3-mustaqil ish mavzusi:
Korxonalar moliyaviy barqarorligining tahlili
MUSTAQIL TAYYORGARLIK UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Topshiriq 1.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorlik turlari va
moliyaviy koeffitsiyentlar bilan tanishish.
Ish mazmuni:
korxonalar moliyaviy faoliyatiga baho berish maqsadida uning
moliyaviy barqarorligi tushunchasi, mazmuni va turlari bilan tanishish talab etiladi.
AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar korxonalarning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish absolyut va
nisbiy ko‘rsatkichlar (moliyaviy koeffitsiyentlar) yordamida amalga oshirilishi
mumkinligini hamda bu ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat
ekanligini bilishlari lozim. Absolyut ko‘rsatkichlarga nimalar kirishini, nisbiy
ko‘rsatkichlarga nimalar kirishini aniq ifodalay olishi lozim.
Nisbiy ko‘rsatkich bo‘lgan moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash uchun
axborot manbai sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Korxona rahbari eng
umumiy ko‘rinishda XYUSning moliyaviy barqarorligi qaysi ko‘rsatkichlar asosida
harakterlanishini doimiy ravishda tahlil qilib borishi lozim. So‘ngra tahlil natijalari
asosida korxonalarni moliyaviy barqarorlik tiplari
bo‘yicha u yoki bu tipga kiritishi lozim.
Ushbu topshiriq doirasida talaba istalgan
xo‘jalik yuorituvchi sub’ekt buxgalteriya balansini
olib, unda keltirilgan ma’lumotlar asosida moliyaviy
barqarorlik tipini aniqlashi talab etiladi (1-jadval).
1-jadval
Korxonalarda moliyaviy barqarorlik tiplari va moliyaviy
koeffitsiyentlarni aniqlash
Ko‘rsatkichlar nomi
Aniqlanishi
Axborot manbai
Absolyut moliyaviy
barqarorlik
Sog‘lom (normal)
moliyaviy barqarorlik
Nobarqaror moliyaviy
ahvol
Krizisli moliyaviy holat
Likvidlilik
koeffitsiyentlari
Rentabellik
oeffitsiyentlari
Aylanish koeffitsiyentlari
Kapital tarkibi
koeffitsiyentlari
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar va elektron manbalar:
1.
Воҳобов А. Маликов Т. Молия. Дарслик. Т.: “Иқтисод-Молия”, 2011. -
712 б.
2.
Шеремет А. Д., Козельцева Е. А. Финансовый анализ: Учебно-
методическое пособие. – М.: Экономический факультет МГУ имени М.В.
Ломоносова, 2020. – 200 с.
3.
http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/27_Burkhanov.pdf
4.
https://ortus.rtu.lv/science/en/publications/4223/fulltext
5.
https://vestnik.guu.ru/jour/article/download/731/154
6.
https://finacademy.net/materials/article/pokazateli-finansovogo-analiza-
predpriyatiya
Do'stlaringiz bilan baham: |