Mustaqil ta’lim mavzulari bo’yicha topshiriqlar ko’rsatmalar tavsiyalar.
Mustaqil ta’limni tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
- darslik, o’quv qo’llanma, maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
- tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- yangi musiqiy texnik vositalar va texnologiyalarni o’rganish;
- talabaning ilmiy tekshirish (ijodiy) ishlarini (TITI) bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari yoki mavzularini chuqur o’rganish;
- faol o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari (ishbilar o’yinlar, diskussiyalar, seminarlar, kollokviumlar va b.).
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni axborot-ta’lim resurslaridan, ta’lim muassasasida mavjud kutubxona, fonoteka va videoteka jamg’armasidan, repetitoriylardan, o’quv laboratoriyalari, ovoz yozuvi studiyalari, teleradiokompaniya kanallari va kontsert zallaridan unumli foydalanishdan, bajarilgan ishlarning tahlilini bayon etishdan iboratdir. Mazkur fanning xususiyatlaridan kelib chiqib kasbiy mahoratni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni maqsadli amalga oshirish ham nazarda tutiladi.
Ma’ruza mashg’ulotlari uchun talabalar belgilangan mazular bo’yicha referat tayyorlaydilar. Referat 10-15 betdan iborat bo’lib, unda tanlangan mavzu to’la yoritilib beriladi.
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
1.
|
Maktabgacha ta`lim muassasasida musiqaning maqsad va vazifalari.
|
2.
|
Bolalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish.
|
3.
|
Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirish.
|
4.
|
Bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
|
5.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning roli.
|
6.
|
Musiqa tinglash va idrok etishda bolalar namoyon qilgan ko`nikma, malaka va bilimlar.
|
7.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni.
|
8.
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari.
|
9.
|
Musiqa faoliyatlarining turlari.
|
10
|
Musiqa tinglash.
|
11
|
Qo`shiq aytish, musiqiy-ritmik harakatlar, bolalar musiqa asbobida chalish.
|
12
|
Maktabgacha ta`lim muassasalarida musiqa asboblarida ijroga o`rgatish.
|
|
Mustaqil ta’limni bajarayotganingizda o’z ish faoliyatingizdan kelib chiqib o’tqazgan bayram ertaliklari sinariylaridan va foto rasimlaridan unumli foydalanishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |