13-modda. Qonunlar loyihalariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
14-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini va huquqning qo‘llanilish amaliyotini o‘rganish
Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur o‘rganishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarining qo‘llanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |