlarni chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirishga rag’batlantirish uchun maxsus qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar jamoa xo’jaliklari va davlat xo’jaliklari zimmasiga aholiga chorva mollari va parranda sotish hamda ularni ozuqa bilan ta’minlash vazifasini yukladi.2 Keyingi davrlarda ham O’zbekiston hukumati chorvachilikni barqaror rivojlantirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qator choralar ko’rdi. O’zbekiston respublikasi prezidentining 2006 yil 23 martda qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarni ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 308-qarori ushbu jarayonda muhim omil bo’ldi.

O’zbekistonda chorvachilik sohasida islohotlarning yangi bosqichi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida3 belgilangan vazifalar ijrosi bilan boshlandi deyish mumkin. Dastlab, qishloq xoʼjaligida tarkibiy oʼzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va oʼrnini taʼminlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʼpaytirish va raqobatdoshligini oshirish maqsadida 2017 yilning 16-mart kuni “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida yuqori malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasida bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ–3703 son qaroriga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi. Keyinchalik esa ushbu institutning Nukus va Toshkent filiallari tashkil etildi. Institutda rivojlangan xorijiy davlatlarning veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqildi. 2019 yilning 18 mart kuni Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. 2019 yilning 28-mart kuni esa “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Farmon bilan shu vaqtga qadar faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.



Chorvachilik O’zbekistonning qishloq xo’jaligining har tomonlama rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Albatta bu borada sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillardagi islohotlar natijasida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taminlash borasidagi mavjud muammolar o’z yechimini topib, chorvachilik respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylanib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Prezident Sh.M Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi. “Xalq so’zi” 2020 yil 25 yanvar

  2. Islom Karimov O’zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent “O’zbekiston”, 1996.

  3. O’zbekistonda chorvachilik: bugungi holat, muammolar va taraqqiyot istiqbollari. “Nasaf” nashriyoti, 2010 yil

  4. lex.uz sayti



1 Prezident Sh.M Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi. Xalq so’zi 2020 yil 25 yanvar


2 Islom Karimov O’zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.Toshkent “O’zbekiston”, 1996. 335-bet

3 https://lex.uz/docs/-3516847

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat