Bajardi:
Ilhomova
Fotima
Reja:
Mustaqilik davri
istiqbollari
01
.
02
Mustaqilik davri istiqbollari va undan keying
O’zgarishlar.
1991-yil 31-avgust. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VI sessiyasi. Jahonning ko`plab ommaviy
axborot vositalari nigohi qaratilgan, millionlab zahmatkash
yurtdoshlarimizning taqdiri hal qilingan palla. Ozgina uchqun
chiqsa, lovullab, uning alangasi butun Respublikani qamrab
oladigan nihoyatda qaltis vaziyatda Prezident Islom Karimov
xalqimiz uchun barcha
mas’uliyatni o`z zimmasiga oldi va yuksak
minbardan turib tarix zarvaraqlariga oltin harflar bilan muhrlangan
nutqini so`zladi. Unda sobiq sovet davlatida qaror topgan totalitar
tuzumga xos illatlar, o`sha vaqtda SSSR da vujudga kelgan
siyosiy parokandalik, notinchlik, boshboshdoqlik hayotiy dalillar
va chuqur tahlil orqali ochib berildi. Prezident Islom Karimov o`z
nutqi so`ngida bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun tamal
toshi bo`lgan quyidagi so`zlarni yuksak matonat va
qat’iy ishonch
bilan
ta’kidladi :
“ Mustaqil O`zbekistonning siyosati – insoniylik, ezgulik
qonunlariga asoslanadi hamda fuqarolar osoyishtaligi va milliy
murosa siyosati bo`lib qoladi
.
Men shu bugundan
e’tiboran 1-sentabrni respublikamizda
Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb
e’lon qilishni taklif
etaman
” .
Mana oradan 25 yilga yaqin vaqt o`tdi. Bu davrda
O`zbekiston jahonda o`z o`rni va nufuziga ega davlat
sifatida tanildi, tenglar ichra teng bo`ldi. 2015-yilda Jahon
iqtisodiy forumi
– “World Economic Forum” taqdim etgan
iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 5-
o`rinda, “Butunjahon baxt indeksi” (“World Happiness
Index”) reytingida esa Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga
a’zo mamlakatlar orasida 1-o`rinda qayd etildi. Istiqlol
yillarida O`zbekiston iqtisodiyoti 5 karradan ziyod o`sdi.
Mamlakatimiz aholisi 10,5 millionga ko`paygani holda uning
daromadlari qariyb 9 barobar oshdi. Aholining o`rtacha umr
ko`rishi 67 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi.
SOCIAL MEDIA
Bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin.
Bu raqamlar bizga inkor etib bo`lmas haqiqatni
so`ylab turibdi : O`zbekiston mustaqillikning ilk
yillaridanoq rivojlanishning to`g`ri yo`lini
tanladi, mustaqillikni mustahkamlash, boshqa
davlatlarga iqtisodiy, siyosiy yoki mafkuraviy
qaram bo`lib qolmaslik uchun faqat va faqat o`z
kuchiga, o`z salohiyatiga tayanib ish tutdi. Bu
borada Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi
bilan qabul qilingan, xalqimizni bosh maqsadimiz
–
ozod va obod Vatan qurish, erkin va farovon hayot
barpo etishga ilhomlantirgan, o`zimizga xos va
o`zimizga mos taraqqiyot yo`li
“
o`zbek
modeli”ning
ishlab chiqilgani muhim tarixiy qadam bo`ldi.
“o`zbek modeli” 5 ustuvor yo`nalishga asoslanadi
.
1. Iqtisodiyotning
siyosatdan
ustunligi
3. Qonun
ustuvorligi
5. Islohotlarni
bosqichma-
bosqich amalga
oshirish ;
2. Davlat
–
bosh
islohotchi ;
4. Kuchli
ijtimoiy
siyosat
“ Biz xalqimizni qiynaydigan, turli ijtimoiy
qatlamlarni hayotning tabiiy to`lqiniga tashlab,
bozor o`zini o`zi boshqaradi, degan
, “shok
terapiyasi
” kabi bema’ni usullardan voz
kechdik. Mana, ko`rib turibsiz, biz tanlagan
yo`l keskin ijtimoiy portlashlarsiz, aholi
o`rtasida tabaqalanishlarsiz xalqimizga
farovon va obod turmush olib kelmoqda.
Kechagina bizga aql o`rgatayotganlar endi
bizdan o`rganmoqda
”
.
What We
Do Now?
Haqiqatdan ham, bunday tadrijiy rivojlanish yo`li, avvalo,
tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashda, bozor
iqtisodiyotiga keskin
“sakrashlar”siz, puxta o`ylangan
reja asosida bosqichma-bosqich o`tishda qator
afzalliklarni namoyon etmoqda
. “O`zbek modeli”ning
ko`p funksiyaliligi, xalqimiz mentalitetiga, tarixan
shakllangan urf-odat va qadriyatlarimizga har
tomonlama muvofiq kelishi o`tgan 25 yil mobaynida o`z
isbotini topdi. Yuqorida qayd etilgan besh tamoyil besh
mustahkam ustun singari mustaqil O`zbekiston
Respublikasi qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlarning
tayanchi bo`lib xizmat qilmoqda. Keling, bu haqiqatni
yanada teranroq anglash, mustaqillik tufayli hayotimizda
yuz bergan o`zgarishlarni adolat ko`zgusida tahlil qilish,
huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish
yo`lidan dadil odimlayotgan mamlakatimizning bugungi
kunda jahon hamjamiyatida tutgan o`rnini xolis baholash
maqsadida mustaqil O`zbekistonning 25 yillik taraqqiyot
yo`liga nazar tashlaymiz.
Istiqlol, avvalo, qullik iskanjasida qiynalayotgan
insonlar ong-u tafakkurini kishanlardan ozod etdi.
Odamlarda milliy g`urur uyg`ondi. Jahon maydoniga
“Men – o`zbekman “ deya faxr-u iftixor bilan chiqa
boshladik. Sobiq tuzum davrida bizdan berkitishga
urinilgan, kommunistik mafkura qoliplari asosida
biryoqlama talqin qilingan shonli tariximiz, buyuk
ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, ular qoldirgan ilmiy,
adabiy asarlar, o`tmishdan bizlarga meros bo`lib
kelayotgan milliy urf-odat,
an’ana va qadriyatlarimiz,
dinimiz qayta tiklandi. Ularni har tomonlama xolis
o`rganish natijasida yuzlab ilmiy ishlar qilindi,
san’at
asarlari, badiiy ijod namunalari yaratildi, natijada
xalqimiz o`zligini tanidi, hech kimdan hech qachon
hech qaysi sohada kam bo`lmaganini angladi. Bu keng
ko`lamli jarayon hamon davom etmoqda
.
“Yurtimizda tug`ilgan, endi 5 yoshga to`lgan
bolalar
ham “Men – O`zbekiston
fuqarosiman
!” deb, faxrlanib, g`ururlanib
gapiradi. Kimki mamlakatimizga kelsa, bu
haqiqatning tasdig`ini har qadamda ko`rishi
mumkin
” .
Mustaqillik yillarida odamlarda xususiy
mulkka ega bo`lish, halol mehnat qilish va
mehnatiga yarasha foyda olib, yashash
sharoitini yaxshilash kayfiyati shakllandi.
Natijada, utopik g`oyalarga asoslangan
sobiq tuzum
ta’sirida kishilarda paydo
bo`lgan boqibeg`amlik kayfiyatiga tobora
chek qo`yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |