Mustaqil ta'lim Ahmadjonov Muslimjon 59 20 ozbek tilidan



Download 11,39 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi11,39 Kb.
#282232
Bog'liq
2 5359369859643739713


Mustaqil ta'lim Ahmadjonov Muslimjon 59 20 ozbek tilidan

Ish so'rab murojaat qilganda, ish beruvchi ish qidiruvchilardan sizning kasbiy mahoratingizni to'liq anglab etish uchun rezyume so'rab murojaat qiladi. Ko'pgina odamlar qanday qilib rezyumeni to'g'ri tuzish kerakligi haqida savol berishadi (rezyumeni chalkashtirmang va anketa umuman boshqa hujjatlardir).

Ishga joylashishning oson yo‘li bor!

Ishonmaysizmi? Bu yo‘l — savodli rezyume tuzish va o‘zini ko‘rsata bilish!

Kompaniyamizga bir oyda yuzlab rezyumelar, ish borasida elektron maktublar kelib tushadi. Afsuski, ularning aksariyatini noto‘g‘ri to‘ldirilgan rezyumelar, xatolarga boy xatlar tashkil qiladi.

Bir narsani tushunib yeting — ish bozori ham bozor! O‘zini aqlli, bilimdon, chaqqon ko‘rsatganlar ishini tez topadi, noni but bo‘ladi. Ikki qator gap yozishga erinib, ish beruvchiga yuborayotgan xat mavzusi “salom” bo‘lsa, bunday xodim, ming aqlli bo‘lmasin, hech kimga kerak emas. Birinchi navbatda siz o‘z bilimlaringiz, tajribangizni ko‘rsatib berishingiz kerak.

Siz aqlli va jonkuyarmisiz? Ish beruvchi nazariga tushmoqchimisiz? U holda bizning maslahatlarimizga quloq tuting.

Birinchi qadam: vakansiyani sinchiklab o‘qib chiqing

O‘zingizga savol bering: shu ish sizga qiziqmi? Shunday ish bilan shug‘ullanishni xohlaysizmi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, vakansiyani sinchiklab o‘qib chiqing, nima ish haqida gap ketayotgani to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ling.

Birinchi bo‘lib oylikka qaramang! Hali hech narsani ko‘rsatmay turib, bir narsani qoyil qilmay turib, oylik haqida hatto o‘ylashingizning o‘zi noto‘g‘ri.

Agar vakansiya bo‘yicha savollaringizga e’londan javob topa olmasangiz, unda ko‘rsatilgan telefonga qo‘ng‘iroq qilib yoki email manziliga maktub jo‘natib, batafsilroq ma’lumot olishga uyalmang.

Taklif qilinayotgan ish, ishxonaning joylashgan joyi sizga to‘g‘ri kelsa, vakansiyada ko‘rsatilgan talablarga javob bersangiz, rezyume tayyorlang.

Ikkinchi qadam: rezyume

Rezyume nima o‘zi? Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak.

Rezyume — o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat.

Hujjatda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering.

Davlat idoralari haqida bilmadim-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash yosh korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar kerak emas.

Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering.

Rezyume faylini ish beruvchiga tushunarli qilib nomlang. Masalan, anvar-sodiqov-rezyume.doc. Agar faylni rezyume.doc deb nomlasangiz, rezyumengiz shunday nomlangan boshqa fayllar orasida yo‘qolib ketish ehtimoli bor.

Ariza (huquqda) (arz) – davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga biron-bir masala boʻyicha yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ogʻzaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat.

Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida“ Qonunida (1994-yil 6-may) ariza ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. Qonun talabiga koʻra, arizalarni koʻrib chiqish oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari:

ularni har tomonlama, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari;

qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ular ijrosini taʼminlashlari;

arizalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida fuqarolarga maʼlum qilishlari shart.

Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi, sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda fuqaroga maʼlum qilinishi lozim. Arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Fuqarolarning arizalari davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha muddat ichida, qo‘shimcha oʻrganishni va tekshirishni talab qilmaydigan masalalar esa 15 kundan kechiktirmay hal qilinishi shart. Arizani hal etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbarining oʻrinbosari arizani hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan, arizani koʻrib chiqish umumiy muddati 2 oydan oshmasligi, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinishi shart. arizada fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va arizaning mohiyati bayon etilgan boʻlishi lozim. Agar ushbu maʼlumotlar arizada koʻrsatilmagan boʻlsa, unday ariza anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan ariza anonim hujjat hisoblanib, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻla olmaydi. Ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolanishi lozim[1].

Ogʻzaki arizani qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan bu haqda bayonnoma tuziladi, unda arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi, arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak (yana Oʻzbekiston Respublikasi FPK 40 – 45, 100, 148 – 157, 159-moddalariga q.).

Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJK 43-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlik ko‘zda tutilgan[2].

Fuqarolarning turmushi va ish faoliya-tiga oid voqea-hodisa va holatlarni aks et-tirib tasdiqlab beradigan va talab qilin-gan joylarga taqdim etiladigan (koʻrsati-ladigan) rasmiy hujjat. ◆ Sogʻligʻi haqidagi maʼlumotnoma. Ish (yashash) joyi haqida maʼ-lumotnoma olmoq.

2 Korxona, muassasa va sh.k. faoliyatiga doyr voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradigan va tasdikdaydigan, xilma-xil maʼlumotlarni qamrab oluvchi rasmiy hujjat. ◆ Vagonlarda Moskvaga maʼlumotnoma-lar olib borayotgan xodimlar bor edi. T. Rustamov, «Mangu jasorat» .

3 Biror soha yoki masala boʻyicha maʼlumot beradigan kitob, qoʻllanma va sh.k. ◆ Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun kimyodan maʼlumotnoma. Amaliy vrachlar uchun pediat-riyadan maʼlumotnoma.



Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kom-paniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.

Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Download 11,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish