Amerikacha model
aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama
rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va
ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi
qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi.
Yapon modeli
uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan,
ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini
pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi
model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat
manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish
salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi.
Shved modeli
aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash
hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib
turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab
davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu
xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi.
Fransuz modeli
– davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon
rivojlanishning besh yilliklar bo'yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi); davlatning
to'g'ridan to'g'ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi; davlatning
kapital jamg'arish jarayoniga aralashuvi.
Janubiy Koreya
modelining yapon modeliga o'xshash umumiy jihatlari mavjud.
Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o'z
burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga
asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat
sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini
keltirish mumkin.
Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa
muddatlar ichida mayda va o'rta tadbirkorlikning qo'llab-quwatlashi natijasida o'rta
sinfning shakllanishini keltirish mumkin. O'tgan asrning 90-yillari oxirida Janubiy
Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o'z
boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga
moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |