Mustaqillik davrida umumiy òrta ta'lim tizimi. Reja


O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar



Download 32,34 Kb.
bet6/6
Sana12.08.2021
Hajmi32,34 Kb.
#146140
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQILLIK DAVRIDA UMUMIY ÒRTA TA

O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar

“Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi barcha soha va yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi — ruhi va fikri toza avlod dunyoga keldi.” Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid va orzular ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar armonining ushalishi bilan birga beqiyos imkoniyatlar kaliti, yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham nasib etdi. Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan yutuqlarni ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik, fan olimpidalarida deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi, boringki, san’at sohasida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar. Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi o‘laroq, mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-tanlov va xalqaro fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, yoshlarning ertaga jamiyatdan munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi.



Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda jamiyat ravnaqi, barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni shakllantirishda avvalom bor ayollarning o‘rni qanchalar muhim ekanligini Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.Yurtimizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ularni iqdidorlarini namoyon qilish va muntazam rag‘batlantirib turish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2015-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 nafar o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Umuman, 2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 95 nafar o‘quvchi qiz ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.

Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg‘otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik yoshlari ham qatnashib 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va 17 davlat ichida O‘zbekiston bayrog‘ining baland ko‘tarilgani barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha “SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Kipr ta’lim va madaniyat Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa Matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekiston yoshlari ham shohsuppa qatoridan joy olishdi. O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamoasi tarkibida xalqaro fan olimpiadalarida jami 253 nafar o‘quvchi qatnashib, 21 ta oltin, 51 ta kumush, 90 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohaza, ma’lumotlar O‘zbekistonda qisqa davr ichida ta’lim sohasida yuksak yutuqlarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Kelgusida hukumatimiz tamonidan ta’lim sohasida ilgari suriladigan izchil islohotlar davomli bo‘lishi, biz kabi yoshlarga ilhom baxsh etib, yanada yuksak marralarni zabt etishimizga imkon, zamin yaratib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura 1. Islom Karimov.

2. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi. Islom Karimov so’zlagan nutqi, 1991.

3. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. Karimov I.A. T, 1992y, 13 bet.

4. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet.

5. O’zbekistonda ta’lim statistikasi. 2015y.

6. mfa.uz, dtm.uz
Download 32,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish