Yagona element turlari [ tahrir ]
Filtr (frans. fi ltre — kigiz), suz gʻich — 1) suyuqlik F.i — suyuklikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralashmaydigan boshqa suyuqliklardan ajratish (tozalash) uchun moʻljallangan asbob, moslama yoki gʻovak jism. Suyuklik F.lari ish prinsipiga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Davriy ishlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy F. oz miqdordagi suspenziyani ajratishda qoʻllaniladi. U vakuum yoki bosim ostida ishlaydi. L istli F. eritmalarni tindirish, qattiq fazasi hajmining 5%idan oshmagan suspenziyalarni ajratishda qoʻllaniladi. Filtrpresslardan, asosan, mayin dispers sistemalarni ajratishda, patronli F.dan suspenziyalarni tindirish yoki quyultirishda foydalaniladi. Patronli F. vakuumda (qarang Vakuumpress) yoki bosim ostida ishlaydi. Uning ichki panjarasiga filtrlovchi toʻsiqlar (patronlar) mahkamlangan. Choʻkindi siqilgan havo, pnevmogidravlik zarb yoki titrama (vibratsion) qurilmalar vositasida tozalab olinadi; gaz F.lari uzluksiz ishlaydigan apparatlardir. Tuzilishiga koʻra, yassi filtrlovchi sirtli va batareyali boʻladi. Yassi filtrlovchi sirtli F.da teshik panjaralar boʻlib, ularga filtrlash toʻsiqlari oʻrnatiladi. Unga qum, kvars va boshqa qavatqavat qilib solinadi yoki ikki panjara orasiga tolali materiallar (asbest tola, shisha tola, paxta va boshqalar) qoʻyiladi. Batareyali F. toʻqimalardan yeng shaklida yasaladi. 3) biologik F. — oqova suvlarni mikroblar taʼsirida parchalash jarayonlari yerdamida yoki organik moddalarni minerallash yoʻli bilan zararli moddalardan tozalash uchun moʻljallangan qurilma; 4) yoruglik F. i — baʼzi nurlarni tutib qolish uchun moʻljallangan moslama; mas, maʼlum yorugʻlik nurlarini tutib qoladigan rangli shisha, rentgen nurlarini tutib qoladigan metall plastinalar, issiklik nurlarini tutib qoladigan ekranlar yoki sovitish idishlari (issiklik F.i); 5) elektr F.i — bir xil chastotali toklarni oʻtkazish, boshqa chastotali toklarni kucheizlantirish uchun moʻljallangan qurilma. Oʻzinduksiya gʻaltaklari va kondensatorlardan iborat; 6) akustik F. —murakkab tovushdan muayyan chastotalar polosasini ajratib olish uchun moʻljallangan qurilma. Mac, reaktiv dvigatellar va ichki yonuv dvigatetarida ish bajarib boʻlgan gazlar xosil qiladigan shovqinni pasaytirib beradi (bunga avtomobil tovush soʻndirgichi, yaʼni glushitelni misol qilish mumkin). Texnikada, kurilish va radiotexnikada ham keng qoʻllanadi; 7) l a boratoriya F.i — lab. ishlarida suspenziyalarni suyuq va qattiq fazalarga ajratish yoki filtrlash (suzish) koʻrsatkichlarini aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Shisha idish (nay, voronka), govak shishadan qilingan suzish toʻsigʻi yoki teshikteshik tubiga qogʻoz, mato, toʻr va boshqa suzish materiali toʻshalgan idishdan iborat; 8) ichki yonuv dvigatelinm yonilgi bilan taʼminlash tizimida yonilgʻini mexanik aralashmalar va suvdan tozalash uchun moʻljallangan qurilma (qarang Yonilgʻi filtri).
Do'stlaringiz bilan baham: |