Mustaqillik yillarida fan ta'lim va maorif
Reja:
1. Mustaqillik yillarida O'zbekiston
2. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi
3.Mustaqillik yillarida madaniy-ma'rifiy muassasalar ishlari
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinch - totuv yashashning prinsiplaridan biridir. U BMT Ustavi va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalarida mustahkamlab qoʻyilgan.
O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me'morchilik, ma'danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O’zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o’rganib yanada boyitdilar.
O’zbekiston olimlari o’z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shdilar. Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Nukus va Samarqandda O’zbekiston Respublikasi FAning bo’limlari ochilgan
Ilmiy-tadqiqot ishlari xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlarida ham olib boriladi.
Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o’quv yurtlari, xalq ta'limi tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi o’quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o’qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadilar.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatda ilm-fanga alohida e'tibor berildi. Xalq xo’jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 aprelidagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari va innovasiya faoliyati haqida"gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e'tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ’ib etish va tarqatish maqsadida respublika ilmiy ishlanmalari innovasiya tijorat markazi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |