Ekzistentsializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o`zidan ima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistentsializm vakillari ekzistentsiya ma'nosini, uning ma'naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo`rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistentsialistlar esa ko`tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistentsiyani boyitib, ba'zi gumanistik g`oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma'naviy tanlovi ongli va aniq bo`ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo`lib ishtirok etadi.
Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari ham qo`shiladi) shaxsning intellektual va ma'naviy sifatlari uning noyob tabiatida mavjud bo`ladi va ularning namoyon bo`lishi eng avval insonning individual tajribasi bilan bog`liq bo`lishidan kelib chiqadi. Shunday kelib chiqqan holda pragmatizm vakillari ta'lim vazifalarini shaxsning ma'lum ma'naviy sifatlari, prinsiplari, yo`nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o`zini amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo`yish, ijtimoiy g`oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo`nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.
Insonparvarlik yo`nalishiga alternativ deb stsientistik – texnokratik konsepsiyasi hisoblanadi.,
Stsientizm dunyoqarash yo`nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o`zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo`lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Stsientik ko`rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun'iy qo`llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Stseptizmga qarama-qarshi tabiatga moslik, tabiat bilan kelishuv hisoblanadi – inson tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish, hamda insonning tabiat bilan birligini, ularning o`zaro aloqalari mosligi va uyg`unligini targ`ib qiluvchi dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil topishi asosiy tamoyillarini farq qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |