1989-yilda Islom Karimov respublika rahbari bo'lgan davrda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ana shunday og'ir siyosiy, iqtisodiy vaziyat va bo'xronlar mavjud edi. Bir tomondan, markazning ittifoqni saqlab qolish umididagi tazyiqlari, ikkinchi tomondan, o'zini muholifatchi deb atagan turli guruh va oqimlar boshliqlarining xurujlari respublika hukumatini barqaror siyosat olib borishini xavf ostiga qo'ydi.
Ana shunday qiyinchiliklar davrida markazdagi oliy hokimiyat — KPSS rahbarlaridanbirguruhning 1991-yil 19—21-avgust kunlari davlat to'ntarishi qilishga urinishlari va uning oqibatlari shuni ko'rsatdiki, endi O'zbekiston markazning vassali bo'lib qola olmaydi. Markazda g'alaba qilgan siyosiy kuchlarning ba'zi bir harakatlari, ittifoqning boshqarish tuzilmalarini boshqa respublikalar bilan hech bir kelishmay turib ishg'ol qilishga urinishlar, KPSS oliy rahbariyati bir qismining davlat to'ntarishida ishtirok etishi, KPSS faoliyatini rasman to'xtatib qo'yilishi kabi voqealar O'zbekistonning ittifoq tarkibida rivojlanishini shubha
Do'stlaringiz bilan baham: |