Mustaqil ta’lim. Nutq va nutq texnikasi tushunchalari. Nutq



Download 25,92 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi25,92 Kb.
#284996
  1   2
Bog'liq
Muratova Mahliyo Mustaqil talim


Mustaqil ta’lim .

1. Nutq va nutq texnikasi tushunchalari.

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar tushuniladi. Asl nutq bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan aqliy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻzaki nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang , mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik va dialogik turlari mavjud.

Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq ., ilmiy nutq , rasmiy nutq . kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniqlik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki o’quvchiga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganligi sababli, uning texnikasini ham ikki xilda ko’rsatish mumkin: 1. og’zaki nutq texnikasi; 2. yozma nutq texnikasi.Og’zaki nutq texnikasi -tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.Yozma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyat va ish qog’ozlariga xos bo’lgan texnik xususiyat.Yozma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (o’quvchi) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o’quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o’quvchi ham manfaatdor. SHuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi kerak;

b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim;

v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi;

g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi;

d) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi;

e) ot, kesim (bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi;

j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi.


Download 25,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish