Sug`urtalash bozori. Sug`urtalash bozorida ham avtomobillar
bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sug`urta qilinadigan shaxs o`zining sug`urta ob′ekti to`g`risida sug`urtalovchiga qaraganda ko`proq axborotga
ega. Shuning uchun ham, bu yerda zaifroq, sog`ligi yaxshi bo`lmagan
shaxslar ko`proq sug`urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat
qiladilar. Ushbu holat sug`urta kompaniyalarini sug`urta narxini oshishiga
olib keladi va yuqori sug`urta narxi o`z navbatida sog`ligi yaxshi bo`lgan
shaxslarni sug`urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |