1. O‘z takdirini o‘zi hal qiladigan bo‘ldi; 2. O‘z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to‘la huquqli egasiga aylandi; 3. Buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an’analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo‘ldi; “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qarorda “1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, - deb qat’iy belgilab qo‘yildi.
Қонуннинг матни бўйича қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1991 й., 11-сон, 246-модда.
Ўша манба.
MUSTAQILLIKNING ILK DAVRIDA DAVLAT SUVERENITETINI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDAGI SA’Y-HARAKATLAR
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. 1991-yil 29-dekabrida xalqimiz birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi, ya’ni Oliy lavozimga ikki nomzod- O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muhammad Solix ) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning (86%) I.Karimov nomzodini 1 million 220 ming saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib I. A. Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
2000-yil 9-yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. 11-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000-yil 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlandi.
Majlisda qayd etilgandek 2000-yil 9-yanvari mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo‘lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo‘lib o‘tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo‘lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirlishiga zamin hozirladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasining okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ro‘yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma’lum qildi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylovchi ovoz berdi.
Муртазаева Р.Х. ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. – Т.: Янги аср авлоди, 2005