Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

V bob. MARKETING DASTURI 
 
5.1.
 
Marketing dasturi tushunchasi 
 
Tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing konsepsiyalariga 
asoslangan. Strategik rejalarni realizatsiya qilish umumfirma taktik yoki 
operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda tutadi. Masalan, ishlab chiqarish 
rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. Jamlangan (yig‘ma) 
reja ko‘p hollarda biznes-reja ko‘rinishida rasmiy- lashtiriladi. 
Bozorda aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun korxona biznes rejasining asosi 

marketing dasturini qo‘llaydi. Marketing dasturini tuzishda boshqaruvning 
marketingga oid rejalar xarakteri (marketing-menejment)bozor muhitini o‘rab 
olgan o‘zgarishlarga moslashishni ta’minlabgina qolmasdan, bozorga faol 
ta’sir etishga qodir va iste’molchilar talablarini firmaning o‘z vazifalari va 
strategik maqsadlariga mos holda shakllan- tira oladigan tadbirlarni ham o‘z 
ichiga olishini bildiradi. Marketing dasturi biznesning rivojlanishidagi 
ko‘pgina muqarrar muammolarning oldini olish va munosib kutib olishga 
yordam beradi. U o‘z xatti- harakatlarini o‘ylab ko‘rish imkonini beradi. U 
hodisalarni shunchaki, kuzatish emas, oldindan tayyorlangan reja asosida 
boshqarish imkonini beradi. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda 
korxonaning imkoniyatlari (resurslari) tahlili, rivojlanish maqsadlarini 
aniqlash, strategiyalarni aniqlash, maqsadga erishish rejalari va uning 
bajarilishini nazorat qilish kabi tadbirlar tizimi aks ettiriladi. 
Firmaning boshqa rejalariga nisbatan biznes-reja (marketing dasturi) 
tashqi yo‘nalganlikka ega, sotilishi maksimal imkoniyatli yutuq kel- tirishi 
lozim bo‘lgan o‘ziga xos tovarga aylanadi. 
Marketing dasturi endigina tuzilayotgan yangi korxona uchun ham, 
avvaldan mavjud bo‘lgan tashkilotning navbatdagi rivojlanish bosqichi uchun 
ham ishlab chiqilishi mumkin. Tuzilgan biznes-rejaning darajasi tadbirkor va 
uning ishining ishonchliligi va jiddiyligi ko‘rsatkichi bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, 
biznes-reja tadbirkor va ehtimoliy investor (masalan, bank) orasida 
muzokaralar boshlanishi uchun asosiy nuqta hisoblanadi. Biznes-reja, 
ayniqsa, xorijiy firmalar bilan muzokaralar o‘tkazishda zarur bo‘ladi. 
Aksariyat ko‘plab firmalar tashqi moliya- lashtirishga o‘ta ehtiyojmand 
bo‘ladi. Biroq birorta bank, birorta xorijiy investor kreditdan samarali 
foydalanishini, uni o‘z vaqtida, foizi bilan qaytara olishini ishonchli isbotlab, 
talabnomasini asoslay olmaydigan biznesmenga sarmoya bermaydi. 
Boshlovchi tadbirkor uchun biznes-reja – bu u investorlarning e’tiborini 
jalb qilishi mumkin bo‘lgan hujjatdir. Biznes-reja faraz qilinayotgan 
loyihaning foydaliligini ko‘rsatishga imkon beradi. U investorlarni, ko‘zda 
tutilganlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi, ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni jozibador (jalb etuvchi) imkoniyatlar topilganiga, 
korxona loyihaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishning samarali, 


103 
realistik va izchil dasturiga egaligiga ishontira olishi mumkin. Investor o‘z 
pulini yetarlicha ishonch bilan unga foyda olishni kafolatlaydigan 
loyihagagina qo‘yadi. 
Marketing dasturi quyidagi muhim muammolarni hal qiladi: 
-biznesning istiqbolini rivojlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsat- kichlari 
ko‘rinishida tahliliy aniqlashtiradi; 
-korxonaning yashovchanligi (gullab-yashnashi) va kelgusi barqa- 
rorligi darajalarini aniqlaydi, tadbirkorlik faoliyati riskini pasaytiradi; 
-e’tiborni jalb etadi va qiziqish uyg‘otadi, firmaning potensial 
investorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 
Tashkilotning an’anaviy rejasidan farqli ravishda marketing dasturi 
tashkilotning ichki maqsadlarinigina emas, shuningdek, yangi ishda foydasi 
tegishi mumkin bo‘lgan shaxslarning tashqi maqsadlarini ham hisobga oladi. 
Investorlar bilan bir qatorda yangi biznesdan manfaatdor shaxslar potensial 
iste’molchilar va firmaning mol yetkazib beruvchilari ham hisoblanadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish