Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”. O'Zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o'tish davri va taraqqiyot bosqichlari


Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari



Download 1,17 Mb.
bet10/13
Sana14.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#118781
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
LLd8qUmqTgQWFIcEZMbbYxbVZGBnoO53LD233R4k (1)

Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo‘llari. O'tgan zamonda «jahon sotsialistik tizimiga» kirgan mamlakatlar tajribasi ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning uchta asosiy yo'lini namoyon etdi: birinchi (tarixan xiyla erta) — bozor insti- tutlarini asta-sekin shakllantiradigan evolutsiyaviy (tadrijiy) yo'l (Xitoy, O'zbekiston, qandaydir jihatdan Vengriya); ikkinchi - «shok terapiyasi» bo'lib, u yoki bu darajada Rossiyada, markaziy va Sharqiy Yevropaning ko'pchilik mamlakatlarida (klassik shaklda — Polshada) qo'llandi; uchinchi - inqilobiy yo'l. Bu yo'l XX asrdan boshlab bir necha mamlakatlarda o'z ifodasini topdi. Lekin, bu yo'lning oxir-oqibati totalitar jamiyat qurish bo'lganligi uchun o'tish yo'li sifatida o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda.

Bu har ikki yo'lning o'zaro farqlanishi tizimga oid o'z- garishlarni va barqarorlik chora-tadbirlarini amalga oshirish muddatlarida, xalq xo'jaligini bozor mexanizmlari bilan qamrab olish darajasi, davlatning muvofiqlashtirish funksiyasi hajmi kabilardagi turli xilliklarda ifodalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o'tishda evolutsiyaviy yoki «shok terapiyasi» nafaqat siyosiy rahbariyat irodasiga, balki jamiyatdagi muhitda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillarning darajasiga bog'liqligi bilan o'zini namoyon qildi. Evolutsiyaviy yo'l bir necha avlodlar almashinuvi kechgan qishloq xo'jaligi nisbatan rivojlangan, xususiy tadbirkorlikka moyil aholisi bo'lgan, og'ir sanoat va harbiy-sanoat majmuasi ulushi unchalik katta boimagan, siyosiy va xo'jalik yurituvchi elita orasida islohotlar o'tkazishdan manfaatdor bo'lgan mamlakatlar uchun xos bo'ldi.

«Shok terapiyasi» yo'li noilojlik natijasida ko'riladigan chora- tadbirlar oqibatida tanlandi. Ko'pchilik holatlarda bu yo'l ma'muriy- buyruqbozlik tizimidan meros bo'lib qolgan og'ir moliyaviy ahvolga barham berish, tuzilmaviy nomutanosibliklar tufayli keskin tovar defitsitini paydo bo'lganligi bilan ham bog'liq bo'ldi.

Evolutsiyaviy yo'l («gradualizm»). Bozor iqtisodiyotiga o'tishning evolutsiyaviy yo'lini quyidagi umumiy

qirralarini ajratib ko'rsatish mumkin:

Bozor munosabatlari dastlab ishlab chiqarish va iste'mol mollari savdo-sotiq sohalarini qamrab oladi, so'ngra investitsiya sohalariga tarqaladi.

Baholarni erkinlashtirish (liberallashtirish) islohotlarning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi, lekin bu jarayonda ko'pincha yirik monopolistik moyilliklar mavjud bo'lgan sohalarda aholi hayot darajasining tushib ketmasligi uchun baholar davlat tomonidan nazorat qilib borish taqozo etiladi.

Yuqori inflatsiyaga yo'l qo'ymaslik maqsadida qattiq moliyaviy siyosat olib boriladi.

Bozor infratuzilmalari faol ravishda shakllantiriladi, xususiy tadbirkorlik, xususan mayda ishlab chiqarish va

xizmat ko'rsatish sohalari rag'batlantiriladi.

Qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq iste'mol mollarini ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlantirishga doir chora- tadbirlarni amalga oshirish bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirishning o'ziga xos eneigiya manbayi bo'lib, uning natijasida iste'mol bozori toidiriladi, islohotlarni chuqurlashtirishning ijtimoiy jihatlari mustahkamlanadi.

Davlat o'zining uzoq muddatga mo'ljallangan islohotlar strategiyasi asosida bosqichma-bosqich, qadamba- qadam ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bozor munosabatlariga almashtira boradi. Jumladan, bu kabi jarayon Vengriyada 1968-yildan 1990- yilgacha davom etdi, O'zbekistonda 1991-yildan, Xitoyda esa 1979-yildan buyon davom etmoqda.

Islohotlarning boshlanishi iste'mol bozorida o'sishga moyil bo'lgan muvozanatni o'rnatish bilan bog'liq bo'lib, bunda nafaqat tez moslashuvchan baholar tizimi yordamida, balki xususiy sektorda iste'mol mollarini ishlab chiqarishni tezlik bilan rivojlantirish, ular bilan bozorni to'ldirish, xizmat ko'rsatishni kengaytirish vositasida o'zgarishlar chuqurlashtirilib boriladi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish