Atmosfera A.si va gidroakustika tovushning bir jin-sli boʻlmagan va qatlamli muhitlarda tarqalishini oʻrganadi. Dengiz bir jinsli boʻlmagan muhit, unda tovush toʻlqinlari buriladi, yutiladi va sochiladi, bu uzoq, masofadagi kemaning turgan joyini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu hodisalar atmos-feraga ham tegishlidir. Harbiy A. tovush tezligini bilgan holda dushman turgan joyni aniqlash, tovush qaytishi yerdamida samolyotlarning uchish yoʻnalishini, kuzatish pun-ktidan uzoqligini va hokazoni aniqlash bilan shugʻullanadi. Tovush tutish – radio-lokatsiya, tovush eshitish – pelengatsiya harbiy ishda keng tatbiq qilinadi. Suv osti kemalari, samolyotlar, akustik mi-nalar ultratovush bilan boshqariladi.Ad.: Isakovich M. A., Obhaya Akustik oʻlchashlar – tovush teb-ranishlari toʻlqinlarini hamda akustik oʻzgartirgichlar, uskunalar, ma-teriallar, konstruksiya va imoratlarning akustik xususiyatlari kattaligini aniqlash vositalari. Odam, hayvon, hasharot, parrandaning tovush chiqarishi va eshitish xususiyatlarini miqdoriy baholash ham A.oʻ.ga kiradi. A.oʻ.da to-vush tezligi, yutilishi, qaytishi, bosi-mi va tovush manbalarining ba’zi bir koʻrsatkichlari ham oʻlchanadi. A.oʻ. texnikasida elektron usullar keng qoʻllanadi. Bu usullar qoʻllanganda tebranish buzil-may elektr toki yoki kuchlanishga aylan-tiriladi. Elektr akustik apparatlar, telefon, mikrofon va radiokarnaylarning koʻrsatkichlarini oʻlchash ham A.oʻ. jumlasiga kiradi. Qurilish va me’morchilik akustikasida zal va turli binolarning tovush tarqatish xususiyatlari oʻlchanadi. A.oʻ.da ishlatiladigan asbo-blar: mikrofon, gidrofon, termofon, shovqin oʻlchagich, soʻndirish boʻlmasi, re-verberatsiya boʻlmasi, audiometrlar. Geometrik akustika - akustikaning tovush nurlari haqidagi tasavvurlar asosida tovush tarqalishini oʻrganadigan boʻlimi. Asosan tovush nuri trayektoriyasi va toʻlqin sirti siljishini aniqlash bilan shugʻullanadi. Nurlarning eng oddiy koʻrinishi, yaʼni toʻgʻri chiziklar bir jinsli muhitlarda kuzatiladi. G. a. qonunlari geometrik optika (mas, yorugʻlikning qaytish va sinish) qonunlari kabidir. G. a. usullari akustikaning barcha boʻlimlari (molekulyar akustika, tovush akustikasi, gidroakustika, meʼmorlik akustikasi va h. k.) masalalarini hal qilishga tatbiq etiladi. G. a. qonunlari asosida tovushni bir jinsli boʻlmagan muhitlar (dengiz, atmosfera)da tarqalishining taqribiy nazariyasini yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |