Davlat talablari quyidagi sohalar bo’yicha belgilanadi:
- jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish;
- ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;
- nutq, savod, o’qish va chet tillarining orgatilishiga tayyorlash;
- bilish jarayonini rivojlantirish;
- badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.
Jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigienik ko’nikmalarni
shakllantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
- yirik motorikani rivojlantirish
- mayda motorikani rivojlantirish
- sensomotorikani rivojlantirish
- madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish.
Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi
yo’nalishlarga bo’linadi:
- ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;
- bolaning oila va jamiyatda o’zini tutishi
- bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish
- xavfsizlik asoslarini shakllantirish.
Nutq, savod, o’qish va chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash
sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
- nutqni rivojlantirish
- savod va o’qishga tayyorlash
- chet tillarining o’rgatilishiga tayyorlash.
Bilish jarayonini rivojlantirish sohasiquyidagi yo’nalishlarga
bo’linadi:
- dunyo haqida bilim va tushuncha berish
- elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish.
Badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik
rivojlantirish sohasi quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi
- badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish
- badiiy estetik qobiliyatlarini rivojlantirish
- musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
2.Davlat talablari soha yo’nalishlari indikatorlari haqida tushuncha.
Maktabgacha ta`limga qo’yiladigan Davlat talablari (ilk ta`lim berish va rivojlanish ko’rsatkichlari) bu–kichik yoshdagi bolalar rivojlanishining milliy tamoyillarini, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari mezonlarini aks ettiruvchi, kattalarga ularning o’sishlari dinamikasini, rivojlanishlari holatini aniqlashda yordam beruvchi hujjatdir.
Maktabgacha ta`limga qo’yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standarlarini, bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Davlat talablarini ishlab chiqishda bola shaxsi rivojlanishining beshta sohasi asos qilib olingan.
Bu beshta soha yo’nalishlarga bo’linib, birgalikda bola rivojlanishining barkamolligi va yaxlitligini ta`minlaydi. Davlat talablari jamiyatning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi bilimlarini yaxshilashga, tarbiya sohasida ota-onalarning ko’nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek, muassasalarda ta`lim dasturlari va metodikalarini baholash maqsadini ham ko’zda tutadi. Sohalar asosiy yo’nalishlarga bo’lingan va shu bilan birgalikda, ular bolaning me`yorda rivojlanish ko’rsatkichlarini aks ettiradi. Maktabgacha ta`limga qo’yiladigan davlat talablarida “talab” so’zining ma`nosi quyidagicha ta`riflanadi: biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo’lgan talablar majmuidir. Davlat talablari soha yo’nalishlarining indikatorlariesa bolaning ko’z bilan ko’rishi va o’lchashi mumkin bo’ladigan ko’nikma va malakalari ko’rsatkichidir, deb ta`riflanadi. Demak, har bir soha, soha yo’nalishlari tarkibiga kiruvchi faoliyat turlarining talab va indikatorlari mavjud.
Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha:
2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
1-ilovasiga muvofiq;
2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
2-ilovasiga muvofiq;
3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
3-ilovasiga muvofiq;
4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
4-ilovasiga muvofiq;
5 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
5-ilovasiga muvofiq;
6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Davlat talablari sohalarining yo’nalishlari bo’yicha bajarilish indikatorlari mazkur Davlat talablarining
6-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Davlat talablari sohalari yo’nalishlarining bajarilish indikatorlari yosh davri bo’yicha o’sib boruvchi tartibda ko’rsatiladi. Bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta`limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg`ulot va faoliyatlarni o’tkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1-6-ilovalarida ko’rsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o’rganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi. Mashg`ulotlar o’quv yili hamda sog`lomlashtirish davrida oy va hafta kesimida mazkur Davlat talablarining 8-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi. Bunda mashg`ulotlar qisqa muddatli guruhlarda mazkur Davlat talablarining 9-ilovasida ko’rsatilgan davriylikda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |