Mustaqillik va madaniy taraqqiyot Reja


Diniy qadriyatlarning tiklanishi



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana21.12.2022
Hajmi0,54 Mb.
#892958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT

Diniy qadriyatlarning tiklanishi. 
Qadim zamonlardayoq yurtimizda din 
erkinligi mavjud bo‘lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va 
boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g‘oyalariga amal 
qilingan. Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom 
dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriy islom dini 
ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi «AlJomi’ 
AsSahih» nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu 
Mansur alMoturidiy, Burhoniddin alMarg‘inoniy, Bahovuddin Naqshband, Imom 
atTermiziy, Xo‘ja Ahmad Yassaviylar insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, 
axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar. 
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan 
qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 
1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahovuddin Naqshband 
tavalludining 675 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband 
nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan 
qator risolalar chop etildi. 
1998-yil 23oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom alBuxoriy 
tavalludining hijriyqamariy tavqim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni 
Xartang qishlog‘ida Imom alBuxoriy yodgorligi majmui ochildi. Yubiley munosabati 
bilan Ismoil alBuxoriyning 4 jildlik «AlJomi’ AsSahih» kitobi o‘zbek tilida nashr etildi. 



2000-yil 16-17noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan 
biri Burxoniddin alMarg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu 
Mansur al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab 
barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom 
huquqiga bag‘ishlangan «Hidoya» kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining 
taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud 
azZamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy 
tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. 
O‘zbekiston 
Prezidentining 
1992-yil 
27-martdagi 
farmoni 
bilan 
Ro‘zaRamazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika 
musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, 
bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita 
hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega 
bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj 
safarida bo‘ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. 
Hozir «Islom nuri» gazetasi chiqmoqda. Qur’oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr 
etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo‘lib qolmay, ular aslida 
xalqimizning qadimiy rasmrusum va udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar 
ruhining qayta uyg‘onishidir. 
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma’naviy 
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida 
din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta 
madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talabayoshlar ta’lim olmoqdalar. 
1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 750 talaba o‘qimoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda 
qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda 
davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab 
berildi. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish