Mustaqil yechish uchun masalalar
Uch tomlik kitoblarni kitob javoniga nechi xil usulda joylashtirish mumkin?
Daftar so’zidan undosh va unli harflarni necha xil usul bilan tanlab olish mumkin? Qalam so’zidan-chi?
a, b, d, e, f harflaridan nechta 3 harfli so’z tuzish mumkin?
Nechta uslda kitobxon 6 ta kitobdan 2 tasini tanlashi mumkin?
To’rtta tomlik kitoblarni kitob javoniga nechi xil usulda joylashtirish mumkin?
Qo’mitaga 7 kishi saylangan. Ular orasidan rais, yordamchi va kotibni necha xil usulda tanlash mumkin?
Besh o’rinli xonaga 5 ta mehmonni necha xil usul bilan joylashtirish mumkin?
Agar olimpiada musobaqalarida jami 15 ta jamoa ishtirok etsa ular o’rtasida oltin va kumush medallarni necha xil usulda taqsimlash mumkin?
Agar olimpiada musobaqalarida jami 8 ta jamoa ishtirok etsa ular o’rtasida oltin va kumush medallarni necha xil usulda taqsimlash mumkin?
Agar olimpiada musobaqalarida jami 10 ta jamoa ishtirok etsa ular o’rtasida oltin va kumush medallarni necha xil usulda taqsimlash mumkin?
2, 4, 5 va 7 sonlaridan nechta ikki xonali son tuzish mumkin?
2, 4, 5 va 7 sonlaridan nechta uch xonali son tuzish mumkin?
2, 4, 5 va 7 sonlaridan nechta to’rt xonali son tuzish mumkin?
. 4 ta shirinlik bor, uni 3 ta bolaga necha xil usulda berish mumkin?
8 ta gul ko’chatini 5 ta joyga necha xil usulda o’tkazish mumkin?
5 ta talabani 5 ta partaga necha xil usulda joylashtirish mumkin?
Mehmonxonaga ingliz, fransuz va germaniyalik mehmonlar kelishdi. Mehmonxonada 314, 315 xonalar bo’sh. Mehmonlarni xonalarga necha xil usulda joylashtirish mumkin?
Xokkey turnirida 6 komanda ishtirok etadi. Har bitta komanda har biri bilan bitta o’yin o’ynashi kerak. Turnirda nechta o’yin o’ynaladi?
12 yo’lovchi avtobusga chiqmoqda. Ular 2 ta eshikdan necha xil usulda chiqishi mumkin?
. Qutigа 6 хil А, B, D, E, F, G dеtаl kеtmа-kеt jоylаshtirilishi kеrаk. Аgаr B ning А dаn оldin jоylаshtirilishi mumkin bo‘lmаsа, undа dеtаllаr nеchа хil usul bilаn jоylаshtirilishi mumkin? Аgаr B dеtаl А dаn kеyin jоylаshtirilishi tаlаb qilinsаchi?
«Rаkеtа» so‘zidа hаrflаr o‘rni аlmаshtirilsа, nеchtа «so‘z» hоsil bo‘lishi mumkin?
«Uchburchаk» so‘zidаgi hаrflаrni o‘rin аlmаshtirib, nеchtа so‘z hоsil qilish mumkin? «Аlmаshtirish» so‘zidаgini-chi? «Коmbinаtоrikа » so‘zidаgini-chi?
Ikkitа «а», uchtа «о» vа sаkkiztа «v» hаrfidаn nеchtа bittаdаn kаm bo‘lmаgаn hаrfgа egа «so‘z»lаr tuzish mumkin?
«Rоhаt» so‘zi hаrflаridаn bеsh hаrfli nеchtа hаr хil «so‘z» tuzish mumkin («so‘z» dеgаndа hаrflаrning istаlgаn kеtmа-kеtligi tushunilаdi)?
33 tа hаrfli аlifbоdа to‘rttаdаn hаr хil hаrf оlinib, qаnchа «so‘z» tuzish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |