24-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda qonun loyihasi normalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |