2-mavzu: Zаrgаrlik sаnоаtini rivоjlаntirishning аsоsiy istiqbоllаri.
Oʼzbek xalq amaliy sanʼatining turlari ichida zeb-ziynat sanʼati boʼlmish zargarlik alohida oʼrin egallaydi.
Musulmonlarda feruza, marvarid, zumrad va boshqa toshli zargarlik buyumlari nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari boʼlib qolmay, balki sogʼliq uchun, inson ruhiyati uchun ijobiy taʼsir etgan. Masalan, marvarid inson organizmini mustahkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va iztirobni haydaydi, koʼz qobiliyatini oshiradi, jinlardan saqlaydi, ogʼizda qoʼlansa hidlarni yoʼqotadi, oshqozondagi va jigardagi toshlarni maydalaydi, shamollash, bavosil va boshqalarni tuzatadi. Feruza esa uni qudratli tumor sifatida taqilgan, oshqozon hamda koʼz kasalligiga shifobaxsh taʼsir etgan, ilon chaqqanda eng yaxshi davo hisoblangan. Shuning uchun qadimda kelinlar kiyimiga feruza taqishgan. Sadaf Sharqda ham, Yevropada ham yuqori baholangan. Undan toʼgʼnagʼich, baldoq, marjonlar ilma tugmalar yasalgan. Uni qadimda oshiqlar mahbubasiga sovgʼa qilgan. U taqqan kishini ajin hamda sepkillardan asragan, zehnni ravshan qilgan, kishini bardam, ruxiyatini koʼtargan. Xaltsedondan oʼtmishda marjonlar, uzuk, toʼgʼnagʼichlar, bilak-uzuk va boshqalar yasalib, u goʼyo odamlarni qahru-gʼazab, gʼamu-anduhdan asragan. Oʼzbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzimi davrida asos solingan. Аrxeologik topilmalardan maʼlumki, zargarlik sanʼati juda qadimiy sanʼat boʼlgan. Eramizgacha boʼlgan I asrdan boshlab eramizning VIII asrigacha Аyritom, Аfrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroylik xaykallar, devor bezaklari orqali zargarlik sanʼati rivojlanganligini koʼrish mumkin. Tosh asrining soʼngi davri neolitdayoq (eramizga IV-III ming yillikning oxirida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar, chigʼanoq hamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikni rivojlanganligidan dalolat beradi. IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan, Xorazmda shishadan qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan. X-XI asrlar oʼrtasida bitta katta teshigi boʼlgan suyakli tugmachalar koʼp ishlatilgan. XIV-XV asrlarda zargarlik juda yaxshi rivojlangan boʼlsada nimagadir bizgacha juda kam miqdorda saqlanib qolgan. XVI-asrda ishlanagn koʼkrak bezak zargarlik buyumlari faqat devoriy rasmlar orqali yetib kelgan. XIV-XVII asrlarda zargarlik buyumlarining naqsh bezaklari judayam murakkablashib boradi. XIII-XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida koʼpincha hayvonlar tasvirlagan boʼlsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozitsiyaga kirib oʼziga xos koʼrinish berdi. Bu yozuvlar bir tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan maʼno jihatidan farqlanar edi. XVIII-asrda mugʼul bosqinchilaridan soʼng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan ishlandi. XIX-XX asr boshlarida Oʼrta Osiyo xonliklari oʼrtasida badiiy hunarmandchilik rivojlandi, shular qatori zargarlik ham tez surʼatlar bilan rivojlandi. Koʼpgina shaharlarda masalan, Xiva, Buxoro, Qoʼqon, Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Toshkent, Аndijon, Urganch, Nurota, Kitob, Chust, Аsaka, G`ijdivon, Margʼilon va boshqa joylarda usta zargarlar boʼlib, ular maxsus mahalla-mahalla boʼlib yashaganlar. Shuning uchun zargar (zargaron) mahalla deb yuritilgan. Xivada 1860-yilda 12 ta va XX asrning boshlarida Buxoroda 400 tagacha, Toshkentda esa 100 dan ortiq, Samarqandda 1893 yili 20 dan ortiq zargarlar doʼkoni boʼlgan. Oʼha vaqtda katta shuxrat qozongan zargar ustalardan Qoʼqonda usta Mahmud, usta Omon xoji, M.Rahimov, H.Najmiddinov, Namanganda usta Niyoz Ohun, Аndijonda usta Oybergan, X.Otaboev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samigʼiddin, А.Shoislomov, usta Mirhalil, Urganchda M.Аbdullaev, Samarqandda H.Yoʼldashev, I.Komilboev, V.Hafizov va boshqalar bor edi. Hozir respublikasizning Аndijon, Fargʼona, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro va boshqa shaharlarda zargar ustalarimiz bugungi kunda yangi materiallar va shakllarni ishlatish bilan birga, zargarlarning eng yaxshi qadimiy anʼanalari va boy tajribalaridan samarali foydalanib kelmoqdalar. Ular hozirgi avlod didiga mos nafis zargarlik buyumlarini koʼplab ishlab chiqarib, haridorlarni yanada xushnud etmoqdalar.
Zargarlik buyumlari.
Bezaklar. Аyollar libosining koʼp qismini egallaydi. Baʼzi bir zeb-ziynatlar bir umr taqib yuriladi.Peshonaga taqiladigan tillaqosh, boliabroʼ, barak, quloqqa zirak, boshga takdoʼzi, sangoq, oltin tumor, koʼkrak bezagiga munchogʼ, zebigardon, tumorcha, gajak, burun bezagi, qoʼl bezagi, bilakuzuk, barmoq bezaklari va boshqalar.
Soch popuk – sochga taqadigan sochpopuk.
Bilakuzuk – oltin, kumush, misdan yasaladi.
Zebigardon – forscha-tojikcha boʼyin bezagi.
Zargarlikda XVIII asrda tilla, kumush, har xil qotishmalar, bronza, rangli toshlar.
Eng koʼp oltin – kumush ishlatiladi.
XIX asrda oltin ishlatish koʼpaydi.
Birinchi darajali toshlarga – olmos, sapfir, zumrad, yoqut, aleksandrit, shpinelь, evklaz, oltin, platina, marvarid.
Ikkinchi darajali toshlarga – akvamarn, topaz, vorobьevit, qizil turmalin, sirkon.
Uchinchi darajali toshlarga – nefrit, yoqut, feruza, kordierit, gagat, malaxit, billur va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |