Sho‘lxa bilan so‘qimlash. Ma‟lumki, Respublikamizda chigit sho„lxasi ko„p miqdorda ishlab chiqariladi. Novvoslarni bo„rdoqilashda undan samarali foydalanish mumkin. Lekin yosh mollarga 2 oydan ortiq berib bo„lmaydi, chunki sho„lxa tarkibida gossipol degan zaharli modda bo„lib, organizmga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, yani qo„tir alomatlari yuz berishi, ko„z xiralashadi, muvozanat yo„qoladi. Zaharlanishni oldini olish uchun ratsion tarkibiga ko„k oziqalar kiritish va 1 kg hisobiga 0,5 gramm temir ko„porosi qo„shib berish kerak. Novvoslarga 10- 12 kg sho„lxa beriladi, u ratsionning 35-40 % ni tashkil etadi. To‘ppalar bilan so‘qimlash. Qoramollarni so„qimlashda etil spirti, aseton ishlab chiqarish chiqindilari hisoblangan don, kartoshka, makkajo„xori, javdar va bug„doy to„ppasidan foydalanish mumkin. Boshlang„ich davrda hayvonlarga ozroq nordon to„ppa berib yeyishga o„rgatiladi, haftaning oxiriga borib har bosh hayvonga 40-50 kg ga shunday oziqa yediriladi. Hazmlanish jarayonini me‟yorda saqlash va ishtahani yaxshilash maqsadida ratsion tarkibiga 3-4 kg dag„al oziqalar va mineral oziqa qo„shilgan omixta yem kiritiladi. Protein yetishmasa tarkibida azoti ko„p bo„lgan sintetik moddalar beriladi. O‟rtacha kunlik o„sish 800-1000 gramm bo„ladi . - Sho‘lxa bilan so‘qimlash. Ma‟lumki, Respublikamizda chigit sho„lxasi ko„p miqdorda ishlab chiqariladi. Novvoslarni bo„rdoqilashda undan samarali foydalanish mumkin. Lekin yosh mollarga 2 oydan ortiq berib bo„lmaydi, chunki sho„lxa tarkibida gossipol degan zaharli modda bo„lib, organizmga salbiy ta‟sir ko„rsatadi, yani qo„tir alomatlari yuz berishi, ko„z xiralashadi, muvozanat yo„qoladi. Zaharlanishni oldini olish uchun ratsion tarkibiga ko„k oziqalar kiritish va 1 kg hisobiga 0,5 gramm temir ko„porosi qo„shib berish kerak. Novvoslarga 10- 12 kg sho„lxa beriladi, u ratsionning 35-40 % ni tashkil etadi. To‘ppalar bilan so‘qimlash. Qoramollarni so„qimlashda etil spirti, aseton ishlab chiqarish chiqindilari hisoblangan don, kartoshka, makkajo„xori, javdar va bug„doy to„ppasidan foydalanish mumkin. Boshlang„ich davrda hayvonlarga ozroq nordon to„ppa berib yeyishga o„rgatiladi, haftaning oxiriga borib har bosh hayvonga 40-50 kg ga shunday oziqa yediriladi. Hazmlanish jarayonini me‟yorda saqlash va ishtahani yaxshilash maqsadida ratsion tarkibiga 3-4 kg dag„al oziqalar va mineral oziqa qo„shilgan omixta yem kiritiladi. Protein yetishmasa tarkibida azoti ko„p bo„lgan sintetik moddalar beriladi. O‟rtacha kunlik o„sish 800-1000 gramm bo„ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |