Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Kursning asosiy vazifalariga «Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi» fanining barcha bo‘limlarini mazkur fan bilan bog‘liq bo‘lgan (pedagogika, maxsus pedagogika, psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya) fanlaridagi yangi ilmiy hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni egallash kiradi.
Talabaga mustaqil ta’limni tayyorlashda Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
o‘quv – ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
internetdan foydalanish;
masofaviy (distansion) ta’lim.
Bular o‘zlashtirilgan bilimlarni talabaning o‘zi tomonidan tekshirishga, ya’ni o‘z-o‘zini nazorat qilishga hizmat qiladi. Talabalarning olib borayotgan mustaqil ta’limni turli usullar: mavzuli ro‘yxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og‘zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning bog`langan nutqini rivojlantirish.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni maktabga tayyorlash
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning didaktik oyinlarini tashkil qilish metodikasi
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning harakatli oyinlarini tashkil qilish metodikasi
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning syujetli - rolli oyinlarini tashkil qilish metodikasi
Tevarak atrof bilan tanishtirish asosida aqli zaif bolalar nutqini o’stirish.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni predmetlar olami bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni ijtimoiy hayot hadisalari bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni elementar matematika tasavvurini shakllantirish
Elementar matematika tasavvurini shakllantirishda korrektsion-pedagogik ishlarni tashkil qilish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyatini shakillantirish yo’llari
Fan buyicha kurs ishi. Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Hozirgi kunda pedagogika o‘quv yurtlarida oldidagi vazifa maxsus ta’lim muassasalari uchun har tomonlama etuk kadrlarni tarbiyalab etishtirishdir.
Aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlar tayyorlashda talabalarning tadqiqotchilik faoliyatini o‘stirishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Talabalarini mustaqil ijodiy izlanishga yo’naltiruvchi faoliyatning qulay shakllaridan biridir.
Kurs ishini bajarishda talaba ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan tanishadi. Kurs ishi yordamida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari shuningdek, pedagogik tayyorgarlik, ilmiy-metodik fikrlashi amalda ko‘rgan va bilganlarini umumlashtirish ko‘nikmalarini sinab ko‘riladi.
Kurs ishining xajmi 30 betdan kam bo‘lmasligi, A4 formatdagi varaklarda yozilishi va tikilib rasmiylashtirilishi lozim. Kurs ishini bajarish tartibi kafedraning uslubiy kullanmasida keltirilgan.